Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

05.10.2016

Xokkey. O‘zbek sportida yana bir umidli iste’dod

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 125
Xokkey. O‘zbek sportida yana bir umidli iste’dod

O‘tgan asr 70-yillarida qishki Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan xokkey sporti Markaziy Osiyoda keng tarqala boshladi. O‘sha davrlarda tuzilgan Toshkentning “Binokor” klubi qanchalik kuchli va mashhur bo‘lganini katta avlod vakillari yaxshi eslashadi. Ushbu maqolani o‘qiyotganlar orasida “Binokor”ning o‘yinchilarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rganlar ham bordir balki. Hozirda ushbu jamoa faxriylari yangi yosh avlodni voyaga etkazishmoqda. Qilingan ishlar qisqa vaqt mobaynida o‘z samarasini beryapti. Yozda Qozog‘istonning “Armada” jamoasi yoshlari poytaxtimizga tashrif buyurib, Toshkentdagi tengqurlari bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishgan edi. O‘sha o‘yinlarda o‘zining texnikasi va harakatlari bilan ajralib turgan 7 yoshli Salohiddin Azimov ushbu “Armada” mutasaddilari e’tiboriga tushdi va jamoaning o‘rtoqlik uchrashuvlariga taklif etildi.

Ayni damda ko‘pgina klublar qatori “Armada” ham yangi mavsumga tayyogarlik ko‘rmoqda. Klub mavsum oldidan Qizilo‘rda yoshlar jamoasi bilan 2 ta o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. O‘zidan kattalar bilan o‘ynashiga qaramasdan, toshkentlik yosh klyushka ustasi ikkala uchrashuvda jami 8 ta gol urib, sheriklariga 3 ta golli uzatma ham berdi. Bu esa jamoasining g‘alabasiga katta poydevor bo‘ldi va Salohiddin har ikki uchrashuvda ham eng yaxshi o‘yinchi, deb topildi.

Xokkey. O‘zbek sportida yana bir umidli iste’dod

Salohiddin hozirda poytaxtimizdagi 41-maktabda endigina 1-sinfda o‘qishni boshladi. Kelishuvga binoan, xokkeychimiz “Armada” yoshlar (U-12) jamoasi o‘yini bo‘lgan paytlari Qozog‘istonga borib keladi. Qolgan payt Toshkentda darslaridan so‘ng mashg‘ulot qilishda davom etadi.

Xokkey. O‘zbek sportida yana bir umidli iste’dod

Xokkey ishqibozlari o‘tgan asr oxiri va yangi asr boshlarida “Rus raketasi” nomi bilan mashhur bo‘lgan Pavel Bureni yaxshi bilishsa kerak. Hozirda Rossiya xokkey federatsiyasida faoliyat olib borayotgan Bure Salohiddinning o‘yinlari tushirilgan videoni ko‘rgach, TsSKA maktabiga taklif qildi. Buning uchun yana 3 yil kerak. Ushbu maktabga xokkeychilar 10 yoshdan qabul qilinadi. Ishonchimiz komilki, yaqin yillar ichida bunday iqtidorli yoshlar yurtimizda ko‘plab kashf etiladi va o‘zbek xokkeychilarini ham Olimpiya o‘yinlarida ko‘ramiz.

Xokkey. O‘zbek sportida yana bir umidli iste’dod

Xokkey. O‘zbek sportida yana bir umidli iste’dod

Manba: Sports.uz


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar