Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

10.10.2016

Allergiyadan qanday xalos bo‘lish mumkin?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 72
Allergiyadan qanday xalos bo‘lish mumkin?

Insonning immun tizimi allergenlar hujumiga yo‘liqqan hamda ifloslangan atrof-muhitdan zaiflashgan bir paytda allergiyadan butkul xalos bo‘lish qiyin, lekin chin dildan kirishsangiz, buning uddasidan chiqishingiz mumkin.

Allergiyadan qutulish uchun, eng avvalo, uning kelib chiqish sabablarini aniqlash lozim. "Komsomolskaya pravda" hamda "Happy lady" nashrlarida shu mavzuda berilgan maqolalarni o‘rganib chiqib, ularni siz bilan bo‘lishishga qaror qildik.

Allergolog-shifokorlar burun bitishi va yoshlanuvchi ko‘zlardan xalos bo‘lishda yordam beruvchi oddiy qoidalarga rioya qilishni tavsiya qilishadi.

1. Uyquga ketishdan avval dush qabul qiling. Terak pari, o‘simliklar changi va shu kabilar sochlaringiz yoki teringizga "o‘tirib qolishi" mumkin. Shu bois uyqu oldidan poklanishni unutmang.

Allergiyadan qanday xalos bo‘lish mumkin?

2. O‘zingizni qo‘lga oling. Ehtimol, kimgadir bu usul g‘alati tuyular, lekin Nyu-York tibbiyot markazida o‘tkazilgan tadqiqotlardan biri stressga yo‘liqqan yoki tushkunlikka tushgan kishilarning allergiyadan ko‘proq aziyat chekishini ko‘rsatgan. Zero stress immunitetni pasaytiradi. Shu bois ko‘nglingizda birovlarga gina-alam saqlamay, bunday vaziyatlarga oqilona yondashing. Salbiy his-tuyg‘ularni dilida saqlovchi kishilar, birinchi navbatda, o‘zlariga ziyon etishini yodda tutishsin!

3. Burningizni tozalang. Bir kecha-kunduzda burnimizdan 17 ming litr havo o‘tar ekan! Tasavvur qilib ko‘ring-a, qanchadan-qancha zararli cho‘kmalarning mikrozarrachalari yuqori nafas olish yo‘llarining shilliq pardalariga kelib tushadi! Shuning uchun hattoki burun bitishidan nolimasangiz-da, har kuni burunni yuvib turish juda foydali ekanini unutmang. Buni oddiy suvda yoki dengiz suvi va minerallari bo‘lgan spreyda amalga oshirish mumkin.

4. Choyshablaringizni qaynating. Choyshab va yostiq jildlarini har ikki haftada qaynoq suvda yuvish kerak. 30-40 darajali haroratdagi suvda yuvish choyshabdagi zararkunandalarni o‘ldira olmaydi, ular esa o‘simliklar changi va mog‘or zamburug‘lar bilan bir qatorda eng keng tarqalgan allergenlar uchligiga kiradi.

Allergiyadan qanday xalos bo‘lish mumkin?

5. Uyni to‘g‘ri tozalang. Uylarni namlantirib tozalash, shubhasiz foydali. Biroq uy yig‘ishtirishda nafaqat chelak va latta, balki gilamlar hamda yumshoq mebellarni tozalash uchun chang yutgich bilan ham qurollanish lozim.

6. Akupunkturani (igna bilan davolash) sinab ko‘ring. Michigan immunologiya markazining so‘nggi tadqiqotlari mavsumiy bronxial astma xurujlarini davolashda sharq tabobati juda yaxshi natija berishini ko‘rsatdi. Biroq bu borada haqiqiy bilimli va tajribali mutaxassisni topish muhim.

7. Xona haddan ziyod nam bo‘lgan paytlarda havoni qurituvchi vositalardan foydalaning, buning aksi bo‘lgan taqdirda esa (ya’ni havo haddan tashqari quruq bo‘lsa) - havoni namlantiring. Ortiqcha namlik ham haddan ziyod quruqlik kabi allergiya xurujini qo‘zg‘atadi. Uy ichidagi havo namligini bilish uchun oddiy maishiy gigrometr (havodagi namlikni o‘lchaydigan asbob) xarid qilish mumkin. Gigrometrdagi 40-65 foiz ko‘rsatkich me’yoriy hisoblanadi.

8. Taomnomangizni tartibga keltiring. Allergiyadan qutulish uchun tarkibida sun’iy bo‘yoqlar yoki konservantlar bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini taomnomangizdan olib tashlang. Zero ulardagi kimyoviy birikmalar allergiya qo‘zg‘atuvchilari hisoblanadi, shuningdek bunday mahsulotlar immun tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Allergiyadan qanday xalos bo‘lish mumkin?

9. Allergiyaga qarshi dorilarni faqatgina shifokor maslahati bilan iste’mol qilgan ma’qul. Bunday dori vositalari allergiyani vaqtinchalik yo‘q qiladi, uning sababi esa qolaveradi. Shu bois allergiyaga qarshi tizimli kurashish lozim.

10. Kasalliklaringizni oxirgacha davolang. Yallig‘lanish va infektsion kasalliklarga e’tiborli bo‘ling. Surunkali infektsiya o‘choqlariga diqqat qiling, zero karies yoki tonzillit kabi kasalliklarni davolamay turib, allergiyadan to‘liq qutulishning iloji yo‘q. Shuningdek oshqozon-ichak kasalliklari hamda gijjlarga o‘z vaqtida e’tibor qaratilsa, allergiyani davolash sari katta qadam qo‘ygan bo‘lasiz.

11. Sog‘lom turmush tarziga rioya qiling. Har kuni imkon qadar ochiq havoda me’yorida sport bilan shug‘ullaning, sovuqroq suvda cho‘miling (faqat shamollab qolmang), zero mutaxassis ma’lumotlariga ko‘ra, sovuq suv bilan yuvinganda immunitet mustahkamlanadi, insonning ruhiy-hissiy holati yaxshilanadi - bu esa allergiyani davolashda juda muhim omil.

Allergiyadan qanday xalos bo‘lish mumkin?


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar