Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

05.10.2016

Fitnes-trekerlar foydalimi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 71
Fitnes-trekerlar foydalimi?

Xalqaro shifokorlar jamoasi fitnes-trekerlardan foydalanish jismoniy tarbiya jadalligiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmasligini ko‘rsatib berishdi. Shu mavzuga bag‘ishlangan tadqiqot The Lancet Diabetes and Endocrinology jurnalida nashr etildi, bu haqida The Telegraph nashri qisqacha xabar qiladi.

Olimlar yil davomida 800 kishining sog‘lig‘i (og‘irligi, qon bosimi va yurak urish tezligi) va jismoniy faoliyat intensivligini kuzatib borishdi. Tadqiqot ishtirokchilarining ayrimlari fitnes-bilaguzuk taqqani uchun pul mukofotlari ham olishdi.

Dastlabki 6 oyda moliyaviy rag‘batlantirish olgan ishtirokchilar jismoniy faollikning ortganini qayd etishdi. Biroq bir yildan so‘ng ularning ko‘rsatkichi dastlabki darajaga qaytdi.

Pul mukofotini olmagan ishtirokchilarda bir yil o‘tib, aerobik jismoniy faollik davomiyligi o‘sishi kuzatildi (o‘rtacha haftasiga 16 daqiqa). Shuningdek, tadqiqot mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, bu salomatlikni sezilarli darajada yaxshilash uchun ahamiyatsiz ko‘rsatkich sanaladi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar