Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.10.2016

Shifokorlar nima uchun doim telefonga talpinishimizga izoh berishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 65
Shifokorlar nima uchun doim telefonga talpinishimizga izoh berishdi

Qaerda bo‘lmaylik - ishda, ko‘chada, restoranda - bir manzaraga ko‘zimiz tushadi: odamlar telefonidan ko‘z uzolmay qolgan. Shifokorlar nima uchun doim mobil qurilmalarimizga qo‘l cho‘zishimiz va bu bilan qanday kurashish mumkinligiga izoh berishdi.

Bugungi kunda aksariyat kishilar ijtimoiy tarmoqlar yoki elektron pochtani tekshirmoqchi bo‘lib, telefonga termulish kabi muammoga to‘qnash kelmoqda. Buning boisi oddiy.

Hamma gap dofaminda! Xo‘sh, dofamin nima? Bu - rohatlanish va zavqlanish uchun javobgar neyromediator. Biz uchun yoqimli biror nima ro‘y bergan paytda miyamizda dofamin ishlab chiqariladi. Masalan, qiziqarli video yoki tasvirlarni ko‘rganimizda, bizga yo‘llangan yangi xabarlarni o‘qiganimizda o‘ylaymiz: bizni unutishmagan, biz haqimizda o‘ylashyapti. Bularning barchasi insonda zavqlanish hissini uyg‘otadi va natijada organizm dofamin ishlab chiqaradi. Bu jarayon nafaqat ruhiy, balki jismoniy hisoblanadi.

Mazkur jarayon ayniqsa bolalar miyasida tez sodir bo‘ladi, shu bois ularni telefon yo planshetni qo‘ldani qo‘yishga majburlash qiyin kechadi. Bu muammo haqida hattoki Screenagers ("Skrineyjerlar") nomli hujjatli filmi yaratilgan.

Bu odatdan qanday qutulish mumkin?

Birinchi qadam - o‘z oldingizga erishish oson bo‘lgan maqsadni qo‘yish.

Masalan, do‘stlaringiz bilan kafeda o‘tirmoqchi bo‘lsangiz, barcha telefonlarni stol markaziga qo‘ying-da, ularga tegmang. Do‘stlaringiz bilan kelishib oling: kim sabrsizlik qilib telefonini qo‘liga olsa, o‘sha inson ziyofat uchun pul to‘laydi. Yo bo‘lmasa, yana bir variant - do‘stlaringiz bilan kelishib, 10-15 daqiqa ajrating va shu vaqt ichida kimning telefon bilan bog‘liq ishlari bo‘lsa, bitirib olsin, keyin yana telefonlarni olib qo‘ying.

Telefonga tobe’lik muammosi yosh juftliklar orasida juda keng tarqalgan. Bugungi kunda yosh oilada er-xotin bir-biri bilan muloqot qilish o‘rniga mobil qurilmalariga termulib vaqt o‘tkazishadi.

Turmush o‘rtog‘ingiz bilan kelishib oling: har kuni bir-biringiz shunchaki suhbatlashish uchun telefoningizni ko‘zingiz tushmaydigan joyga olib qo‘ying. Buning uchun muayyan vaqt ajrating, masalan uyqu oldidan, ana shunda munosabatlaringizning ijobiy tomonga o‘zgarishini sezishingiz mumkin.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar