Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

10.10.2016

Yumshoq robotlar bosh va bo‘yin saratonini davolashda yordam beradi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 56
Yumshoq robotlar bosh va bo‘yin saratonini davolashda yordam beradi

Texaslik olimlar bosh va bo‘yin saratoni o‘simtalarini nur yordamida davolashga mo‘ljallangan yumshoq robot texnika tizimi natijalarini taqdim qilishdi. Shifokorlar uning yordamida bemorning xabis hujayralariga nur orqali ishonchli ta’sir ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lishadi. Mazkur tadqiqotga bag‘ishlangan maqola arXiv.org saytida chop etildi.

Manbaga ko‘ra, 2014 yilda AQShdagi 1,6 milliondan ortiq bemorda tomoq va og‘iz bo‘shlig‘i saratoni rivojlanib, bu 580 ming o‘lim holatiga olib kelgan. Bugungi kunda bunday kasalliklar IMRT yordamida davolanadi, tana a’zolariga ziyon etkazmay, o‘simtalarni yo‘q qilishga imkon beradi. IMRT o‘tkazish uchun bemor muayyan holatda bo‘lishi talab qilinadi, biroq har doim ham buning iloji bo‘lavermaydi.

Yumshoq robotlar bosh va bo‘yin saratonini davolashda yordam beradi

Shu muammoning echimini topish uchun olimlar maxsus yumshoq robotlar ishlab chiqarishdi. Ular suyuqlik bilan to‘ldirilgan kamerali deformatsiyalashgan polimer korpuslardan iborat. Robotlar engil, mustahkam va deformatsiyalanuvchi poliester hamda polivinilxloriddan tayyorlangan. Qurilmani kameradagi suyuqlik miqdorini nazorat qilish orqali boshqarish mumkin.

Olimlar tizimni sinovdan o‘tkazish davomida boshning holati hamda uning harakat tezligini aniqlash uchun Kinect Xbox 360 kamerasidan foydalanishdi.

Tadqiqotchilarning bundan keyingi vazifasi bemor holatining aniqligini oshirish hamda yuqori aniqlikdagi 3D-lazerlari yordamida bosh va bo‘yin o‘simtasini davolashda samaradorlikni oshirishdan iborat bo‘ladi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar