Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.10.2016

Yoshini yashab bo‘lgan texnologik 8 qoida

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 51
Yoshini yashab bo‘lgan texnologik 8 qoida

Biz atrofimizdagi barcha gadjetlarning ishlash printsiplarini bilmasligimiz mumkin. Chunki ular juda ko‘p, ishlash jarayoni esa murakkab. Buning ustiga texnologiyalar tezlik bilan rivojlanayapti. Ularning turlari kun sayin ko‘payib bormoqda. Shu bois texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha kecha amalda bo‘lgan qoidalar bugun ahamiyatli emas. Quyida shu haqida.

1. Ko‘pchilik “Apple” kompyuterlariga viruslar hujum qila olmaydi, deb hisoblaydi. “Apple Mac” uchun viruslar yo‘qligi haqida ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilingan edi. Biroq alal oqibat bu Applening shunchaki marketing strategiyasi bo‘lib chiqdi. 2012 yilda minglab “Mac”lar viruslardan zarar ko‘rgan.

2. Brauzerdagi yashirin (Privat/inkognito) rejimi anonimlikni ta’minlaydi, deb o‘ylaysizmi? Xulosa qilishga shoshilmang. “Chrome”dagi yashirin, “Safari”dagi “Private browsing” rejimi faqatgina kirilgan saytlar tarixinigina saqlamaydi. Bu esa anonimlik ta’minlandi, degani emas.

Yoshini yashab bo‘lgan texnologik 8 qoida

3. Smartfonni kechasi bilan zaryadda qoldirish batareyani ishdan chiqaradi, degan gapni ko‘pchiligimiz eshitganmiz. Biroq bu xato fikr. “Aqlli” smartfonlar kerakli miqdorda quvvatni olgandan keyin elektr tokini olishni to‘xtatadi.

Yoshini yashab bo‘lgan texnologik 8 qoida

4. Yana bir noto‘g‘ri qarash: megapiksel soni ko‘p bo‘lgan kamera yaxshidir. Shu o‘rinda savol tug‘iladi. 8 yoki 12 megapikselli kameralarning farqi nimada? Ajablanarlisi, bunda hech qanday farq yo‘q. Aslida tasvirning sifati sensor qancha rangni qabul qila olishi bilan belgilanadi. Shuning uchun megapiksellarning hajmi ularning soniga qaraganda muhim.

Yoshini yashab bo‘lgan texnologik 8 qoida

5. Ba’zilar telefonning quvvati to‘la tugamagunicha uni zaryadga ulamaydi. Bu telefonga bo‘lgan yana bir nojoiz munosabat. Ma’lumki, akkumlyatorlarning zaryad tsikllari soniga ko‘ra xizmat qilish muddati mavjud. Bundan tashqari, zaryad oluvchi tsikllar bir-biri bilan bog‘lanmagan. Bitta tsikl zaryad olayotgan paytda boshqa tsikl telefon ishlashi uchun quvvat etkazib berib turaveradi. Shuning uchun telefon tokka ulangan yoki ulanmaganining hech qanday ahamiyati yo‘q.

Yoshini yashab bo‘lgan texnologik 8 qoida

6. Displey qancha ko‘p pikselli tasvirni qabul qila olsa, shuncha yaxshi bo‘lishi ham yolg‘on bo‘lib chiqmoqda. Inson ko‘zi bir dyumdagi piksellar soni 300 dan oshgandan keyin o‘rtadagi farqni anglay olmay qoladi. Shu bois ham Apple displeyning piksellari sonini oshirishga emas, uning yorqinligiga e’tibor bemoqda.

Yoshini yashab bo‘lgan texnologik 8 qoida

7. Foydalanuvchilar orasida “iPad”ning zaryadlovchi moslamasi “iPhone”ga zarar keltiradi, degan qisman noto‘g‘ri fikr ham mavjud. Eng qizig‘i, 12-vattli zaryadlovchi moslama “iPad” uchun ham, “iPhone” uchun ham to‘g‘ri kelaveradi. Biroq “iPhone” uchun uni qo‘llamagan yaxshi. Ba’zida “iPhone” bu holatda uzoq vaqt zaryad olganda batareyasi tez tugab qolish holati kuzatiladi. “AE Systems” vakili Stiv Sandlerning ta’kidlashicha, bunday ta’sir “iPad” zaryadlovchi moslamasidan foydalanish bir yildan uzoq bo‘lgan muddatda uzluksiz davom ettirilsagina kelib chiqishi mumkin.

Yoshini yashab bo‘lgan texnologik 8 qoida

8. Ko‘pchilik har kuni kompyuterni o‘chirib-yoqish uning eskirishiga sabab bo‘ladi, deb o‘ylaydi. Shu bois uni kutuvchi rejimda qoldirishadi. “Lifehacker” nashrida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra esa kompyuter to‘xtovsiz ishlasa, tez ishdan chiqadi. Shuning uchun kompyuterdan foydalanib bo‘lgach, uni o‘chirib qo‘ying.

Yoshini yashab bo‘lgan texnologik 8 qoida


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar