Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

05.10.2016

Nobel-2016 mukofoti nomzodi ro‘za tutishning organizmga foydasini ilmiy isbotlab berdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 80
Nobel-2016 mukofoti nomzodi ro‘za tutishning organizmga foydasini ilmiy isbotlab berdi

Bu yilgi Nobel mukofoti laureatlari ichida yaponiyalik olim Yosinori Osumining tadqiqotlari ro‘za tutish ya’ni ma’lum vaqt och qolishning organizmga katta foydasi borligini ilmiy isbotlab berdi. Bu haqda "Diydoraziz" sayti xabar berdi.

71 yoshli yapon olimi, Tokio Texnologiya Instituti professori, molekulyar biologiya yo‘nalishidagi jahonning eng ilg‘or mutaxassislaridan biri hisoblanadi.

Olimning kashfiyoti ochlikka moslashish va infeksiyalarga javob qaytarishi singari organizmdagi ko‘plab fiziologik jarayonlar uchun autofagiyaning o‘ta muhim ekanini isbotlab bergan. Autofagiya – bu “o‘z-o‘zini yemoq” ma’nosini anglatib, organizmimizdagi zararli, chiqindi xo‘jayralardan tozalanishi demakdir. Mohiyatan autofagiya barcha tirik organizmlarga, shu jumladan odam tanasiga ham xos xususiyat. Ushbu muhim fiziologik jarayon tufayli hujayralar o‘zida yig‘ilib qolgan keraksiz qismlardan xalos bo‘ladi. Bu orqali esa, butun organizmning o‘zi keraksiz, ortiqcha chiqindi hujayralardan tozalanadi.

Ona tabiat hujayralarni shunday ajoyib, nozik va g‘oyat muhim xususiyat bilan ta’minlab qo‘ygan bo‘lib, u organizmni ortiqcha yoki zararli to‘qimalardan tozalash vazifasini bajaradi. Faqat bu jarayon organizmda eng elementar miqyosda, hujayralarning o‘zida va eng qizig‘i – avtomatik ravishda boradi.

Yosinori Osumi aniqlagan eng qiziq holatlardan biri – autofagiya organizmda eng faol ishlaydigan payti bu – odamning tanasi zo‘riqib ishlayotgan vaqti, masalan ochlik paytlari bo‘lar ekan. Ya’ni, ochlik orqali odam organizmi birinchi o‘rinda o‘zidagi turli darajada zararlangan kasallangan keraksiz hujayralardan qutulib, ularni energiyaga aylantirib iste’mol qilib yuborar ekan.

Boz ustiga, Osumining ilmiy kashfiyotini sinovdan o‘tkazgan boshqa mustaqil tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, autofagiya organizmni chiqitlardan tozalash orqali erta qarishni oldini olishga ham ulkan hissa qo‘shib, ustiga-ustak, yo‘q qilingan zararli hujayralar o‘rnini yangi yosh hujayralar bilan qoplash orqali, tananing yosharishiga ham xizmat qilar ekan.

Shu ma’noda, Nobel mukofoti sohibining mazkur kashfiyoti shuni tasdiqlamoqdaki, rejalashtirilgan ochlik organizmni haqiqatan ham turli chiqindilardan, toksinlardan va zaharlardan tozalash imkonini berar ekan. Ochlik, ya’ni, ro‘za orqali organizm haqiqatan ham tozalanib, turli kasalliklardan juda yaxshi profilaktikalanib olar ekan.

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar