Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

09.10.2016

Fotojamlanma: So‘nggi imperatorlar shahri

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 112
Fotojamlanma: So‘nggi imperatorlar shahri

1870 yilning may oyida 29 yoshli ingliz muhandisi Tomas Chaylds Xitoy hukumati taklifi bilan Pekinga tashrif buyurdi. Sin imperiyasi poytaxtidagi Evropa mustamlakasi taxminan 100 nafar kishidan iborat edi. Chaylds turmush o‘rtog‘i va 3 nafar farzandini Britaniyada qoldirib, fotokamera bilan Pekinga keladi. So‘nggi 20 yil davomida u Xitoyning Viktoriya davri qiyofasi aks etgan 200 tacha suratni muhrlaydi. Quyida Chayldsning suratlaridan iborat fotojamlanma taqdim etiladi.

Xitoy amaldori, harbiy va siyosiy arbobi Tszen Gofan Tszen Tszifenning qizi turmush o‘rtog‘i - Chjetszyan provintsiyasining bo‘lajak gubernatori Ne Tsziguy bilan kelinlik libosida. Chaylds Xitoy xalqining kelinlik libosiga quyidagicha ta’rif bergan: "Xitoyda to‘y libosi qizil rangda bo‘ladi. Kelin tilla bilan ishlov berilgan qizil rangdagi satin libos kiygan, uning qizil va tilla rangdagi bosh kiyimi marvaridlar bilan bezatilgan".

Fotojamlanma: So‘nggi imperatorlar shahri

Buyuk Xitoy devorining Tszyuyyunguan hududi. Chaylds yashagan davrda devor yonidagi o‘rmon yovlarning sezdirmay bostirib kelmasligi uchun butkul yo‘q qilingan. Hozirda devor yonida yana daraxtlar qad ko‘targan.

Fotojamlanma: So‘nggi imperatorlar shahri

An’anaga ko‘ra, kelinni olib yuriladigan to‘y taxtiravoni.

Fotojamlanma: So‘nggi imperatorlar shahri

Pekin atrofidagi "O‘n uch Min qabristoni"ga eltuvchi "Muqaddas yo‘l" (shendao). Ushbu yo‘l insonlar va hayvonlarning tosh haykallari bilan bezatilgan. Bu erda jami 36 haykal bor.

Fotojamlanma: So‘nggi imperatorlar shahri

Ikki ibodatxona. Chap tomondagisi Chayldsning yozishmalarida Syanshan parkidagi Lyuli ibodatxonasi, deya qayd etilgan, lekin bu xato ma’lumot – aslida suratda bizgacha etib kelmagan Yuanmin’yuan saroy-parki majmuasining Faxuey ibodatxonasi binosi. O‘ng tomondagisi esa XII asrda bunyod etilgan Pekindagi eng qadimiy inshootlardan biri - Tyannin ibodatxonasi binosi.

Fotojamlanma: So‘nggi imperatorlar shahri

Yuydaytsyao — XVIII asrda imperatorning sobiq Yozgi saroyi hududida qurilgan ko‘prik. U Kunminxu ko‘lining g‘arbiy sohilida joylashgan. Ko‘prik-ravoq (arka) ostidan imperator qayig‘i o‘tgan.

Fotojamlanma: So‘nggi imperatorlar shahri

Mo‘g‘ul Lamasi va uning shogirdi Pekinda. Ularning qo‘llarida sutra va tasbehlar, stolda esa – muqaddas haykalchalar.

Fotojamlanma: So‘nggi imperatorlar shahri

XV asrda Min sulolasi davrida qurilgan Qadimgi Pekin rasadxonasining armillyar sohasi. Bu suratdan 30 yil o‘tib, rasadxonani ixetuanlar qo‘zg‘alonini ("Boksyorlar isyoni") bostirayotgan Evropa mamlakatlari qo‘shinlari qisman talon-taroj qilishgan. Keyinchalik o‘g‘irlangan barcha buyumlar Xitoyga qaytarilgan.

Fotojamlanma: So‘nggi imperatorlar shahri

Xitoy Buyuk kanalining Pekin hududi. Qurilishiga 2 ming yil sarflangan bu ulkan gidrotexnik inshoot Xitoyning shimol va janubini birlashtirgan.

Fotojamlanma: So‘nggi imperatorlar shahri

Buyuk Xitoy devoriga kiraverishda.

Fotojamlanma: So‘nggi imperatorlar shahri

Yuanmin’yuandagi ark XVIII asrning boshlarida imperator Kansi tomonidan barpo etilgan. Ushbu ulkan bog‘-xiyobon majmuasi barokko hamda an’anaviy Xitoy me’morchiligi uslubini o‘zida mujassam qilgan. Saroy 1860 yilda (Chaylds suratga olishidan 10 yil avval) ingliz va frantsuz harbiylari tomonidan vayron qilinib, talon-taroj qilingan.

Fotojamlanma: So‘nggi imperatorlar shahri

Imperatorning Yozgi saroyi ansambli tarkibidagi 150 metrli 17 ravoqli ko‘prik (Shitsikuntsyao). Old tarafda - Ixeyuan xiyoboni ramzlaridan biri hisoblangan mashhur Bronza buqa.

Fotojamlanma: So‘nggi imperatorlar shahri

Tszunli yamen —Tsin imperiyasining tashqi ishlar vazirligi. 1861 yilda Xitoyning Ikkinchi Afyun urishidagi mag‘lubiyatidan so‘ng shahzoda Gun tomonidan asos solingan.

Fotojamlanma: So‘nggi imperatorlar shahri

Buyuk ipak yo‘lidan kelgan karvon. Pekinga ko‘mir va ohak tashishda va Mo‘g‘uliston bilan savdo aloqalarini yuritishda ikki o‘rkachli Baqtriya tuyalaridan foydalanilgan.

Fotojamlanma: So‘nggi imperatorlar shahri

Budda rohibi. Chayldsning so‘zlariga ko‘ra, bu muqaddas xizmatchi u Pekinda ko‘rgan “eng semiz va yaxshi kiyingan kishilardan biri” bo‘lgan.

Fotojamlanma: So‘nggi imperatorlar shahri

Pekindagi tamaki do‘koni.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar