Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

05.10.2016

Piyoda yurishning 7 ta davosi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 50
Piyoda yurishning 7 ta davosi

Hurmatli mushtariylar Sizlarga piyoda yurishning 7 davosi haqida ma’lumot beramiz.

10 daqiqa: gipertoniya bezovta qilmaydi!
Bir kunda 4 marotaba 10 daqiqadan piyoda yurishni odat qilsangiz, qon bosimingiz me’yorda bo‘ladi.

15 daqiqa: badantarbiya
Tez-tez qadamlar bilan kuniga 120 odim tashlasangiz, 15 daqiqadan 100 kkal.dan xalos bo‘lasiz! Mana, sizga ozishning arzon va qulay usuli!

20 daqiqa: xotirjamlikka erishasiz!
Asabiy ish kunining «yuk»laridan xalos bo‘lmoqchimisiz? Unda har kuni 20 daqiqagina piyoda yuring. Natija sizni, albatta, xursand qiladi. Yana chekishni tashlashni istaganlar, xumor tutganda, 20 daqiqa piyoda yursalar, bu xohish ayni shu daqiqalarda o‘z-o‘zidan yo‘qolarkan.

25 daqiqa: kayfiyatingiz ko‘tariladi!
Toza havoda, hatto, yomg‘irli kunda, yolg‘iz yoxud ko‘ngilga yaqin insoningiz bilan atigi 25 daqiqagina sayr qilsangiz, shirin xotiralarni eslaysiz, qalbingiz yangi va ezgu orzularga to‘ladi. Natijada o‘zingizni baxtli his qilasiz.

35 daqiqa: stressga qarshi!
Tushkunlikni yengish uchun vaqtingizni ayamang! Axir sizdan nima ketdi? 35 daqiqa toza havoda sayr etsangiz bas!

45 daqiqa: shamollashga yo‘q deymiz!
Amerikalik olimlar 45 daqiqa davomida marafonda qatnashgan ishtirokchilarning 50 foizi shamollashni yengib o‘tishganini ta’kidlashadi. Chunki aynan piyoda yurganimizda mikroblar va viruslar taslim bo‘larkan. Demak, ayni kunlarda sayr qilishni unutmang!

60 daqiqa: yurakka foyda
Britaniyalik olimlarning aniqlashicha, har kuni 1 soat davomida piyoda sayr qilgan kishilar yurak xastaliklariga kamroq duchor bo‘lisharkan.

Manba: Darakchi

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar