Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.10.2016

Yoshlikning qadriga yeting

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 86
Yoshlikning qadriga yeting

Yoshlik inson hayotining eng go‘zal davri. Kuchga to‘lgan, imkoniyatlar, orzu-umid va rejalarga boy davr. Aynan mana shu davrda amalga oshirgan ishlarimiz kelgusi hayotimizni belgilab beradi.

Yoshlik bergan imkoniyatlardan qanday foydalanish kerak? Psixolog Meg Jeyning “Muhim davr. Hayotni nima uchun keyinga qoldirib bo‘lmaydi” nomli kitobi aynan mana shu haqda. Ushbu kitob 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan barcha insonlarga bag‘ishlanadi. Mulohoza.uz sayti Quyida mazkur kitobdan ayrim maslahatlarni ma’lum qildi.

Baxt formulasi haqida
To‘g‘ri yoki noto‘g‘ri hayot bo‘lmagani kabi yaxshi yashash formulasi ham mavjud emas. Lekin tanlov va uning oqibatlari bo‘lib, yigirma yoshli yigit-qizlar o‘z kelajaklari haqida o‘ylashsa foydadan xoli bo‘lmaydi. Agar yigirma yoshdan o‘ttiz yoshgacha davr oralig‘ida kelgusi hayotingizga yetarlicha e’tibor bilan yondashsangiz, sizni oldinda ajoyib kunlar kutadi.

Tanlov haqida
Bir umr xayol surib o‘tirish mumkin emas. Nima qilishingizni anglashingiz uchun nimadir qilishingiz kerak. “Hayotim o‘z qo‘limda” degan qo‘rquvdan voz kechish lozim. Mo‘’jizalar yuz bermaydi deya qo‘l qovushtirib o‘tirish yaramaydi. Kelajagingizni o‘ylamaslik ana shu qo‘rquvga tobe bo‘lish, o‘zini go‘yoki bugungi kunning ahamiyati yo‘qdek tutish demakdir. Kelajak uchun tanlov qilmaslik o‘ziga hech qanday mas’uliyatni olmasdan yashash yo‘lini topishga umid qilishdir.

O‘ziga bo‘lgan ishonch haqida
O‘ziga ishonch – tug‘ma emas, balki tajribalar asosida yuzaga keladigan xususiyatdir. Agarda bu omad tufayli bo‘lganida edi, odamlar kamroq xavotirga tushishar va o‘zlarini qat’iyroq tutgan bo‘lishardi. O‘ziga bo‘lgan haqiqiy ishonch zamirida bevosita faoliyat tufayli yuzaga kelgan tajriba va qat’iyat bilan erishilgan muvaffaqiyatlar yotadi. Hayotning qay jabhasida bo‘lmasin, tajribalar asosida paydo bo‘lgan o‘ziga ishonch hissi g‘olib chiqadi.

Pul haqida
Yigirmaga to‘lgan yoshlarga ko‘p pul ishlab topish uchun hali oldinda o‘nlab yillar bordek tuyuladi, lekin AQSh aholini ro‘yxatga olish byurosining ma’lumotiga qaraganda, qirq yoshga to‘lganda oylik maosh miqdori eng yuqori nuqtasiga yetadi va o‘zgarmasdan qoladi.

Umr yo‘ldoshi tanlash haqida
Umr yo‘ldoshi tanlash juda mas’uliyatli ishdir. Kimni tanlashga qaror qilishingiz butun kelgusi hayotingizning qanday kechishini belgilab beradi. Moliyaviy ahvolingiz, ishingiz, turmush tarzingiz, sog‘ligingiz, xullas, hayotingiz umr yo‘ldoshingiz bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun umr yo‘ldoshi tanlashda hushyor bo‘ling, keyin kech bo‘ladi.

Afsuslanish haqida
“Shuncha yil umrimni behuda o‘tkazibman, vaqtimni o‘yin-kulgiga sarflabman. Tanish-notanishlar bilan ziyofatlarda yeb-ichib yuraveribman. Yigirma yosh eng gullagan davr, lekin uni shunday behuda o‘tkazmasam ham bo‘lardi-ku. Nega hech kimning nasihatlariga quloq solmadim?” deya keyinchalik afsuslangandan ko‘ra hozirdan kelajagingiz haqida jon kuydiring.

O‘z hayoti uchun javobgarlik haqida
Bizga hech kim baxtli hayotni qo‘shqo‘llab tutqazmaydi. Shuning uchun o‘z hayotingiz uchun mas’uliyatni o‘z zimmangizga oling. Oldingizga maqsad qo‘ying. Ishlang. Oila quring. Vaqtning qadriga yeting. Hayotingizga mazmun bag‘ishlang. Taqdiringiz sizning hech narsa bilmaganingiz yoki hech narsa qilmaganingizga bog‘liq bo‘lib qolmasin. Hayotingizni belgilab beruvchi qarorni bugunoq qabul qiling.

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar