Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.10.2016

Samsung Galaxy Note 7 akkumulyatorlarini mustaqil sinovdan o‘tkazgandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 36
Samsung Galaxy Note 7 akkumulyatorlarini mustaqil sinovdan o‘tkazgandi

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi o‘z laboratoriyasida amaliyotda boshqa ishlab chiqaruvchilarning telefonidan farq qiluvchi Galaxy Note 7 uchun batareyalarni sinovdan o‘tkazdi. Bu haqida The Wall Street Journal xabar qilgan.

Barcha smartfon ishlab chiqaruvchilari AQShda savdoni boshlashdan avval akkumulyatorlarni Uyali telekommunikatsiya assotsiatsiyasi sanoati (CTIA) tomonidan sertifikatlangan 28 laboratoriyaning birida sinovdan o‘tkazishi zarur. Samsung o‘ziga tegishli laboratoriyada CTIA sertifikatsiyasini olish uchun sinovdan o‘tayotdan yagona kompaniya sanaladi.

Samsung rasmiy vakili qayd etishicha, ichki tekshiruvlar smartfonning davtlabki versiyasida ham, yangilangan talqinida ham Galaxy Note 7 batareyasi bilan bog‘liq hech qanday muammolarni aniqlamadi.

Dushanba kuni ma’lum bo‘lishicha, Janubiy Koreya hukumati Galaxy Note 7 smartfonlarining ommaviy nuqsonlari paydo bo‘lish sababi yuzasidan tekshiruv boshladi. Koreya sinov laboratoriyasi (KTL) kompyuter texnologiyalari va rentgen nurlari ostida o‘tuvchi batafsil tekshiruvni o‘tkazishga qaror qilgan.

Samsung Galaxy Note 7 avgust boshida namoyish qilgan va Android bo‘yicha eng yaxshi smartfonga aylangan edi.

Biroq sentyabr boshida kompaniya smartfonning yonish holati kuzatilgani uchun sotuvni to‘xtatishga va dunyo bo‘ylab sotilgan 2,5 mln qurilmani qaytarib olishga majbur bo‘ldi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar