Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.10.2016

Evropadagi eng yaxshi xostellar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 65
Evropadagi eng yaxshi xostellar

Arzonchilik — har doim ham yomon sifat degani emas. Bu xostel (yotoqxona)larda muzeyga kirishingiz, yoga bilan shug‘ullanishingiz va ayvonga chiqib, go‘zal manzaradan bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Les Piaules, Parij

Les Piaules zamonaviy Belvil mavzesining o‘rtasida, ardeko uslubidagi binoda joylashgan. Uning ochilish marosimi shahar uchun og‘ir musibat, ya’ni fojiali teraktlardan keyingi paytga to‘g‘ri keldi. Biroq hozirda bir necha do‘stlar boshqaradigan xostel yoshlar uchun ideal tunab qolish maskaniga aylandi.

Generator, Venetsiya

Evropadagi eng yaxshi xostellar

Bu Generator tarmog‘idagi eng qimmat xostel sanaladi, biroq Venetsiya markazidagi mehmonxonalar bilan solishtirilganda bu qiymat juda ham hamyonbopdir. Taom va ichimliklar ham juda qimmat emas: pitstsa 5 evro, kokteyllar esa — 6 evrodan boshlanadi.

ClinkNoord, Amsterdam

Evropadagi eng yaxshi xostellar

Britaniyaning Clink Hostels tarmog‘iga qarashli birinchi xostel Shimoliy Amsterdamning yangi tumanlaridan biri bo‘lgan Overxuk­sda joylashgan. U yaqinda ish boshlagan A'Dam Tower’dan uncha uzoq bo‘lmagan erda joylashgan. Bu katta binoda doim qandaydir tadbir o‘tkaziladi.

Circus Hostel, Berlin

Evropadagi eng yaxshi xostellar

Siz o‘z muzeyi bilan maqtana oladigan yotoqxonani bilasizmi? Circus Hostel aynan shunday. Bu erda yo‘l ekskursiyasini o‘tkazadigan bepul gidlar ham faoliyat olib boradi. Shuningdek, velosiped va iPad’ni ijaraga olish mumkin. Kimki tunab qolsa, u albatta, ajoyib «shved­ stol»idan bahramand bo‘ladi. Mazkur ajoyib xostel Mitteda St Oberholz kafesining ro‘parasida joylashgan.

LaBanda Rooftop, Sevilya

Evropadagi eng yaxshi xostellar

LaBanda yotoqxonasida vaqtni ajoyib o‘tkazish mumkin: tomda go‘zal ayvon mavjud bo‘lib, tunda barcha mehmonlar birgalikda kechki ovqat tanovul qiladi va Sevilyaning kechki tarovatidan bahra oladi. Ko‘rinishidan butik-otelga o‘xshasa ham, hamyonbop hordiqni xush ko‘ruvchi sayohatchilarga mo‘ljallangan.

Soul Kitchen Junior, Sankt-Peterburg

Evropadagi eng yaxshi xostellar

Xostel Soul Kitchen Junior ortiqcha dabdabasiz chiroyli qurilgan. Dastlab, oilaviy biznes sifatida boshlangan bino neobarokko uslubida shaharning eng ko‘rkam markaziy qismida joylashgan.

Sir Toby's, Praga

Evropadagi eng yaxshi xostellar

Sayyohlarning sevimli xosteli Sir Toby's — safaringizni chinakamiga yodda qoladigan qiluvchi maskan. Xostel Goleshovitse tumanidagi eski uyda joylashgan. Bu eski shahar emas, u ba’zi madaniy musiqiy maydonlar va DOX zamonaviy san’at markaziga yaqin erda qad rostlagan.

Tattva Design, Portu

Evropadagi eng yaxshi xostellar

Tattva Design asoschilari cheklangan mablag‘ga ega sayohatchilar uchun qimmat mehmonhona loyihasini arzon xostelga o‘zgartirishdi. Bu Portudagi eng katta yotoqxona — bu erga 116ga yaqin kishi joylashishi mumkin.

Celica Hostel, Lyublyana

Evropadagi eng yaxshi xostellar

O‘n yildan ortiq davom etgan og‘ir mehnatdan so‘ng rassomlar guruhi 2001 yili deyarli hokimiyat tomonidan vayron qilingan qamoqxonani ajoyib mehmonxonaga aylantirishga muvaffaq bo‘lishdi. Loyiha ustida butun dunyo bo‘ylab 80ga yaqin rassomlar ish olib bordi. O‘z badiiy galereyasiga ega bu xostel katta kafe va restoraniga ega.

The Yellow, Rim

Evropadagi eng yaxshi xostellar

«Biz — ota-onangiz ogohlantiradigan aynan o‘sha insonlarmiz», — deyiladi Rim xosteli Yellow Hostel’ning asosiy sahifasida. Alohida xonada proektor va bin-begili minikinoteatr joylashgan, ayvonda esa yoga darslari o‘tkaziladi. Endilikda xostel rahbariyati sartaroshxona va kvestrum ochishni ham maqsad qilgan.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar