Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

08.10.2016

Ota va qizning insonga o‘rnak bo‘luvchi 39ta xayrli ishi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 113
Ota va qizning insonga o‘rnak bo‘luvchi 39ta xayrli ishi

Bir kuni Li Bek (Lee Beck) va uning qizi Ameli (Amélie) o‘z tug‘ilgan kunini o‘zgacha tarzda nishonlashga qaror qilishdi.

Shovqin-suronli aylanishlar va bolalar bayrami o‘rniga ular bu yilni yanada ajoyibroq va shu bilan birga juda ham ta’sirli nishonlashga harakat qilishdi.

Yil davomida ular birga 39ta xayrli ishlarni amalga oshirishdi. Nega aynan bunday g‘alati raqam? Sababi, ularning joriy yilda yoshi birgalikda aynan shunday bo‘ladi: Li — 32, qizi esa — 7 yosh.

Ota va qizning insonga o‘rnak bo‘luvchi 39ta xayrli ishi

Mazkur aktsiya yordamida Li va Ameli o‘zining ona shahri Oksford (Buyuk Britaniya)dagi turli insonlarga yordam berish yoki shunchaki "rahmat" aytishni istashdi.

Quyida bu ajoyib ota-bolaning ezgu ishlaridan ayrimlari bilan tanishing:



Politsiya xodimlari va o‘t o‘chiruvchilarga shokoladlar keltirishdi



Ulardan keyin kir yuvish xonasiga tashrif buyuruvchilarga pul va xat qoldirishdi



Mahalliy bolalar kutubxonasiga kitoblar berishdi



Atrofdagilarga «Omad!» so‘zi yozilgan lotoreya chiptalarini tarqatishdi



Bog‘dagi chiqindilarni terishdi

Ota va qizning insonga o‘rnak bo‘luvchi 39ta xayrli ishi



Atrof-muhitni himoya qilish jamg‘armasiga ehson qilishdi



Muhtojlarga eski kiyimlarni tarqatishdi



Ameli maktabga chiroyli qalamlar olib keldi va ularni sinfdoshlariga tarqatdi



O‘nlab sovun pufakli o‘ramlarni tarqatishdi



Bog‘da bolalar topib o‘ynashi uchun dinozavrli o‘yinchoqlarni berkitib chiqishdi



Avtomatga noma’lum inson uchun shokolad bilan pul qoldirib ketishdi

Ota va qizning insonga o‘rnak bo‘luvchi 39ta xayrli ishi

Qog‘ozdagi yozuv: «Bepul shokolad! Mehribonchilikning ushbu tasodifiy hodisasidan rohatlaning. Balki, siz ham kimdir uchun qandaydir yoqimli ishni amalga oshirarsiz? Uchrashguncha!»

Har birining eng sevimli xayrli ishi bor edi. Ameliga, masalan, insonlar suvga otib, niyatlar tilashi uchun tanga qoldirish g‘oyasi juda yoqdi.

Ota va qizning insonga o‘rnak bo‘luvchi 39ta xayrli ishi

Yozuv: «Bepul tilak! Iltimos, tangani oling».

Li uchun eng yoqimli va muhim ish qachonlardir shifokorlar va hamshiralar uning buvisiga g‘amxo‘rlik qilgan erga tashrif buyurish bo‘ldi. Qizi bilan birga shifoxona bog‘i uchun chiroyli o‘simlik sovg‘a qilishdi.

Ota va qizning insonga o‘rnak bo‘luvchi 39ta xayrli ishi

Li va uning qizi kelajakda bu tajribani qaytarishga qaror qildi, biroq endi ular yanada mo‘jizaliroq bo‘lishi uchun bu ishlarni o‘zaro amalga oshirish istagida.

Ularning insonni ta’sirlantiruvchi 39ta esgu ishlar haqidagi videohisobotini tomsha qiling va siz ham mana shunday xayrli ishlardan o‘rnak oling.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar