Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.10.2016

Texnologiyalar insoniyatni ishsiz qoldirishi mumkinmi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 53
Texnologiyalar insoniyatni ishsiz qoldirishi mumkinmi?

Robotlar butun dunyo bo‘ylab o‘nlab yoki yuzlab million malakali kishilarni ishsiz qoldirishi mumkinligi haqidagi bashoratlar bugungi kunda hech kimni ajablantirmaydi. Biroq "Robotlar kelmoqda" kitobi muallifi Martin Fordga ishonadigan bo‘lsak, kelajakda ko‘plab rahbarlar va oliy ma’lumotli mutaxassislar ham ishsiz qolishi mumkin. Harvard Businnes Review nashri Fordning ushbu kitobidagi "Oq yoqalar tahdid ostida" bobidan parcha keltiradi.

"2009 yilning 11 oktyabrida Los Angeles Angels jamoasi Boston Red Sox'ni Amerika ligasining pley-offida mag‘lubiyatga uchratdi va bu bilan Jahon tasnifida New York Yankees bilan liga chempioni nomi uchun kurashish huquqini qo‘lga kiritdi. Angels uchun bu g‘alaba alohida ahamiyatga ega edi: o‘yinga atigi 6 oy qolganida jamoaning eng umidli o‘yinchilaridan biri Nik Adenxart YTHda halok bo‘ldi, bunga sarxush haydovchi sababchi bo‘ldi... "

Yuqorida keltirilgan matn - texnologiyaning yuksak yutug‘i: gap uning yaxshi o‘qilishida yoki unda grammatik xatolar yo‘qligida emas; shunchaki uning muallifi - inson emas, kompyuter dasturi ekanligida. StatsMonkey nomli bu dasturni Shimoli-G‘arbiy universitet qoshidagi Intellektual axborot labaratoriyasining o‘qituvchi va talabalari yaratishgan. StatsMonkey sport haqidagi materiallarni muayyan bir o‘yin haqidagi ob’ektiv ma’lumotlarni o‘quvchini qiziqtira oluvchi maqolaga aylantirib yozish jarayonini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Tizim imkoniyatlari oddiy dalillarni sanab o‘tish doirasidan ancha yuqori; u hodisalarni sport jurnalistlariga xos bo‘lgan chizgilar bilan tasvirlaydi.

Texnologiyalar insoniyatni ishsiz qoldirishi mumkinmi?

Narrative Science texnologiyasi eng yirik ommaviy axborot vositalari, jumladan Forbes tomonidan turli (sport, biznes, siyosat) mavzudagi maqolalarni yozishda qo‘llaniladi. Kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot taxminan har 30 soniyada yangiliklar tayyorlaydi; ularning aksariyati mashhur saytlarda chop etiladi, saytlar esa, o‘z o‘rnida mazkur servis xizmatlaridan foydalanishlarini sir tutishga urinishadi.

2011 yilda soha anjumani chog‘ida Wired muxbiri Stiven Levi Narrative Science asoschilaridan biri Kristian Xemmonddan yaqin 15 yilda dastur algoritmlari yordamida yozilgan yangiliklar ulushi qanday bo‘lishi haqida savol beradi. Xemmond bu savolga "90 foizdan ortiq", degan javobni oladi.

Narrative Science texnologiyasining rejalari yangiliklar sohasi bilangina cheklanib qolmay, uzoqni ko‘zlaydi. Quill - matnlarni yozish va tahlil qilish, yuqori sifatli hisobotlar tuzish uchun universal platforma bo‘lib xizmat qiladi. Quill tizimi turli manbalardan ma’lumotlar to‘plash bilan ish boshlaydi. Shundan so‘ng tizim olingan ma’lumotlardan eng muhim va qiziq dalillarni tanlab, ularni tahlil qiladi. Nihoyat, bu ma’lumotlardan mazmunan bog‘liq matn tuziladi - bu jarayonlarning barchasi inson aralashuvisiz amalga oshadi.

Quill misolida ilgari oliy ma’lumotli yuqori malakali mutaxassislargina uddalagan vazifani bugungi kunda avtomatlashtirilgan texnologiya bajarishiga guvoh bo‘lish mumkin. Bundan tashqari, aqliy mehnat bilan bog‘liq kasblarning avtomatlashtirilishi uchun birgina dasturiy ta’minot kerakligi bu kasb egalarining kelajakdagi faoliyatini shubha ostiga qo‘yadi.

Texnologiyalar insoniyatni ishsiz qoldirishi mumkinmi?

Ma’lum bir kishilar haqida to‘planayotgan ma’lumotlar hajmi tasavvurni hayratga soladi. Ba’zi kompaniyalar har bir xodimining qaysi klavishni bosishini ham nazorat qiladi. Elektron pochta xabarlari, telefondagi suhbatlar shifrlari, qidiruv so‘rovnomalari, ma’lumotlar bazasiga murojaat qilish, fayllarga kirish - bularning barchasini to‘plab, tahlil qilish kerak. Bu ishlarning maqsadi - boshqaruv samaradorligini oshirish va xodimlarning ishini baholashdan iborat. Biroq ba’zan bu ma’lumotlardan boshqa maqsadlarda ham foydalanish mumkin: masalan, bajarilayotgan ishning katta qismini avtomatlashtiruvchi dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda.

Manbaga ko‘ra, kelajakda aksariyat tashkilotlar tuzilmasi soddalashtiradi. Bo‘lim boshlig‘i kabi lavozimlarga ehtiyoj bo‘lmaydi, malakali tahlilchilarga ajratiluvchi ishchi o‘rinlar esa butkul yo‘q bo‘ladi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar