Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

11.10.2016

Toshkentdan Barselonaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 40
Toshkentdan Barselonaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK kelasi yildan Ispaniyaning Barselona shahriga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, aviakompaniyaning turizm bo‘limi rahbari Rustam Qo‘rg‘onboevga asoslangan holda Podrobno.uz. sayti yozmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Evropa bo‘ylab sayr uyushtirishni xohlayotgan o‘zbekistonlik sayyohlar soni yildan-yilga ortmoqda. Shu boisdan ham, yangi yo‘nalishlar ustida izlanishlar olib borayotgan aviakompaniya rejalari orasida Barselona shahri ham bor.

Qo‘rg‘onboevning aytishicha, Evropa o‘zbekistonliklar orasida ommalashib borayapti. Germaniya, Frantsiya va Italiya kabi mamlakatlardan tashqari Ispaniya safarlari ham tobora qiziqish uyg‘otmoqda. Shu bilan birga, Janubi-sharqiy Osiyo, Turkiya, Rossiya va Hindiston o‘zbekistonliklarning asosiy dam olish maskanlari bo‘lib qolayapti.

Oktyabr oyida MAK ikkinchi Boeing 787-8 Dreamliner havo laynerini qabul qilib oladi. U qit’alararo parvozlarni uzluksiz amalga oshirish salohiyatiga ega. Parvoz tezligining yuqoriligi sabab Toshkentdan Moskvaga 10 daqiqa tezroq etib borish mumkin. London va Parijga uchayotganlar odatdagidan 20-30 daqiqa vaqtliroq etib borishadi.

Bo‘lim boshlig‘ining ma’lum qilishicha, 2016 yil birinchi yarim yilligi natijalariga ko‘ra, «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK 1,176 mln yo‘lovchining uzog‘ini yaqin qilgan.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar