Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.10.2016

Ajoyib qahva tayyorlash uchun kerakli maslahatlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 70
Ajoyib qahva tayyorlash uchun kerakli maslahatlar

Ko‘pchilik erta tongni bir piyola qaynoq qahvasiz tasavvur qila olmaydi. E’tiboringizga ushbu yoqimli va tetik qiluvchi ichimlikni yanada mazaliroq qilishga yordam beruvchi maslahatlarni havola etamiz.

1. Suv

Qahva tayyorlash uchun qaynatilgan suv va jo‘mrakdan tushayotgan suv to‘g‘ri kelmaydi. Filtrlangan yoki idish ichidagi suvni olib, uni sovuting. Sekin uni qaynatish jarayonida suv donlardan yanada ko‘proq maza oladi.

2. Qahva

Qahva donlarini qaynatishdan oldin kukun qilib olish ichimlikning ta’mi va hidini ochadi. Maydalangan qahva idishi ochiq qolsa bir haftada xushbo‘yligini yo‘qotadi. Qaysi mamlakatda etishtirilganiga qarab, qahva turli maza va xushbo‘ylikka ega. Donlar qancha kuchliroq qaynatilsa, ichimlik shuncha achchiq va kuchli bo‘ladi. Qahvaning sifatiga ham e’tibor bering.

Agarda siz bir necha qahva donlarini sotib olgan bo‘lsangiz, ularni qismlarga ajrating. Har birida siz hafta davomida qancha qahva ichsangiz shuncha don bo‘lishi kerak. Bir qismini oshxonada keramik yoki shaffof shisha idishda og‘zini mustahkam berkitgan holda saqlang. Qolganlarini paketlarga solib, sovutkichning muzxonasida saqlash kerak.

Muzlatilgan qahvalar ta’m va xushbo‘ylikni ikki oy davomida saqlab qoladi. Eslatib o‘tamiz, sovutkichning o‘zida emas, aynan muzxonasida saqlash kerak.

3. Kukun

Ajoyib qahva tayyorlash uchun kerakli maslahatlar

Agar siz qahvani turkada qilsangiz, juda ham mayda (un kabi) kukun mos keladi. Biroz kattaroq kukunlardan esa qahvamashinasida espresso tayyorlash mumkin. O‘rtacha kukun geyzerli qaynatishga yaxshi. Yo‘g‘on kukun french-pressda ishlatilinadi.

4. Turka

Ajoyib qahva tayyorlash uchun kerakli maslahatlar

Turka — qahva qaynatish uchun ideal idishcha. Uning finjon hajmidagi misli, keramik va boshqa turlari mavjud.

Tsilindrsimon, to‘g‘ri ustunli va konusga o‘xshash turlari ham bor. Konussimon turkadan foydalanish anchayin qulay. Keng chuqurlik ichimlikni tezroq qaynashiga yordam beradi, tor og‘iz esa qahva ta’mini saqlashga imkon beradi.

5. Tuz

Tuz ichimlikning mazasi va xushta’mligini oshiradi.

6. Imbir

Ajoyib qahva tayyorlash uchun kerakli maslahatlar

Qahvaga ezg‘ilangan zanjabil mos keladi. Uni turkaga suv solgunga qadar yangi ezg‘ilangan donlarga qo‘yish kerak.

7. Boshqa ziravorlar

Ajoyib qahva tayyorlash uchun kerakli maslahatlar

Zanjabildan tashqari, qaynatayotgan mahal qahvaga dolchin, qizilmiya, kardamon va qalampir qo‘shish mumkin. Ichimlikka limon bo‘lagi va apelsin suvi antiqa ta’m beradi. Barcha ziravorlar suv qo‘shilgunga qadar idishga solinishi kerak. Limonni esa tayyor qaynab chiqqan qahvaga solish mumkin.

8. Jigarrang shakar

Ajoyib qahva tayyorlash uchun kerakli maslahatlar

Shakar qahva kuchini biroz kamaytiradi. Uni qaynatayotgan mahal solgan ma’qul.

9. Tayyorlash

Ajoyib qahva tayyorlash uchun kerakli maslahatlar

100 ml suvga taxminan 8 g qahva solish kerak.

Qahva donlarini maydalang. Kukunni turkaga sepish kerak. Turkaga muzdek suv quying. Kichik olovga qo‘ying. Shoshilmang. Qaynash jarayoni qancha sekin va xotirjam bo‘lsa, ichimlik to‘liq etiladi.

Qahva ko‘tarilib chiqadigan paytni kuting va turkani olovdan oling. Uni taxminan 30 soniyaga olib turib, yana gaz pechiga qo‘ying. Suyuqlik uch marotaba ko‘tarilishi kerak. Muhimi, turkani ko‘pik ko‘tarilayotgan mahal olovdan olish zarur. Agar u qochib ketsa, xushbo‘ylik ham yo‘qoladi. Shu sababli oshxonada hech nimaga chalg‘imang.

10. Jarayon yakuni

Ajoyib qahva tayyorlash uchun kerakli maslahatlar

Plitadan qahvani uchinchi marotaba ola turib, uni bir daqiqa qo‘yib qo‘ying.

Qaynoqqina qahvani tayyorlash va undan bahra olish uchun 10 daqiqa vaqt kifoya.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar