Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.10.2016

Parhezga dosh berolmaydiganlar uchun ozishning 10 usuli

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 109
Parhezga dosh berolmaydiganlar uchun ozishning 10 usuli

Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish ko‘plab taqiqlardan iborat mashaqqatli jarayondek tuyuladi. Cheklovlarga dosh berolmaydigan kishilar bunday vaziyatlarda nima qilishlari kerak? Aslida har kuni bajarishingiz mumkin bo‘lgan bir qator oddiy amallar borki, ular sizga ortiqcha vazndan qutulishga yordam beradi.

Har bir taom iste’molidan oldin bir piyola suv iching


Suvni ovqat eyishdan 10-15 daqiqa avval ichish tavsiya qilinadi. Bu vaqt ichida ochlik hissi kamayishga ulguradi, organizm esa kerakli namlikni oladi. Bunday odat chanqoqni ochlik bilan almashtirmaslikka yordam beradi.

Nonushta qiling

Parhezga dosh berolmaydiganlar uchun ozishning 10 usuli

Bolalikdan nonushta qilishning muhimligi bejiz uqtirilmaydi. Ertalabki metabolizm nonushtaning yaxshi hazm qilinishiga olib keladi. Shu bois nonushtaning maksimal darajada to‘yimli bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

Reklama vaqtida badantarbiya qiling

Parhezga dosh berolmaydiganlar uchun ozishning 10 usuli

Bu usul kechki payt televizor qarshisiga qulay joylashib olishni odat qilganlar uchun ayni muddaodir. Televizion reklama paytida o‘tirib-turish yoki sakrash kabi oddiy mashqlarni bajarish odati hattoki ozishdan umidini uzgan kishilarning qomatini ham tez orada tartibga keltiradi.

Toza havoda sayr qiling

Parhezga dosh berolmaydiganlar uchun ozishning 10 usuli

Faollikni oshirish va bir kunlik bosilgan qadamlar soni sizning jismoniy holatingizga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bir kunda sayr uchun ajratiladigan vaqt kamida 30 daqiqadan iborat bo‘lishi kerak. Keyinchalik sayr vaqtini sekin-astalik bilan uzaytirish mumkin.

Taomni etarlicha chaynashga odatlaning

Parhezga dosh berolmaydiganlar uchun ozishning 10 usuli

Odamlar tez chaynash odatlari tufayli ko‘pincha keragidan ortiq taom iste’mol qilishadi. Tajriba taomning har bir tishlangan bo‘lagini kamida 30 marta chaynovchi insonlarning 15 martacha chaynagan kishilarga nisbatan 12 foizga kam ovqatlanishlarini ko‘rsatdi.

Ko‘k choy iching

Parhezga dosh berolmaydiganlar uchun ozishning 10 usuli

Bir qator tadqiqotlarga ko‘ra, ko‘k choydagi kimyoviy birikmalar yog‘larning to‘yinishi va singib ketishiga turtki bo‘lar ekan.

Sut mahsulotlarini iste’mol qilishdan cho‘chimang

Parhezga dosh berolmaydiganlar uchun ozishning 10 usuli

Sut mahsulotlari kaltsiy, foydali yog‘lar va oqsilga boy hisoblanadi. Ulardan voz kechmang - ularni kundalik ratsioningizga moslab kiritishga harakat qiling.

Telefonda suhbatlashayotganda yurib gaplashing

Parhezga dosh berolmaydiganlar uchun ozishning 10 usuli

Telefon orqali suhbatlashayotgan vaqtingizda xona bo‘ylab yurishga odatlaning va shu tariqa kuniga qo‘shimcha 500 kaloriyani parchalang - bu o‘zingiz sezmagan holatda faollikni oshirish usuli.

Kamida 7 soat uxlashga harakat qiling

Parhezga dosh berolmaydiganlar uchun ozishning 10 usuli

Tunda yaxshi uxlamagan kishilar, qoidaga ko‘ra, ko‘p ovqat eyishadi. Uyqu etishmovchiligi miyaning tezkor uglevodlarga talpinish hissini oshiruvchi qismini faollashtiradi. Bundan tashqari, uyqu etishmovchiligi organizmda yog‘larning parchalanishi uchun mas’ul gormon - leptinning ishlab chiqarilishini kamaytiradi.

Do‘stlaringiz bilan mashq qiling

Parhezga dosh berolmaydiganlar uchun ozishning 10 usuli

Do‘stona jamoasi bilan mashq qilishga odatlangan odamlarda yolg‘izlikni xush ko‘ruvchilarga nisbatan ozish imkoni ko‘proq bo‘ladi. Bu jamoa bo‘lib harakat qilish barchaga birdek vazifalar va faollik darajasi belgilanishi bilan izohlanadi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar