Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

05.10.2016

Fotojamlanma: Stiv Jobssiz 5 yil

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 72
Fotojamlanma: Stiv Jobssiz 5 yil

Yangiliklardan xabardor kishilar Stiv Jobs nomini yaxshi bilishadi: Apple kompaniyasining asoschisi kishilarni texnologiyalar bilan "do‘stlashtiruvchi" qurilmalar yaratib, insoniyatga juda katta ta’sir ko‘rsatgan. Jobsning jamoasi tomonidan yaratilgan gadjetlar ko‘p sohalarda iste’moldagi qurilmalar etaloni hisoblanadi, Apple rahbari har bir qurilmani ishlab chiqarish jarayonini shaxsan nazorat qilgan. Stiv Jobs xotirasiga uning turli yillardagi suratlaridan iborat fotojamlanmasini taqdim qilamiz.

Jobsning 1984 yil 24 yanvarda De Anza Universitetidagi aktsionerlar yig‘ilishida o‘tkazgan Macintosh taqdimoti marketing tarixidan joy olgan. Stiv oddiy taqdimotni unutilmas shouga aylantirgan. U o‘zining chiqishini Bob Dilanning "zamonlar o‘zgarayotganligi" haqidagi she’ri bilan boshlagan.

Fotojamlanma: Stiv Jobssiz 5 yil

1970-yillarning oxirida Stiv Jobs va uning do‘sti Stiv Voznyak katta tijorat salohiyatiga ega ilk personal kompyuterlardan birini ishlab chiqarishdi. Apple II kompyuteri kompaniyaning Stiv Jobs tashabbusi bilan yaratilgan birinchi ommaviy mahsuloti bo‘lgan. Keyinchalik Jobs "sichqoncha" orqali boshqariluvchi grafik interfeysning tijorat salohiyatini ko‘rgan, bu Apple Lisa hamda Macintosh (Mac) kompyuterlari yaratilishiga turtki bo‘lgan

Fotojamlanma: Stiv Jobssiz 5 yil

1985 yilda Jobs o‘zi tashkil qilgan Apple kompaniyasidan bo‘shatilgan, bu unga ikkinchi kompyuter kompaniyasi - NeXT, shuningdek Pixar multiplikatsion studiyasiga asos solishiga imkon bergan. Jobs Pixar'ni Uolt Disney studiyasiga sotganidan keyin Walt Disney Company'ning eng yirik aktsioneriga aylangan

Fotojamlanma: Stiv Jobssiz 5 yil

Stiv Jobs Parijdagi yangi iMac taqdimotida, 1998 yil

Fotojamlanma: Stiv Jobssiz 5 yil

Jobs va Geyts o‘rtasidagi farq ishga printsipial boshqacha yondashuvda bo‘lgan. Jobs ishlab chiqarish va savdoni to‘liq nazorat qilish tarafdori bo‘lgan, Geyts esa gorizontal tizimni qo‘llab-quvvatlagan, u mahsulot va texnologiyalarni litsenziyalashga asoslangan va bu dasturiy ta’minot bozorida bu korporatsiyaning ustunlik qilishiga imkon yaratgan

Fotojamlanma: Stiv Jobssiz 5 yil

Stiv Jobs va iMac'ning shaffof korpusdagi maxsus versiyasi, 1999 yil

Fotojamlanma: Stiv Jobssiz 5 yil

Jobs o‘z ishida "Kelajakni prognoz qilishning eng yaxshi usuli - uni yaratish" printsipiga tayangan. Jobs doim Apple'ning oldinda bo‘lishiga intilgan va kompaniya mahsulotlari axborot texnologiyalari sanoatida yuqori o‘rinlarni zabt etib kelgan

Fotojamlanma: Stiv Jobssiz 5 yil

2010 yilning 23 iyunida Rossiya Federatsiyasi prezidenti Dmitriy Medvedev iPhone to‘rtinchi avlod smartfonining eng yangi modelini Stiv Jobsdan sovg‘a sifatida qabul qilgan

Fotojamlanma: Stiv Jobssiz 5 yil

Hayotining so‘nggi yillarida Jobs oshqozon osti bezi saratoni bilan kurashgan. O‘zining diniy qarashlari tufayli tadbirkor jarrohlik muolajasidan bosh tortib, noan’anaviy tibbiyotga ro‘yxushlik bergan. Suratda: Stiv Jobs iPad taqdimotida, 2010 yil

Fotojamlanma: Stiv Jobssiz 5 yil

Jobs Apple rahbari lavozimini o‘limiga 1,5 oy qolganda - 2011 yilning avgustida tark etgan. U kompaniyaning hozirgi rahbari Tim Kukni o‘z vorisi sifatida tayinlagan. Stivning o‘limidan bir kun avval taqdim etilgan iPhone 4s smartfoni kompaniya muxlislari tomonidan «For Steve» ("Stiv sharafiga") nomini olgan.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar