Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.10.2016

Siz ko‘rmagan va bilmagan 20 ta ekzotik meva

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 74
Siz ko‘rmagan va bilmagan 20 ta ekzotik meva

Ona tabiat siz va biz bilmagan mevalarga boydir. Sayyoramizning turli burchaklarida shu qadar g‘aroyib va ekzotik mevalarni uchratish mumkinki, ular haqida hatto eshitmagansiz ham. Ularning ko‘rinishi ham noodatiy. Bu ajoyib mevalarni tatib ko‘rish esa haqiqiy sarguzashtga teng bo‘lishi mumkin.

Siz ko‘rmagan va bilmagan 20 ta ekzotik meva

1. “Budda qo‘llari”

Ushbu meva Xitoy, Hindiston va Yaponiyada o‘sadi. Uning mazasi nordon-shirin. “Budda qo‘llari”ni ko‘pincha shakarga botirib, konserva qilishadi va ba’zida limon o‘rnida qo‘llashadi. Bu mevani Xitoy ibodatxonalarida omad va uzoq umr ko‘rish ramzi sifatida taklif qilishadi. Yaponiyada esa undan xona va kiyimdan xushbo‘y hid kelib turishi uchun dekorativ element sifatida foydalanishadi.

Siz ko‘rmagan va bilmagan 20 ta ekzotik meva

2. Durian

Bu Janubiy Osiyo mevasi tashqi ko‘rinishidan tikanli, lekin ichidan yumshoq va shirin. U o‘zining chidab bo‘lmas hidi bilan tanilgan, shu bois u Singapurning ko‘p jamoat joylarida taqiqlangan.

Siz ko‘rmagan va bilmagan 20 ta ekzotik meva

3. Longan

Uni “ajdarho ko‘zi” deb ham atashadi. Kichik sersuv meva Xitoyda iste’mol qilinadi. U ko‘pincha sho‘rvalar, gazaklar, pishiriqlar hamda nordon-shirin taomlarga qo‘shiladi. Xitoy tibbiyotida longan tinchlantiruvchi xususiyatga ega ekanligi ham ta’kidlanadi.

Siz ko‘rmagan va bilmagan 20 ta ekzotik meva

4. Mangostan

Mangostan – yana bir Janubiy Osiyo mevasi. U Malayziya arxipelagida sevimli desert hisoblanadi. Uning mevasi sarxil holida ham eyilsa-da, ko‘pincha konserva qilinadi.

Siz ko‘rmagan va bilmagan 20 ta ekzotik meva

5. Palmira

Palmirani yoz oylarida Hindiston, Janubi-Sharqiy Osiyo va Malayziyada ko‘rish mumkin. Meva ichida oq urug‘lar mavjud. Hosil yosh paytida uning mevasi yumshoq va jelesimon bo‘ladi.

Siz ko‘rmagan va bilmagan 20 ta ekzotik meva

6. Lukuma


Ushbu Janbiy Amerika mevasini Peru va Kosta-Rikada sevib iste’mol qilishadi. U ko‘pincha xom holida eyiladi yoki pishiriqlarga qo‘shiladi. Lukuma kukuni ta’m beruvchi qo‘shimcha sifatida qo‘llanadi. Mevasining o‘zi shirin bo‘lsa-da, ba’zi kishilar uni yoqimsiz deb hisoblashadi, chunki uni iste’mol qilgandan so‘ng og‘izda hammaga ham yoqavermaydigan o‘ziga xos ta’m saqlanib qoladi.

Siz ko‘rmagan va bilmagan 20 ta ekzotik meva

7. Marang

Marangning tikanli po‘stlog‘i ostida uzum hajmidagi kichik moyaklari bor. Mevani bo‘lgandan keyin bir necha soat davomida uni oxirgacha eyish lozim, chunki u o‘z mazasini tez yo‘qotadi va nordonlashib qoladi.

Siz ko‘rmagan va bilmagan 20 ta ekzotik meva

8. Jekfrut

Osiyoning janubi-sharqiy qismida o‘suvchi eng mashhur mevalardan biri. Jekfrut sergo‘sht va tolali mevasi bilan mashhur. Uni xom holicha ham, pishiriqlar va o‘tkir taomlarga qo‘shimcha sifatida ham iste’mol qilish mumkin.

Siz ko‘rmagan va bilmagan 20 ta ekzotik meva

9. Yavan olmasi

Bu tayvan mevasi elastik va qirsillagan bo‘ladi, uni xom holicha iste’mol qilinadi, shuningdek undan damlama ham tayyorlanadi.

Siz ko‘rmagan va bilmagan 20 ta ekzotik meva

10. Tamarind

Tamarind Afrikada etiladi, lekin ko‘p mamlakatlarga eksport qilinadi. Hind va Osiyo oshxonasining turli taomlarida nordon mevalar keng qo‘llaniladi. Tamarinddan tayyorlangan ichimlik Janubiy Amerika mamlakatlarida keng tarqalgan.

Siz ko‘rmagan va bilmagan 20 ta ekzotik meva

11. Lulo

Naranxillo yoki lulo tashqi ko‘rinishi jihatidan apelsinga, ichidan esa yashil pomidorga o‘xshaydi. Bu meva Kolumbiya va Ekvadorda juda mashhur, uni ko‘pincha “oltin And mevasi” va “Xudolar nektari”, deb atashadi.

Siz ko‘rmagan va bilmagan 20 ta ekzotik meva

12. Jambolan

Jambolan — bu mashhur meva Hindistonda desert tayyorlashda ishlatiladi. G‘aroyib meva ko‘pincha tuz bilan eyiladi. Shuningdek undan Ayurveda tibbiyotida ham foydalaniladi.

Siz ko‘rmagan va bilmagan 20 ta ekzotik meva

13. Aki

Aki mevalari Yamaykada etishtiriladi. Ularni g‘arq pishgan paytida xomligicha iste’mol qilish mumkin. Shuningdek mashhur karib taomlarida ulardan gazak sifatida foydalaniladi.

Siz ko‘rmagan va bilmagan 20 ta ekzotik meva

14. Non daraxti

Tinch okeani orollarining bu yirik mevasi bo‘laklarga bo‘linadi va sarxil holatida eyiladi yoki qovurilib, garnir sifatida beriladi. Meva kraxmal tarkibga ega bo‘lib, mazasi yangi yopilgan nonni eslatadi.

Siz ko‘rmagan va bilmagan 20 ta ekzotik meva

15. Zizifus

Zizifus, yuyub yoki “xitoy xurmosi” turlari Hindiston, Xitoy va butun Osiyo bo‘ylab o‘sadi. Mevalari u qadar etilmagan paytida uning mazasi nordon-shirin olmani eslatadi.

Siz ko‘rmagan va bilmagan 20 ta ekzotik meva

16. Kanistel

Kanistel ko‘pincha “tuxumli meva” deb ataladi, uning mazasi – shirin. Kanisteldan sutli kokteyllar, muzqaymoq va shirin kremlar tayyorlashda foydalanishadi.

Siz ko‘rmagan va bilmagan 20 ta ekzotik meva

17. Puxala

Bu g‘aroyib shirin meva Mikroneziyada muhim oziqlanish manbai hisoblanadi. Daraxt yaproqlari shirin taomlarga qo‘shimcha sifatida qo‘llanadi, yog‘ va gullari esa – tibbiy maqsadlarda.

Siz ko‘rmagan va bilmagan 20 ta ekzotik meva

18. Qora sapota

Bu mevani tatib ko‘rgan har bir inson uning mazasi shokoladli pudingga o‘xshashini aytadi, faqat undagi yog‘ miqdori kamroq, biroq S vitamini apelsindagidan 4 karra ko‘p. Tropik meva Meksika, Gvatemala va Kolumbiyada o‘suvchi xurmoning bir turi hisoblanadi.

Siz ko‘rmagan va bilmagan 20 ta ekzotik meva

19. Akebi

Akebi — Yaponiya shimolida o‘suvchi juda chiroyli meva. Mevaning ichidagi go‘shti oppoq rangda bo‘lib, urug‘lari jilovlanuvchi qora rangda. Siyohrang po‘stlog‘i esa sabzavot sifatida iste’mol qilinadi.

Siz ko‘rmagan va bilmagan 20 ta ekzotik meva

20. Ashiot

Mevaning urug‘i va go‘shtini eyish mumkin, ularning mazasi muskat yong‘oq ta’mi bo‘lgan qalampirni eslatadi. Ulardan annato (taomga qo‘shiluvchi ozuqaviy bo‘yoq va maxsus ta’m beruvchi) tayyorlash uchun foydalanishadi.

Suratlar: bigpicture.ru


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar