Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.10.2016

Alisher Usmonov Rossiyaga soliq to‘lamaydigan bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 71
Alisher Usmonov Rossiyaga soliq to‘lamaydigan bo‘ldi

USM Holding xo‘jayini Alisher Usmonov Rossiyaning soliq to‘lovchisi maqomidan mahrum bo‘ldi, deb yozmoqda Forbes jurnali. Bu xabarni USM matbuot xizmati ham tasdiqlagan. Rossiya soliq qonunchiligiga ko‘ra, RF soliq to‘lovchisi hisoblanish uchun mamlakatda kamida olti oy istiqomat qilish lozim. Rossiyada jismoniy shaxslarni soliqqa tortishda ularning fuqaroligiga e’tibor berilmaydi. Aksincha, bir yilning 183 kunida Rossiyada yashagan kishi soliq to‘lovchi hisoblanadi.

USM vakilining jurnalga ma’lum qilishicha, hozirda Usmonov amaliy faoliyat turlarini tark etgan va diqqatini sport, xayriya va filantropik faoliyatga qaratgan. U, Qilichbozlik xalqaro federatsiyasi prezidenti va XOQning Olimpiya televizion kanalini barpo etish komissiyasi a’zosi hisoblanadi.

"Shu va tibbiy sabablar tufayli u 2015 yilda RF Soliq Kodeksiga binoan, o‘zining soliq to‘lovchi maqomini tasdiqlash uchun talab etiluvchi 183 kun Rossiyada bo‘lmagan. Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi hamda uning prezidenti qarorgohi Lozanna va Monakoda joylashgan. Albatta, bu USM xoldingining biznesi va tuzilmasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmaydi", - deyiladi USM matbuot-xizmati.

Xabarlarga ko‘ra, Usmonov so‘nggi bir necha yilda jismoniy shaxs sifatida Rossiya g‘aznasiga 350 mln dollar miqdorida soliq to‘lagan. Uning xoldingiga kiruvchi kompaniyalar esa, 2015 yilning o‘zida 100 mlrd rublga yaqin soliq to‘lagan.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar