Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.10.2016

Dunyoning eng qimmat 100 brendi nomlari e’lon qilindi (axborot grafikasi)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 73
Dunyoning eng qimmat 100 brendi nomlari e’lon qilindi (axborot grafikasi)

Dunyoning eng qimmat 100 brendi reytingi har yili yangilanadi, bu yil ham ro‘yxat cho‘qqisidan texno-gigantlar o‘rin oldi. Bu haqida interbrand.com'da ma’lum qildi.

Apple, Google va Coca-Cola brendlari to‘rtinchi yil ketma-ket dunyoning eng qimmat brendlari nomiga sazovor bo‘lishdi.

Manbaga ko‘ra, bir yil ichida Apple brendining bahosi 5 foizga o‘sgan - 179,1 milliard dollar.

Google ham 11 foizga qimmatlashgan, uning joriy yildagi narxi 133,3 milliard dollarni tashkil qildi.

Etakchilar uchligiga yakun yasovchi Coca-Cola o‘tgan yilga nisbatan 7 foizga arzonlashgan - 73,1 milliard dollar.

Brendlar orasida eng katta farq bilan oldinga ildamlagan Facebook bir yilda 48 foizga qimmatlashgan va 15 o‘rindan joy olgan.

Shuningdek eng qimmat brendlar o‘nligida Microsoft (4-o‘rin), Samsung (7), Amazon (8) texnologik kompaniyalari, shuningdek avtobrendlar Toyota (5-o‘rin), Mercedes (9), General Electric (10) nomlari qayd etilgan.

Qolgan o‘rinlarni qaysi kompaniyalar egallaganini matnga ilova qilingan axborot grafikasidan bilib olishingiz mumkin.

Dunyoning eng qimmat 100 brendi nomlari e’lon qilindi (axborot grafikasi)


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar