Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.11.2016

Dunyoning eng badavlat kishilarni kimlar voyaga etkazgan?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 47
Dunyoning eng badavlat kishilarni kimlar voyaga etkazgan?

Tesla rahbari, Virgin Group imperiyasi sohibi, Facebook asoschisi va Microsoft yaratuvchisini voyaga etkazgan ayollar haqidagi to‘rt hikoya - ular kimlar? Nima bilan shug‘ullanishgan? O‘z o‘g‘illariga nimalarni o‘rgatishgan?

Bir kuni Avraam Linkoln shunday degan: "Hayotimdagi erishgan barcha muvaffaqiyatlarim onam tufaylidir".

Bunday chiroyli so‘zlarni hamma ham gapira olmasa-da, moliyaviy dunyo etakchilari o‘z onalaridan minnatdor bo‘lishlari kerak. Onalari ularga to‘g‘ri tarbiya berishgan, farzandlarining qobiliyatlarini rivojlantirishgan va orzulari amalga oshishida yordam berishgan.

Dunyoning eng yirik to‘rt nafar ishbilarmonining onalari tarixi bilan Insider.pro nashri tanishtirdi.

1. Mey Mask: Shunchaki maftunkor ona emas

Ilon Maskning onasini Marsga chiqarsa, 68 yoshli model va parhezshunos u erda ham muvaffaqiyatga erishadi.

Mey Maskning modellik karerasi yarim asrdan ziyod vaqt davom etib kelmoqda. U ilk marta JARning ma’muriy poytaxti Pretoriyada podiumga chiqqan, 20 yoshdan oshganda u milliy go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘lgan, nufuzli jurnallarda uning suratlari chop etilgan. Mask xonim shuningdek Revlon, Clinique and Virgin Airlines kabi reklama kampaniyalarida ham ishtirok etgan.

U bir necha marta hammasini boshidan boshlashiga to‘g‘ri kelgan: turmush o‘rtog‘i bilan ajrashishi, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi, ikki marta yashab turgan mamlakatini o‘zgartirishi ham uni to‘xtata olmagan.

Mey Mask 22 yoshida turmushga chiqib, muvaffaqiyatli shifokor-parhezshunos bo‘lgan va bir vaqtning o‘zida 3 nafar farzandi (Toska, Ilon va Kimbala) tarbiyasi bilan shug‘ullangan. Biroq ajrimdan keyin u oilaning yagona boquvchisiga aylangan. Huffington Post'ga bergan intervyusida Mey qiyinchiliklarga qaramay, o‘zini omadsiz deya tan olishiga g‘ururi yo‘l qo‘ymaganligini ta’kidlagan.

"Nochor yashagan paytingizda bor kuchingiz bilan harakat qilishingizga to‘g‘ri keladi. Men parhezshunoslik tajribam, valeologiya bo‘yicha konsultatsiyalar, modellik va farzandlar tarbiyasini bir vaqtda olib borganman. Tinim bilmay mehnat qilganman", - dedi u.

Uning o‘g‘li Ilon 17 yoshida Kanadaga ko‘chib o‘tgach, tez orada Mey ham uning ketidan etib keladi, ijaraga arzonroq uy topib, bir necha joyda ishlay boshlaydi - ulardan biri Toronto universitetida bo‘lgani uchun farzandlari bu erda bepul ta’lim olishga muvaffaq bo‘lishadi.

Ilon va Kimbal Kremniy vodiysiga ko‘chib o‘tib, yangiliklar kompaniyalari uchun dasturiy ta’minotga doir Zip2 kompaniyasiga asos solishganida, Mey o‘zida bor barcha pullarni farzandlariga bergan.

Hatto farzandlariga yaqinroq bo‘lish uchun Nyu-Yorkdan Los-Anjelesga ko‘chib o‘tganda ham, ayol ishsiz o‘tirmagan.

"Men ko‘p vaqtimni 3 farzandim va 10 nafar nevaram bilan o‘tkazaman. Shu bilan birga xususiy maktabda sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanishdan saboq beraman hamda bu ishimni modellik faoliyatim bilan birga uyg‘unlashtiraman", - deydi Mask xonim.

Endi tushunayotgandirsiz Ilondagi qat’iyat va energiya kimdan o‘tganini?!

2. Eve Brenson: Qo‘rquv va ta’nalardan xoli ayol

Dunyoning eng badavlat kishilarni kimlar voyaga etkazgan?

Richard Brenson nafaqat tadbirkorlik faoliyati, balki matbuotda keng yoritiluvchi dengizda suzish va havo sharlarida parvoz qilish bo‘yicha jahon rekordlaridan o‘tish harakatlari tufayli ham nom qozongan. Shunday ekan, onasining ham sarguzashtlarga o‘chligi hech kimni ajablantirmasa kerak.

Eve Br¬en¬son 1924 yilda Angliyaning Midelsekida harbiylar oilasida dunyoga kelgan. Uning tarjimai holiga ko‘ra, planer uchuvchisi bo‘lish uchun o‘zini o‘smir yigitga solgan.

Ikkinchi jahon urushi yillarida u o‘z xohishiga ko‘ra, HHKning Ayollar yordam xizmatiga kirishgan. Urushdan keyin raqqosa va aktrisa bo‘lib ishlagan, yorqin vest-end potsanovkalarda ishtirok etgan.

Shundan keyin Eve British South American Airways'ning bort kuzatuvchisi bo‘lib xizmat qilgan. Keyinchalik mayorga turmushga chiqib, ishini tashlagan. Ular uch farzandli bo‘lishgan (Evening eri 2011 yilda hayotdan ko‘z yumgan).

Turmush va onalik ayolning g‘ayratini so‘ndirmagan. Erining omadi kelmagach, Evening o‘zi pul ishlay boshlagan. Daily Mail'da chop etilgan maqolada uning hunarmandchilik bilan shug‘ullanganligi va tayyorlagan mahsulotlarini Harrods univermagida sotgani ta’kidlangan.

Bundan tashqari, u harbiy politsiyada nazoratchi-inspektor bo‘lib ishlagan hamda ko‘chmas mulk agentligini boshqargan.

Hozir Eve 91 yoshda va u o‘g‘li bilan birga Yo‘qolgan va ekspluatatsiyadagi bolalar xalqaro markazining faoliyatida ishtirok etadi (Eve boshqaruvda, Richard esa moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi). Shuningdek ular mahalliy aholiga ta’lim olish va ishga joylashishda yordam beruvchi Marokash xayriya fondiga asos solishgan.

3. Karen Kempner: Kamtar shifokor

Dunyoning eng badavlat kishilarni kimlar voyaga etkazgan?

Internet-texnologiyalar sohasidagi eng mashhur va nufuzli ishbilarmon – Facebook kompaniyasi rahbari Mark Tsukerbergning onasi Karen Kempner haqida ko‘p ma’lumot yo‘q. Aftidan, u o‘ziga e’tibor qaratishni yoqtirmaydi.

New York jurnalida yozilishicha, Kempner, Bruklin kollejining sarvqomat talabasi o‘zining bo‘lajak turmush o‘rtog‘i – Nyu-York universitetida stomatologiyani o‘rganuvchi Edvard Tsukerberg bilan tanishib qolgan. 1979 yilda ular turmush qurishgan va Nyu-York shatatidagi Uayt-Pleynsga ko‘chib o‘tishgan. Juftlikning 4 farzandi bor.

Diplomni qo‘lga kiritgach, Karen psixiatr sifatida uzoq ishlamadi. U erining Dobbs-Ferri shaharchasida joylashgan stomatologiyasida administrator bo‘lishga qaror qildi. Facebook rahbari bo‘lgan o‘g‘lining ulkan daromadlariga qaramay, juftlik hali-hanuz o‘zining sevimli eski joyida yashab keladi.

Evard radioga intervyu berganida studiyaga qo‘ng‘iroq qilgan bir tinglovchi “Farzandlaringiz kichik paytida Karen ishlaganmi?”, deya savol bergan.

“Mening turmush o‘rtog‘im superayol bo‘lgan. U ishlab, uyda qolishning uddasidan chiqqan”, - deya javob bergan.

Shubhasiz, Facebook rahbari ham onasi haqida xuddi shunday fikrda. Hindiston bosh vaziri bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Mark Tsukerbergning Narendra Modiga bergan savollaridan biri uning onasi haqida edi.

Mark Tsukerbergning o‘zi ham otasi kabi kamtar shifokor qiz bilan turmush qurdi (2012 yil), Pristsilla Chan jurnalistlar bilan muloqot qilishni u qadar yoqtirmaydi.

4. Meri Maksvell Geyts: Omadli ishbilarmon va xayriyaparvar

Dunyoning eng badavlat kishilarni kimlar voyaga etkazgan?

Moliyaviy ahvoli 76,7 milliard dollarga baholangan Microsoft asoschisi, dunyoning eng badavlat kishisi - Bill Geyts to‘yi oldidan onasining kelini Melindaga yozgan maktubini ko‘p xotirlaydi.

U erda shunday yozilgan edi: “Kimga ko‘p narsa berilgan bo‘lsa, undan talab ham ko‘p bo‘ladi”.

Ko‘p yillar davomida xayriya ishlari bilan shug‘ullangan Meri Maks-vell Geyts shundan 6 oy o‘tib, 64 yoshida ko‘krak bezi saratonidan hayotdan ko‘z yumgan. Geyts uning maktubini saqlab qo‘ygan. Onasining o‘limidan keyin otasi bilan birgalikda Bill & Melinda Gates Foundation’ga asos solgan. Bu onasining istagi edi. O‘tkir zehn va ishbilarmonlik qobiliyati Billga aynan onasidan o‘tgan bo‘lsa, ajab emas.

Meri maktab va kollejda eng yaxshi o‘quvchi bo‘lgan. U turmush o‘rtog‘i bilan kollejda tanishib qolgan. Juftlik 3 farzandni dunyoga keltirgan. Ayol xayriya ishlari bilan shug‘ullana boshlagan va bir necha yirik tashkilotlarning boshqaruv tarkibida bo‘lgan. United Way kompaniyasi ham shular jumlasidan bo‘lib, bu erda u dastlab King okrugi boshqaruv raisi, keyin esa bu yirik tashkilotning ijro qo‘mitasini boshqargan birinchi ayol bo‘lgan. Meri o‘sha payt Microsoft rahbari bo‘lgan o‘g‘lini Employees Giving Campaign dasturini yo‘lga qo‘yishga ko‘ndirgan va keyinchalik Geytsning o‘zi ham bu tashkilot boshqaruvi tarkibiga qo‘shilgan.

Meri Geyts ko‘plab yirik tashkilotlar a’zosi bo‘lgan. U o‘sha vaqtda aparteid siyosati ketayotgan JARda sarmoyalarni to‘xtatish tashabbusi bilan chiqqan.

Qizi Libbi Armintrautning so‘zlariga ko‘ra, u juda ham talabchan ona bo‘lgan va farzandlariga ko‘p vaqt ajratgan.

Bill bolaligida ham, katta bo‘lgach ham onasi bilan ko‘p ziddiyatga borgan, biroq shubha yo‘qki, u doim o‘g‘lini qo‘llab-quvvatlab kelgan. 1975 yilda u Harvardni tashlab, Microsoft’ga asos solganida, Meri o‘g‘li o‘zining ilk katta shartnomasini imzolashi uchun United Way boshqaruvidagi barcha aloqalarini ishga solgan.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar