Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.11.2016

30 yillik tajribadan 30 hayotiy saboq

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 29
30 yillik tajribadan 30 hayotiy saboq

Joshua Filds Millbern, The minimalists blogi mualliflaridan biri uni omad sari etaklagan muhim haqiqatlar bilan bo‘lishdi.

Yaqinda men 30 yoshga to‘ldim, bu yillar davomida men ko‘p narsalarni angladim. Shu bois hayotning menga bergan muhim saboqlari haqida so‘z yuritmoqchiman.

1. Sevgi kerak. "Hech qachon sevmagandan ko‘ra, sevib yo‘qotgan yaxshi", degan iborani eshitganmisiz? Ha, u hattoki yuragimizni parchalasa ham, sevgi kerak, chunki sevmasak, hayotimiz besamar o‘tgan bo‘ladi.

2. Sevgining o‘zi kamlik qiladi. Sevgi muhim bo‘lsa-da, u aslida abadiy emas: biz yaqinlarimizga doimo ularga befarq emasligimiz, ularni sevishimizni namoyon etishimiz lozim. Ha, sevish - bu fe’l.

3. Baxt sotilmaydi. Uni pulga sotib olib bo‘lmaydi, buyum insonni baxtli qila olmaydi - har holda uzoq muddatga. Haqiqat shundaki, hammamiz ham bir kun kelib bu hayotni tark etamiz, qancha boylik, hashamat ketidan quvmaylik, ularni o‘zingiz bilan u dunyoga olib ketmaysiz, ular sizni o‘limdan asray olmaydi ham.

4. Muvaffaqiyat — istiqbol masalasi. Men avval o‘zimni muvaffaqiyatli deb o‘ylardim, chunki mening maoshim juda yaxshi edi. Katta uyim, hashamatli avtomobilim, buyurtma asosida tikilgan kostyumim, qimmatbaho soatim, katta ekranli televizorim va moddiy dunyoning boshqa atributlari bo‘lsa, yanada muvaffaqiyatli bo‘laman, deb o‘ylardim. Oxir-oqibat, men ularning hammasiga ega bo‘ldim va endi bularning bari o‘zimni muvaffaqiyatli his qilishimga umuman yordam bera olmasligiga ishonchim komil. Buning o‘rniga o‘zimni qandaydir arzimagan narsalarga umrini sarflagan ahmoqdek his qildim.

5. Inson o‘zgarishi uchun "xohlayman" so‘zidan "bajarishim kerak"ga o‘tish lozim. Butun umrim davomida o‘zgarishni istashimni anglab yashadim: men baxtsiz, o‘z hayotidan qoniqmagan inson edim, haqiqiy erkinlik nima ekanligini bilmasligimni tushunib turardim. Muammo shunda ediki, buni aqlan tushunib turardimu, qalban anglamasdim. O‘zingizga necha marotaba "o‘zgaraman", deb va’da berishingiz mumkin, lekin bu qaror miyangizdagi har bir hujayraga kirib bormas ekan, bundan natija chiqmaydi. Sizdagi "xohlayman" "bajarishim kerak"ga aylanganidagina o‘zgarishlarga tayyor bo‘lasiz.

30 yillik tajribadan 30 hayotiy saboq

6. Hayot mazmuni. Hayot - berish demak. Munosib yashab o‘tishning eng yaxshi yo‘li oddiy: shaxs sifatida to‘xtovsiz o‘sish va boshqalarga yordam berish. Hayotning asl ma’nosi ana shu - rivojlanish va yordam.

7. Salomatlikning naqadar muhimligini hamma ham anglab etavermaydi. Bizning tanamiz aksariyatning unga bo‘lgan munosabatidan muhimroq: agar sog‘liq bo‘lmasa, qolgani hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmay qoladi.

8. Hissiyotlarni ko‘rsatish u qadar muhim emas. Onam men 28 yoshdaligimda hayotdan ko‘z yumdilar. Bunga ko‘nikish oson bo‘lmadi, lekin oxir-oqibat bir narsani tushunib etdim: xotiralar buyumlarda emas, qalbimizda yashaydi.

9. Ish — hayotingizdagi yagona missiya emas. Har holda, men uchun shunday bo‘lib chiqdi, garchi uzoq vaqt davomida ishga hayotimdagi eng muhim narsadek munosabatda bo‘lgan bo‘lsam ham. Shu qadar ko‘p ishlardimki, boshqa hech narsaga vaqtim qolmasdi. Mashaqqatli mehnatning yomon joyi yo‘q, albatta, biroq u hayotingizdagi undan-da muhim narsalarga ziyon etkazishi mumkin: sog‘liq, munosabatlar va orzular.


30 yillik tajribadan 30 hayotiy saboq

10. Haqiqiy qiziqish uyg‘otuvchi narsani topish muhim. Biroq yodda tuting, qiziqish - bu sizga avvaldan xos bo‘lgan xususiyat emas, demakki, sizning istaklaringiz va tamoyillaringizga to‘g‘ri keluvchi mashg‘ulotni topsangiz, uni o‘zingizda shakllantirishingiz mumkin.

11. Munosabatlar ahamiyatga ega. Har qanday munosabatlar - do‘stona, romantik, qardoshlik - bu berish va qabul qilishni bilish o‘rtasidagi muvozanat. Har qanday munosabatlarda "biz" zonasi mavjud, unga har bir inson o‘zidan biror nima qo‘shishi va olishi kerak. Agar siz faqat bersangizu olmasangiz, u holda sizdan foydalanishayotgandek tasavvur paydo bo‘ladi; agar o‘rniga hech narsa bermay, faqat olsangiz, siz o‘zingizni birovning hisobidan yashaydigandek his qilishingiz mumkin.

12. Hammaga va har kimga yoqish shart emas. Barchamiz bizni sevishlarini istaymiz, bu sut emizuvchilarning asosiy instiktidir; lekin hamma munosabatlar ham teng emas, shu bois barchaga birdek yoqishga umid qilish kerak emas. Hayot bunday emas. Hattoki kimgadir yoqmasangiz ham, bu hech qanday ahamiyatga ega emas. Osmon uzilib, erga tushmaydi. Yaxshisi, sizni yoqtirmagan kishilarga e’tibor bermay, tinchgina o‘z ishingiz bilan shug‘ullaning.

13. Nufuz - yolg‘on. Muvaffaqiyatdagi kabi, bizning madaniyatimiz asl boylik belgisi sifatida moddiy farovonlikka katta e’tibor qaratadi. Shunday bo‘lsa-da, men yuqori nufuzga ega bo‘la turib, avvalgidek baxtsiz bo‘lgan juda ko‘p kishilarni bilaman va ular menga badavlatdek tuyulmaydi. Asl boylik sof aktivlar qiymati bilan belgilanmaydi.

14. Hasad — befoyda tuyg‘u. Raqobat hasadni keltirib chiqaradi, u esa jirkanch tuyg‘u. Hasad - dunyoga o‘z himoyasizligini namoyon qilishning yana bir usuli.

15. Har bir insonning o‘zi havas qilgan kishisi bo‘ladi. Yozuvchi Devid Foster Uolles buni hammasidan yaxshi ifodalab bergan: "Hech kimga havas qilmay, yashab bo‘lmaydi. Hamma nimanidir o‘g‘irlaydi. Biz faqat tanlashimiz mumkin".

30 yillik tajribadan 30 hayotiy saboq

16. Men Koinot markazi emasman. Biz doim o‘z hayotimizdagi shart-sharoitlar haqida o‘ylaymiz. Bugun nimalarga ulgurishim kerak? Ishdan bo‘shatib yuborishmasmikan? Nima uchun chekishni tashlay olmayapman? Nima uchun ozishning uddasidan chiqmayapman? Nima uchun hayotdan mamnun emasman? Biz hayotimiz haqida juda ko‘p o‘ylaymiz, lekin shuni unutmaslik kerakki, biz - murakkab masalliqning bir elementimiz xolos.

17. Anglab etish — erkinlikning eng qadrli turi. Minimallik — erkinlik foydasiga ortiqcha narsadan xalos bo‘lish. Bu befoyda narsalarga to‘la murakkab dunyoni osonroq, engilroq qilishga imkon beruvchi usul. Hayotimizdagi xilma-xillik bizni o‘ziga jalb qilayotgan bir paytda biror narsani anglab etish qiyin, biroq shunday qilish juda muhim - faqat shundagina haqiqiy erkinlikka erishish mumkin.

18. Cho‘qqiga chiqib, manzaradan bahra oling. Bu metafora - mening hozirgi lahzalarda yashashim kerakligini eslatib turadi. Cho‘qqiga chiqqach, undan darhol tushishni o‘ylamang. Shunchaki cho‘qqiga turib, manzaradan bahra oling.


19. Ko‘pincha qo‘rquvlarimiz behuda bo‘lib chiqadi. Shunchaki o‘zingizdan so‘rang: "Aynan nimadan qo‘rqayapman?" Biz ko‘pincha hayotimizga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydigan yoki o‘zimiz nazorat qila olmaydigan narsalardan qo‘rqamiz, shunday ekan, besabab xavotirga o‘rin yo‘q.


30 yillik tajribadan 30 hayotiy saboq

20. O‘zgarishlar — bu o‘sish. Hammamiz ham yangi cho‘qqilarni zabt etishni istaymiz, shunday bo‘lsa-da, aksariyat insonlar o‘z hayotlaridagi o‘zgarishlarga tayyor emaslar. Yangi muhit - noma’lum muhit, noma’lumlik esa noqulaylik demakdir, noqulaylik esa - yaxshi emas. Biroq o‘zimizni o‘zgarish jarayonidan rohatlanishga o‘rgatsak, noma’lumlikni esa xilma-xillik sifatida qabul qilsak, yangi sharoitlardan bebaho saboq olamiz: biz shaxs sifatida o‘samiz.


21. Mukammallikka bo‘lgan intilish bizni unga yaqinlashtiradi. Men mukammal emasman va hech qachon bunday bo‘lmayman ham. Men ham xato qilaman va noto‘g‘ri qarorlar qabul qilaman, ko‘pincha mening boshlagan ishlarim tanazzulga yuz tutadi. Qoqilaman, yiqilaman. Men insonman va menda xuddi sizdagi kabi turli xislatlar bor.

22. O‘tmish bilan kelajak teng emas. Siz o‘tmishni o‘zgartira olmaysiz, shuning uchun diqqatni kelajakka qaratish muhim. Agar o‘tmish sizga kelajak kabi ahamiyatga ega bo‘lsa, u holda siz avtomobilni faqat orqa oynaga qarab boshqarayotgan haydovchi kabi bo‘lasiz. Biroq agar faqat orqaga qarab, oldinga harakatlanmoqchi bo‘lsangiz, bu falokatga olib keladi.


23. Og‘riq foydali bo‘lishi mumkin, lekin azoblanish emas. Og‘riq bizga nimadir noto‘g‘ri ekanligini tushunib etish imkonini beradi: u bizga xulqimizni o‘zgartirishimiz kerakligidan dalolat beradi. Azoblanish esa, aksincha - hissiy reaktsiya. Bu bizning shaxsiy tanlovimiz va biz istagan vaqtimizda his qilingan og‘riqdan to‘g‘ri xulosa chiqarib, azoblanishni bas qilishimiz va oldinga qarab harakat qilishimiz kerak.

24. Shubha-gumon o‘ldiradi. Istaklaringizga etishishga halaqit beruvchi birgina kishi bor va bu inson - sizning o‘zingiz.

25. Kutish — bu normal holat. Ba’zan biroz poylab turish foydadan xoli bo‘lmaydi. Doim shoshilishdan nima foyda? Uning o‘rniga sayohatdan bahra oling.


30 yillik tajribadan 30 hayotiy saboq

26. Halol bo‘lish muhim. Halol bo‘lish - to‘g‘risini aytish, yolg‘on gapirmaslik demak.

27. Ochiqlik ham halollik kabi muhimdir. Ochiqlik - halollikdan-da qiyinroq ko‘nikma. Ochiqlik faktlarni etkazishdagi aniqlik, to‘g‘ri gapirishni uddalash va boshqalarni chalg‘itmaslikni ko‘zda tutadi. Ochiqlik nisbatan sub’ektiv sifatga kiradi: ochiq bo‘lishdan avval, o‘zingizning oldingizda halol bo‘lishingiz kerak. Bu o‘z hayotini ko‘z-ko‘z qilish degani emas: doim nimadir begonalardan pinhon tutiladi va bu normal holat.

28. Boshqalarda qiziqish uyg‘otishni o‘rganing. Buni uddalashning yagona yo‘li - ularga foyda keltirish. Men katta jamoani boshqarganimda, ularga doim bir savolni berardim: "Bu haftada qanday foyda keltirdingiz?" Men bu savolni o‘zimga berardim va jamoam uchun nima qilganimni ularga doim aytib berardim. Men shu yo‘l bilan qiziqish va ishonch uyg‘otishni uddaladim.

29. Reklama xavfli. Ko‘pincha reklamaning "tuzog‘iga tushamiz" ("Qancha ko‘p xarid qilsangiz, shuncha ko‘p tejaysiz", "Uch kunlik chegirmali xaridlar!") va natijada o‘ylamay harakat qilamiz. Agar atrofimizdagi dunyoni etarlicha yaxshi tushunsak, o‘zimizda yolg‘onni qabul qilmaslik xususiyatini mustaqil ravishda shakllantirishmiz mumkin.

30 yillik tajribadan 30 hayotiy saboq

30. Men hali-hanuz bularning barchasini anglab etishga harakat qilaman. Men o‘z qarashlarimni har bir inson hayoti uchun universal qoida sifatida taqdim etmoqchi emasman. Menga ish bergan narsa sizda natija bermasligi ham mumkin.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar