Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.10.2016

Sizning avtomobil boshqarish uslubingiz fe'l atvoringiz haqida ko'p haqiqatlarni ayta oladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 98
Sizning avtomobil boshqarish uslubingiz fe'l atvoringiz haqida ko'p haqiqatlarni ayta oladi

Avtomobil ni boshqarish uslubi haydovchining fel atfori haqida ko'p narsalarni ayta olishi mumkinligi to'g'risida ko'pchilik uylab ham ko'rmagan bo'lsa kerak. Бу ҳақида "myformat.club" saytining yozishiga ko'ra, avtomobilingizni qanday haydashingizdan kelib chiqib fe`l atvoringiz haqida bilib olsa bo'ladi. Quyidagi sur`atdan birini tanlang va o'z fe`l atvoringiz haqida ma`lumotga ega bo'ling.

Sizning avtomobil boshqarish uslubingiz fe'l atvoringiz haqida ko'p haqiqatlarni ayta oladi

1. KAMTAR insonlar
Siz hayotni qo'lingizdan kelganicha soddalashtirishga urunasiz. Atrofingizda keraksiz insonlar, narsalar bo'lishiga yo'l qo'ymaysiz va asosan sofdil
insonlar bilan do'stlashasiz. Kamtar inson degani siz bilan hayot zerikarli degani emas. Insonlar sizdagi ta`b va hayotga bo'lgan yondoshuvni juda
qadirlashadi.

2. QUVNOQ insonlar
Sizning aqlingiz har xil ahmoqona g'oyalarni doim ihtiro qiladi. Kulguli hodisalarni hohlagan vaqtingizda topa olasiz. Siz juda qizi va harakatchan
insonsiz. Sizning aktyorlik mahoratingiz ko'pkina insonlarni jalb etadi. Shu bilan birga dono, aqillisiz.

3. TINCHLIKSEVAR insonlar
Siz tortishi, janjal, kelishmovchiliklarni hush ko'rmaysiz chunki, bu sizni dilingizni xufton qiladi. Agarda, siz baland ovozda gapirishni boshlasangiz yaqinlaringiz buni bekorga emasligini tezda anglashadi. Tortishishlarga toqat qila olmaysiz va darhol o'zaro kelishi, yarashish, til topishishga shoshilasiz.

4. MUKAMMALLIK ni hush ko'ruvchi insonlar
Siz ko'p e'tiboringizni har bir qisimga qaratishni va ishlar reja asosida ketishini hush ko'rasiz. Biron bir ishni qilishga kirishdingizmi, albatta
puxta qilish tarafdorisiz. Siz doim toza va yaxshi ko'rinishda bo'lasiz. Ehtimol sizning bu mukammallikga intilishingiz shunday muvaffaqiyatga olib
kelgandir ham. Boshqalar o'qishda, ishda siz kabi omadga erishishni orzu qilishlari ham mumkin.

5.VAXIMACHI insonlar
Siz tez-tez o'z ichki qo'rquvingiz bilan kurashib turasiz. Hatto, uydan chiqishingizda gaz, dazmol, uy eshigini quluflashni unutmaganingizni tekshirish uchun ortga qaytishga ham erinmaysiz. Sinab ko'rilmagan uslublardan foydalanishdan yiroq tutasiz o'zingizni. Yaqinlaringiz sizni juda yaxshi ko'rishadi shu bilan birga sizning zavq olishingiz uchun bor harakatlarini ishga solishadi.

6. SARGUZASHT qidiruvchi insonlar
Siz xavf tug'duruvchi, sinovdan o'tmagan uslublardan foydalanishdan qo'rqmaysiz. Doimo hayotdan eng ko'pini qo'lga kiritishni istaysiz. Sevgi bobida ham sizga teng keladigani yo'q. Butun hislaringizni ifoda etishga tayyorsiz. Sizning yashash tarzingiz do'stlaringiz ko'z oldida juda hurmatga sazovardir.

7. RAHBAR insonlar.
Siz hayotdan lider bo'lib tug'ilgansiz. Nazoratni qo'l ostingizga olish va ishlarni me'yorida boshqarish sizga juda mos xislatdir. Yaqin atrofingizdagilar sizga maslahat va yordam so'rab murojaat qilishadi. Ular sizga ishonishadi chunki, siz juda o'zingizga ishonasiz. Ishda ham sizning tashabbuskorligingiz uchun ko'p maqtovlar aytishadi.

8. ISHONCHLI insonlar.
Insonlar sizni juda yaxshi ko'rishadi. Chunki, siz yaqinlaringiz, do'stlaringiz va oila a`zolaringiz uchun juda ham katta madadsiz. Birovlarning omadi uchun ham ich-ichingizdan quvonasiz va buni ko'rsatishdan uyalmaysiz. Siz insonlarning murojaatlarini eshitishda juda yaxshi quloq soluvchi ham siz. Dunyo qanday bo'lsa, shunday qabul qilishga o'rgangansiz.

9. OLIFTA insonlar.
Sizning hayotga bo'lgan munosabatingizga xavas qilsa arziydi. Hayotdagi, avtrofdagi voqealarni yuragingizga yaqin olmaysiz. Har bir kun chiz uchun bayram. Odatda do'stlaringiz vaqtlarini chog' o'tkazgilari kelib qolsa, sizga murojaat qilib qolishadi.

10. KUCHLI insonlar
Siz juda band insonsiz shu bilan birga sizning yo'lingizda turgan insonar bilan pachakilashib o'tirishga ham toqatingiz yo'q. Muammolarga o'ralib
qolshdan ko'ra yo'lingizda davom etishni hush ko'rasiz.Do'stlaringiz sizga juda qattiq ishonishadi. Siz doim harakatdasiz va ishlaringizda omad doim sizga kulib boqadi.

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar