Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.10.2016

Dunyoning eng yaxshi aeroporti nomi e’lon qilindi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 24
Dunyoning eng yaxshi aeroporti nomi e’lon qilindi

Sleeping in Airports ixtisoslashgan portali dunyoning eng yaxshi aeroportini aniqlash maqsadida turli mamlakatlar sayyohlari orasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Natijalarga ko‘ra, g‘olib - Singapurning Changi aeroporti, deb e’lon qilindi.

Manbaga ko‘ra, sayyohlar ovoz berish jarayonida aeroportning dam olish hududidagi qulayliklar, xizmat ko‘rsatish darajasi, ko‘ngilochar inshootlari va ovqatlanish joylarining mavjudligi, shuningdek xavfsizlik, tozalik kabi jihatlariga asoslanishgan.

Sayyohlar xodimlarining xizmat ko‘rsatishi, bepul kinoteatr, ko‘plab restoranlar va hamyonbop narxdagi do‘konlari bilan tanilgan Changi aeroportini yuqori baholashdi. Shuningdek ular aeroportda haqiqiy bog‘larning mavjudligi va terminallardan birining tomidagi hovuzni ham e’tirof etib o‘tishgan. So‘rovnoma ishtirokchilari uni hatto ko‘ngilochar parkka qiyoslashdi.

Reytingning ikkinchi o‘rnida Janubiy Koreyaning Seul ostidagi Inchxon aeroporti nomi qayd etildi. Uchlikni Tokiodagi Xaneda aeroporti yakunlaydi. Ro‘yxatning to‘rtinchi va beshinchi pog‘onalarini Tayvanning Taoyuan hamda Myunxenning Frantsa-Yozefa Shtraus nomli aeroporti egalladi.

O‘nlikdan shuningdek Yaponiyaning Osaka shahri yaqinidagi Kansay aeroporti, Vakuver va Xelsinki-Vantaa xalqaro aeroportlari hamda Tallindagi Lennart Meri nomidagi aeroport o‘rin olgan. Eng yaxshi aeroportlar o‘nligiga Tsyurix aeroporti yakun yasaydi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar