Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.10.2016

Juftingizning ko‘ngliga yo‘l topish uchun 6 usul

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 85
Juftingizning ko‘ngliga yo‘l topish uchun 6 usul

Oilaviy hayotda eng muhimi er-xotinning bir-birini tushunishida. Shuning uchun juftingizning ko‘ngliga yo‘l topish orqali oilangizni mustahkam va baxtiyor qilasiz. Turmush o‘rtog‘ingizni to‘g‘ri tushunish uchun biroz e’tiborli bo‘lish kifoya — deydi ruhshunos Nigora Shomurodova.

1. Unutmang, erkaklar oilaviy mojarolarga toqat qilolmaydi. Uyga yo o‘zingizga biror narsa kerak bo‘lsa, bundan janjal chiqarish shart emas. Shunchaki talablaringizni eringizga istak, hech bo‘lmasa, tilak sifatida bildiring va suhbatni «siz haqsiz, fikrlaringizni hurmat qilaman, faqat mana buni bir o‘ylab ko‘ring», deb, ko‘nglingizdagini aytishingiz mumkin. Muomalangizga ham ko‘p narsa bog‘liqligini esda tuting.

2. Juftingiz bilan har bir ishni maslahatlashib amalga oshiring. Mustaqil qarorlar chiqarmang. U o‘zini oila boshlig‘i sifatida his qilishini ta’minlang. Agar biror ish yuzasidan eringiz bergan maslakhat noo‘rin bo‘lsa, aql Bilan ish yuriting. Agar uning «nega men aytgandek qilmading», deb achchig‘i kelsa, u aytgandek qilishga rosa urinib, eplay olmaganingizni, qo‘lingizdan faqat shu kelganini, usiz shuniyam eplay olmaganingizni bildiring.

3. Turmush o‘rtog‘ingizni maqtab turing, lekin me’yorni biling.

4. Juftingizning ko‘ngliga yo‘l topish uchun o‘zingizni ham o‘ylang. Doim uning ko‘z o‘ngida go‘zal bo‘lib yuring. Qolaversa, o‘z uddaburonligingizni ham namoyon eting. Bu eringizda «bu mening xotinim!» degan faxr uyg‘otsin.

5. Erim uy yumushlarining barchasini qila olishi kerak, deb o‘ylamang. Hamma erkaklar ham mebelni tuzatishi, elektr uskunalarini sozlay olmasligi mumkin. Ustiga-ustak, juftingiz kun bo‘yi ishlab, uyga charchab kelgan bo‘lsa, siz aytgan uy ishlarini qilishni xohlamas, buning uchun uni «qo‘lidan ish kelmaydi»ga chiqarish yaramaydi.

6. Erkakning ko‘ngliga yo‘l topish uchun albatta u bilan futbol matchi yoki baliq oviga borish kerak emas. Shunchaki uning qiziqishlarini hurmat qiling. Biror bayram bahonasida unga qiziqishlariga bog‘liq sovg‘alar bersangiz, unga qanchalar e’tiborli ekaningizdan xursand bo‘ladi.

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar