Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

08.10.2016

Qatar Airways aviakompaniyasi Boeing’dan 40 ta samolyot sotib oladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 40
Qatar Airways aviakompaniyasi Boeing’dan 40 ta samolyot sotib oladi

Qatar Airways aviakompaniyasi 7 oktyabr kuni Boeing korporatsiyasidan umumiy qiymati 11,7 mlrd dollar bo‘lgan 40 ta yo‘lovchi samolyotini sotib olish qarori haqida ma’lum qildi. Bundan tashqari, yana 60 ta samolyot xarid qilishni ham rejalashtirgan. Bu haqda 7 oktyabrda Vashingtonda o‘tgan matbuot anjumanida aviakompaniya rahbari Akbar al-Baker ma’lum qilgan.

"Bizda aksari uzoq masofaga mo‘ljallangan parvozlarimizni amalga oshirish uchun Boeing korporatsiyasining keng fyuzelyajli samolyotlari bor va ular ichki flotimizning yarmini tashkil etadi", - dedi al-Baker. Uning ma’lum qilishicha, Qatar Airways ixtiyorida 190 ta samolyot mavjud.

Shartnoma shartlariga muvofiq, havo kemasi ishlab chiqaruvchi 290 yo‘lovchi sig‘dira oladigan 30 ta Boeing 787 Dreamliner va 396 yo‘lovchi ketadigan 10 ta Boeing 777-300ER samolyotlarini etkazib berishi kerak bo‘ladi. Ularning har ikkisi ham keng fyuzelyajli samolyotlar hisoblanadi. Bundan tashqari, Qatar Airways rahbariyati har biri 200 yo‘lovchiga mo‘ljallangan 737-8MAX samolyot modelini sotib olish istagi bildirilgan maktub imzoladi. Ushbu 60 ta havo kemasining umumiy narxi 6,9 mlrd dollar, deya baholangan.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar