Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.10.2016

Birinchi evropaliklar Xitoyga qachon kirib kelgan?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 43
Birinchi evropaliklar Xitoyga qachon kirib kelgan?

Xitoylik olimlar ilk evropaliklar mamlakatga Marko Polodan 1,5 ming yil avval kelishgani hamda Terrakota armiyasi qurilishida ishtirok etishganini taxmin qilishmoqda. Bu haqida Britaniyaning The Independent nashri ma’lum qildi.

Olimlar Xitoyni yagona davlat sifatida birlashtirgan birinchi imperator Tsin Shixuandining qabri atrofida olib borilgan qazilma ishlari davomida qo‘lga kiritilgan arxeologik va genetik ma’lumotlarni tahlil qilib, yuqoridagi xulosaga kelishdi.

Tadqiqotchilar kelib chiqishi Evropadan bo‘lgan ko‘plab artefaktlarni topishgan, xususan, hozirda unutilib ketgan texnologiya asosida tayyorlangan qushlarning bronza shakllari shular jumlasidandir. Mitroxondrial DNK tahlili evropaliklarning Tsin Shixuandi hukmronligi davrida Xitoy hududida bo‘lganini ko‘rsatgan.

Manbaga ko‘ra, bu eramizdan avvalgi IV asrda Iskandar Zulqarnaynning yurishlaridan keyin Hindiston hududiga kirib borgan yunonlar bo‘lishi mumkin.

"O‘ylashimizcha, Terrakota armiyasi, akrobatlar va qazilma olib borilgan joyda topilgan bronza haykallar qadimiy yunon haykaltaroshligi hamda san’at asarlari namunalari asosida qurilgan", - deya ta’kidlaydi arxeolog Xuan Syuchjen.

Terrakota armiyasi 8 mingdan ortiq xitoy jangchisi va otlarning to‘liq hajmli haykallaridan iborat majmuadir. Haykallar majmuasi Tsin sulolasining birinchi imperatori Tsin Shixuandining qabri yonida joylashgan.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar