Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.10.2016

Kuzda immunitetni mustahkamlash qoidalari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 79
Kuzda immunitetni mustahkamlash qoidalari

Sovuq havoda shamollash, bronxit va angina kabi kasalliklarga chalinmaslik uchun nima qilish kerak? Organizmning himoya kuchlarini mustahkamlashga kirishing. Kuchli immunitet virus va bakteriyalardan ishonchli qalqonga aylanadi. Immunitetni mustahkamlash qoidalari haqida "Liza" nashri so‘z yuritdi.

1. To‘g‘ri ovqatlaning

Kuz mavsumida o‘zingizni qiynamasdan mashaqqatli parhezlar va ochlikdan voz keching. Organizmga zarur bo‘lgan vitaminlar, minerallar va mikroelementlarga boy me’yoriy ratsion - salomatlikning asosiy sharti.

2. Tartibga rioya qiling

Kuningizni shunday tashkil qilingki, unda ortiqcha stress va charchoqlarga o‘rin bo‘lmasin. Sog‘liqqa zarar etkazmasdan hamma narsaga ulgurishga harakat qiling, buning uchun vaqtingizni to‘g‘ri tashkillashtiring.

3. Dam oling va to‘yib uxlang

Kuzda immunitetni mustahkamlash qoidalari

To‘laqonli uyqu immunitet uchun katta ahamiyatga ega. Shuni yodda tutingki, organizmni qayta tiklash uchun eng keraklisi soat 22:00dan tungi 2:00gacha bo‘lgan vaqt hisoblanadi.

4. Sport bilan shug‘ullaning

Jismoniy harakat shamollash va anginaning oldini olishda yordam beradi. Sport sektsiyasi yoki fitnes klubga yozilishning iloji bo‘lmasa, shunchaki ertalab va kechqurun badantarbiya bilan shug‘ullaning. Oddiy mashqlar bo‘lsa-da, asosiysi - ularning muntazam bajarilishi.

5. Toza havoda sayr qiling

Kuzda immunitetni mustahkamlash qoidalari

Xiyobonda oila a’zolaringiz, do‘stlaringiz, sevimli insoningiz yoki yolg‘iz sayr qilish - dam olish va kuchga to‘lishning ajoyib usuli. Tabiat qo‘ynida sport bilan shug‘ullanishga imkon bo‘lsa, undan-da yaxshi! Shunda organizm ikki karra ko‘p kislorodga to‘yinadi.

6. Chiniqing!

Chiniqishning usullari ko‘p. Sovuq suvda yuvinish, sovuq va issiq suvni ketma-ket ustingizdan quyish, umumiy kontrast dush, salqin nam sochiqda artinish eng ma’qul usuldir. Chiniqishning aynan o‘zingizga mos keluvchi usullarini tanlang va ularni muntazam tarzda amalga oshiring.

7. Havoni namlantiring

Quruq va iliq havo burun-halqum shilliq qavatining qurib ketishiga sabab bo‘ladi, natijada virus va bakteriyalar faol ko‘paya boshlaydi. Havo namlantiruvchi qurilmani xarid qiling va muntazam ravishda xonalarni shamollating. Kunduzi havo haroratini 18-22, tungi vaqtda esa 16-20 darajada saqlash tavsiya etiladi.

8. Ko‘proq tabassum qiling!

Kuzda immunitetni mustahkamlash qoidalari

Ijobiy ruhiy holat salomatlik uchun juda muhim. U immunitetni mustahkamlash, yaxshi kayfiyat va o‘ziga bo‘lgan ishonchning ortishiga sabab bo‘ladi.

9. To‘g‘ri davolaning

To‘g‘ri davolanish kasalliklarning qaytarilmasligi uchun o‘ziga xos profilaktika hisoblanadi. Angina tez-tez bezovta qilsa, dori tanlayotganda uning nafaqat tomoqdagi og‘riqni qoldirishi, balki shamollashni bartaraf qilishi hamda qayta anginaning oldini olishiga ham e’tiborli bo‘ling.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar