Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.10.2016

Yilning eng muhim dizayn kashfiyotlari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 66
Yilning eng muhim dizayn kashfiyotlari

Qachonlardir dizaynerlarning oddiy prototipi va g‘oyasi bo‘lgan qulay, har tomonlama foydali buyumlar bugungi kunda bizlarga xo‘jalik ishlarida, kundalik hayotda asqatmoqda.

Joriy yil dizayn sohasida eng yaxshilari deb topilgan loyihalar bilan tanishing.


Oshxona uchun voronka-konteyneri

Suyuq va quyma mahsulotlar uchun voronka va konteyner — avvalroq, yaralishi kerak bo‘lgan juda ham kerakli buyum.


Chiqindilarsiz qahvaqaynatgich

Yilning eng muhim dizayn kashfiyotlari

Auroma One loyihasi qahva qaynatib, chiqindi qoldirmaydigan shaxsiy qahvaqaynatgichdir.


Namlantiruvchi chashka

Yilning eng muhim dizayn kashfiyotlari

Air namlantiruvchi qurilmasi qahva finjoni dizaynida yaratilgan gadjetdir. Devays bug‘ chiqarib, havoni namlantiradi va qaynoq ichimlikning bor taftini o‘zida mujassam qiladi.


Avtomobil elektrozapravkasi

Yilning eng muhim dizayn kashfiyotlari

Xitoylik dizaynerlarning bu turdagi elektr ustuni datchiklar tizimi va bosim barqarorlashtirgich bilan jihozlangan bo‘lib, u bir necha soat ichida elektromobilni noldan boshlab to‘liq quvvat olishiga imkon beradi.


Karnay-mahluqlar

Yilning eng muhim dizayn kashfiyotlari

Dinamik karnaylar to‘plamida Wi-Fi signali orqali birga yoki alohida musiqa yangrashi mumkin.


Qandli diabetlar uchun bilaguzuk

Yilning eng muhim dizayn kashfiyotlari

Circle of Life aqlli bilaguzugi qandli diabetga chalinganlar uchun mo‘ljallangan. U qondagi shakar miqdorini nazorat qiladi va engilgina insulin quyishga ham yordam beradi.


Sanoat alpinistlari uchun lift

Yilning eng muhim dizayn kashfiyotlari

Portativ lift sanoat alpinistlariga oson va tezda ko‘tarilish imkonini beradi.


Bolalar uchun Cubetto o‘yini

Yilning eng muhim dizayn kashfiyotlari

Uch yoshdan oshgan bolalar uchun o‘yin oddiy interfeysga ega bo‘lib, undan bir necha turda foydalanish mumkin. Bunday yondashuv bolaning fikrlash doirasini maksimal darajada rivojdantirishga yordam beradi.


Ko‘cha to‘sig‘i-o‘rindiq

Yilning eng muhim dizayn kashfiyotlari

Kanadalik dizaynerlar ko‘cha to‘siqlari uchun o‘z g‘oyalarini taqdim etishdi. Ular nafaqat xavfli hududni chegaralaydi, balki qulay o‘rindiq vazifasini ham bajaradi.


Muz eritish uchun paketlar

Yilning eng muhim dizayn kashfiyotlari

Bunday o‘ram grafit o‘tkazuvchi bilan to‘ldirilgan — u qimmatli vaqtni ayab, mahsulotlarni bir zumda eritishga imkon beradi.


Choy to‘plami

Yilning eng muhim dizayn kashfiyotlari

Budda ibodatxonalaridan ilhomlanib yaratilgan bu to‘plam nafaqat choy marosimi uchun, balki ko‘plab imkoniyatlar, jumladan, sushi tayyorlash uchun ham yordam beradi.


EDAG Light 3D avtomobili

Yilning eng muhim dizayn kashfiyotlari

Bionik skelet va panelli engil avtomobil 3D printerda chiqarilgan bo‘lib, u joriy yilning eng yorqin dizayniga aylandi.


Sanoat gaz niqoblari

Yilning eng muhim dizayn kashfiyotlari

Espire reimagines sanoat gaz niqoblari asosan, ustalar, quruvchilar va zararli tutun bilan ishlaydiganlar uchun mo‘ljallangan.


Haydovchisiz avtomobil saloni

Yilning eng muhim dizayn kashfiyotlari

F 015 Luxury In Motion Mercedes-Benz'ning kelajak avtomobili sanaladi.


Response tibbiyot monitori

Yilning eng muhim dizayn kashfiyotlari

Response tibbiyot monitori mobil dastur va bir necha datchiklar yordamida ishlaydi. Bu esa uydan chiqmasdan to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tishga yordam beradi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar