Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.10.2016

Qandli diabetni tibbiyot aralashuvisiz mag‘lub qilgan inson tarixi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 72
Qandli diabetni tibbiyot aralashuvisiz mag‘lub qilgan inson tarixi

Qandli diabetni tabiiy vositalar yordamida mag‘lub qilish mumkin. E’tiboringizga "Budte zdorovы" jurnalida taqdim etilgan, qandli diabet, yuqori qon bosimi kasalliklarini tibbiy dori-darmonlarsiz mag‘lub qilgan hamda ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan inson tarixini havola qilamiz.

U insulin olish, shuningdek dori-darmon ichish o‘rniga sarxil meva va sabzavotlarni iste’mol qilgan.

Bu voqea 4 yil ilgari bo‘lib o‘tgan. O‘shanda u diabetning eng tarqalgan belgisi bo‘lmish chanqoqni his qila boshlagan.

U qon tahlili topshirgan va qondagi qand miqdori 29ga chiqqani hamda oshqozon osti bezi faoliyati to‘xtaganidan xabar topadi. Shu bois uning muntazam ravishda insulin olishiga to‘g‘ri kelardi.

Insulin olgan erkak salomatligi yomonlashganini his qilgan, chunki triglitserid darajasi 16, qon bosimi esa 150/100ga ko‘tarilgan. Bir necha kun o‘tgach, u ilm-fanga bag‘ishlangan ko‘rsatuvni ko‘rib qolgan.

Bu ko‘rsatuvda doktor Jon Tsirdum sog‘lom hayot tarzi haqida so‘z yuritgan. U 12 yil davomida meva va sabzavotlarni iste’mol qilganini aytadi. Ko‘rsatuvdan keyin bemor doktor Tsirdumning tavsiyalariga amal qilib ko‘rishga qaror qiladi va meva va sabzavotlardan sharbat tayyorlash uchun blender xarid qiladi.

Birinchi hafta mobaynida u ovqatlardan o‘zini zo‘rg‘a tiyib turadi, oz vaqt ichida u qondagi qand miqdorini 5ga qisqartirishga muvaffaq bo‘lgan.

Bu shubhasiz katta natija, shu bois u bundan keyin insulin olmaslikka qaror qildi va shu parhezga rioya qilishda davom etdi. U qonda qand miqdorini keskin kamaytirishning uddasidan chiqdi.

Qat’iy parhez kutilganidan-da a’lo natijalar beradi. U ilk 25 kunda 11 kilogramm vazn tashlashga muvaffaq bo‘ldi va keyingi 4 oy davomida diabet belgilarini sezmaydi.

Uning salomatligi yaxshilanishda davom etadi va qon bosimi ham me’yorga tushadi (120/70). Triglitserid darajasi 1,4ni tashkil qiladi, shu bois uning insulin va boshqa dorilar qabul qilishiga ehtiyoj qolmaydi.

U 20 kilogrammdan ortiq vazn tashlaydi.

Quyida bemor qo‘llagan retsept taqdim etiladi:

2ta banan
2ta olma
ozgina karam
5ta kivi
Yarim litr suv

Qo‘llanishi:

Sharbatning yarmini ertalab, qolganini esa kun davomida iching. Qorningiz ochsa, mevalar, salat va tunets balig‘i (ozgina) eyish mumkin. Bu mahsulotlar V12 vitaminiga boy bo‘lib, organizmimiz uchun juda foydali.

Parhezning ustunligi - deyarli ochlikni his qilmasligingizda. Bu miyaning qondan ma’lumot (sizning ochligingiz haqida) olishi bilan bog‘liq. Sharbatlarning oziq moddalari bilan to‘yingan qon miyaga "ochlik belgilari"ni yubormaydi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar