Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.10.2016

Adabiyot yo‘nalishidagi Nobel mukofotini topshirish tarixidagi qiziqarli faktlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 88
Adabiyot yo‘nalishidagi Nobel mukofotini topshirish tarixidagi qiziqarli faktlar

13 oktyabr kuni Nobel qo‘mitasi adabiyot bo‘yicha mukofot sohibini e’lon qiladi. Nobel mukofoti ta’sis etilganidan buyon 112 nafar kishiga topshirilgan, ulardan 14 nafari - ayol kishi.

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritganlar orasida dunyoga mashhur Rabindranat Tagor (1913), Anatol Frans (1921), Bernard Shou (1925), Tomas Mann (1929), German Gesse (1946), Uilyam Folkner (1949), Ernest Xeminguey (1954), Gabriel Garsia Markes (1982) kabi mualliflar nomini qayd etish mumkin.

Adabiyot yo‘nalishidagi g‘olibning nomi e’lon qilinishi arafasida TASS agentligi mukofotning avvalgi sohiblari haqidagi qiziqarli faktlarni taqdim etdi.

1. Mukofotdan voz kechish

Adabiyot yo‘nalishidagi Nobel mukofotini topshirish tarixidagi qiziqarli faktlar

Lev Tolstoy Nobel mukofoti - bu eng avvalo, "faqatgina yomonlik olib keluvchi pul", deb hisoblagan. 1906 yilda Nobel mukofotiga yozuvchining nomzodi qo‘yilgan. Bundan xabar topgan Tolstoy o‘zining do‘sti fin tarjimoni Arvid Yarnefelt orqali shved hamkasblaridan mukofotni unga topshirmaslikni so‘ragan.

Frantsuz yozuvchisi Jan-Pol Sartr 1964 yilda mazkur mukofot sovrindori bo‘lgan, lekin uni qabul qilishdan bosh tortgan. Sartr rasmiy mukofotlarni tan olmagan va "burjua tomonidan tan olinish"ni istamagan. Mukofot ijodida asosiy e’tiborni erkinlik ruhiga qaratgan yozuvchi falsafasiga zid bo‘lgan. Shu yilning o‘zida Sartr adabiy faoliyatiga butkul nuqta qo‘ygan.

2. Eng yosh sovrindor

Adabiyot yo‘nalishidagi Nobel mukofotini topshirish tarixidagi qiziqarli faktlar

Adabiyot bo‘yicha eng yosh Nobel mukofoti sovrindori ingliz shoiri va yozuvchisi Redyard Kipling bo‘lgan. U 1907 yilda "kuzatuvchanlik, yorqin tasavvur, g‘oyalar etukligi va buyuk iste’dodi uchun" ushbu nufuzli mukofotga munosib ko‘rilgan. Mashhur Maugli haqidagi asar muallifi 42 yoshida mukofotni qo‘lga kiritgan. Bunga qadar Kipling 4 roman, 13 tom hikoya, 3 tom bolalar hikoyalari, shuningdek bir qator she’rlar va safar eslatmalarini yozishga ulgurgan.

3. Mukofot pulidan voz kechish

Adabiyot yo‘nalishidagi Nobel mukofotini topshirish tarixidagi qiziqarli faktlar

Irlandiyalik dramaturg Bernard Shou 1926 yilda o‘zining Nobel mukofotini hazillashib "bu yil hech narsa chop etmay, dunyoga engillik baxsh etganim uchun minnatdorchilik belgisi", deb ataydi va mukofot pulidan voz kechadi. Shou uni "qirg‘oqqa muvaffaqiyatli etib olgan suzuvchiga tashlangan qutqaruv doirasi"ga qiyoslaydi hamda mukofot pulini shved adabiyotining ingliz tiliga tarjima qilinishiga sarflashni so‘raydi. So‘zining yakunida Shou shunday deydi: "Alfred Nobelni dinamitni ixtiro qilgani uchun kechirish mumkin, lekin faqat insoniyat dushmanigina Nobel mukofotini kashf qila oladi!"

4. Eng keksa sovrindor

Adabiyot yo‘nalishidagi Nobel mukofotini topshirish tarixidagi qiziqarli faktlar

Ingliz fantast yozvchisi Doris Lessing 2007 yilda mukofotni qo‘lga kiritganida 88 yoshda bo‘lgan, u Nobel tarixidagi eng keksa mukofot sohibi hioblanadi.

Uning eng mashhur romanlaridan biri - "Oltin kundalik" (The Golden Notebook, 1962 yil) - feministik adabiyot klassikasi, deya tan olinadi. Yozuvchining so‘nggi ijod namunalari orasida eng muhimlari - "Beshinchi farzand" (The Fifth Child, 1988 yil) va "Ben odamlar orasida" (Ben, in the World, 2000 yil). Intervyulardan birida Doris Lessing uning ijodi bilan tanishuvni aynan shu kitoblardan boshlashni tavsiya qiladi. Shuningdek yozuvchi ko‘plab hikoyalar, publitsistik maqolalar va Angliya teatrlarida sahnalashtirilgan qissalar muallifidir.



Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar