Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

05.10.2016

Insoniyatni tashvishga soluvchi savollarga zamonamiz olimlari javob berishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 87
Insoniyatni tashvishga soluvchi savollarga zamonamiz olimlari javob berishdi

Insoniyat kelajagi - butun dunyo bo‘ylab ko‘pchilikni tashvishga soluvchi mavzu. Biz va farzandlarimizni yaqin o‘n yilliklarda nimalar kutmoqda? Zamonamizning etakchi olimlari bizni oldinda nima kutayotgani haqidagi asosiy savollarga javob berishadi.

1. Insoniyat Er tashqarisidan qo‘nim topa oladimi?

Martin Ris - ingliz kosmologi va astrofizigi:

Erni tark etishga urinishning hech qanday yaxshi tomoni yo‘q. Uning o‘rniga diqqatimizni shu erda, bizning sayyoramizdagi dunyo muammolarini hal qilishga qaratsak, foydadan xoli bo‘lmasdi. Biroq hozirdanoq yaqin yuz yillikda xususiy investitsiyalar evaziga Mars va Quyosh tizimidagi boshqa burchaklarni isloh qilishga urinuvchi sarguzasht ishqibozlaridan iborat guruhlar paydo bo‘lishiga ishora qilinmoqda.

2. Qachon va qaerda o‘zga sayyoradagi hayotni topish mumkin?

Kerol Kliland - falsafa fanlari professori va Korlorado shtati Universiteti qoshidagi Astrobiologiya markazi tadqiqotchisi

Insoniyatni tashvishga soluvchi savollarga zamonamiz olimlari javob berishdi

Agar Mars sayyorasida mikrob hayot bo‘lsa, biz uni yaqin 20 yil ichida topishimiz mumkin. Biroq u shakliga ko‘ra Erga etarlicha o‘xshash bo‘lishi kerak. Agar o‘zga sayyoradagi hayot biz o‘rgangan hayotdan katta farq qilsa, uni topish ancha qiyin bo‘ladi. Qizil sayyorada qolgan hayot, ehtimol, bizning robotlar etishi qiyin bo‘lgan joylardadir. Saturnning yo‘ldoshi bo‘lgan Titan Quyosh tizimidagi eng ko‘p narsa va’da qiluvchi joy bo‘lishi mumkin. Bu yo‘ldosh organik molekulalarga boy, lekin suyuq suvga ega emas, u favqulodda past harorati bilan tanilgan. U erda hayot mavjud bo‘lgan taqdirda ham, Erdagidan sezilarli ravishda farq qiladigan bo‘ladi.

3. Bir kun kelib olimlar tanamizdagi barcha to‘qimalarni sun’iy to‘qimaga aylantira oladimi?

Robert Lenger - Massachusets texnologiya instituti qoshidagi Devid Kox Instituti professori

Insoniyatni tashvishga soluvchi savollarga zamonamiz olimlari javob berishdi

1995 yilda men va hamkasbim sun’iy to‘qimalar, organlar va hattoki ko‘zi ojiz kishilarga ko‘rish imkonini beruvchi elektronika yaratishdagi yutuqlar haqida maqola yozgandik. Bugunga kelib, bularning barchasi joriy mahsulotlar ko‘rinishida amalga oshirilgan. Shunday ekan, yaqin yuz yil ichida inson tanasidagi har qanday to‘qimani shunga o‘xshash yoki aynan shunday namunalarga almashtirishning uddasidan chiqamiz. Hozirgi vaqtda biz uchun eng katta qiyinchilik - bugunga qadar yaxshi o‘rganilmagan miya to‘qimalarining yaratilishi va regeneratsiyasi.

4. Insoniyat kelgusi 500 yildan eson-omon o‘tish uchun qanday imkonga ega?

Karlton Keyvs - Nyu-Meksiko shtatidagi Universitetning fizika va astronomiya sohasidagi etuk professori:

Insoniyatni tashvishga soluvchi savollarga zamonamiz olimlari javob berishdi

Ishonchim komilki, Homo sapiens'ning omon qolish imkoniyatlari ancha yuqori. Hattoki eng keng qamrovli tahdidlar - ekologik falokat yoki yadroviy urush ham insoniyatni butkul yo‘q qila olmaydi.

5. Inson miyasining anglash xususiyati jinoiy qonunchilikni o‘zgartira oladimi?

Patritsiya Chyorchlend, falsafa fanlari professori, San-Diegodagi Kaliforniya universiteti neyrofanlar tadqiqotchisi

Insoniyatni tashvishga soluvchi savollarga zamonamiz olimlari javob berishdi

Ko‘pchilik miyamizning atrofimizda sodir bo‘layotgan voqealarga moslashuvchi sabab-natija apparati ekanini inkor qilmasa kerak. Biz hattoki qator zo‘ravonliklarni amalga oshiruvchi jinoyatchilarga ishora qiluvchi belgilarni oldindan aniqlay olganimizda, ularga erkin harakatlanish taqiqlab qo‘yilardi, chunki ularda jinoyatchilikka moyillik bor. Masalan, biror bir jinoyatchi ko‘pchilikni yo‘ldan urib, qonunga zid ish qilsa-yu, "miyasi shundayligi uchun u aybdor emas, shu bois uni ozod qilish mumkin" deyilsa - jinoiy qonunchilikda bunday qo‘pol "adolat"ga o‘rin yo‘q.

6. Qachonlardir ong tabiatini tushunishga muvaffaq bo‘larmikanmiz?

Kristof Kox - Miya faoliyatini o‘rganuvchi Allen Instituti prezidenti

Insoniyatni tashvishga soluvchi savollarga zamonamiz olimlari javob berishdi

Ko‘plab afsungarlar, faylasuflar va shunchaki gapdonlar ongning asl tabiatini o‘rganishning iloji yo‘qligi haqida ta’kidlashadi. Mag‘lubiyatni tan oluvchi bunday so‘zlar hech qanday asosga ega emas. Insoniyat tez orada ong faoliyati va uning hayotdagi o‘rnini tushunib etishini taxmin qiluvchi ko‘plab sabablar bor.

7. Insoniyat sayyoraga ziyon etkazmay yashay oladimi?

Pamela Ronald - Devisdagi Kaliforniya universiteti Genom markazi va o‘simlik patalogiyasi bo‘limining professori

Insoniyatni tashvishga soluvchi savollarga zamonamiz olimlari javob berishdi

Albatta. Quyidagilarga amal qilsak, buning yo‘li oson: go‘sht iste’moli, donli ekinlar chiqindilari va maishiy chiqindilarni kamaytirish. Ilg‘or don texnologiyalarini ishga tushirish, shuningdek iste’molchilarga ko‘plab mamlakatlarda fermerlar duch kelayotgan muammolar haqida so‘zlab berish. Qishloq xo‘jalik sektorini moliyalashtirishni oshirish va shu sohadagi ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik omillariga diqqatni qaratish.

8. Qorong‘u materiya nima ekanligini anglarmikanmiz?

Liza Rendall - Harvard universitetining fizik-nazariyachisi va kosmologi

Insoniyatni tashvishga soluvchi savollarga zamonamiz olimlari javob berishdi

Qanchalik ajablanarli bo‘lmasin, bu savolga javob qorong‘u materiya nima bo‘lib chiqishiga bog‘liq. Uning ba’zi shakllarini oddiy moddalar bilan aloqalari natijasida aniqlash mumkin, qolgan paytda esa ular tutqich bermaydi. Boshqalarini esa ularning galaktikalarga o‘xshagan ulkan tuzilmalarga ta’siri tufayli aniqlash mumkin. Bunga doir yangi ma’lumotlarni faqatgina kuzatishlar va tajribalar jarayonida bilib olamiz. Biroq shunda ham uning natijasini oldindan taxmin qilish qiyin.

9. Altsgeymer kasalligiga qarshi dori topilarmikan?

Reyza Sperling - Harvard tibbiyot maktabining nevrologiya professori

Insoniyatni tashvishga soluvchi savollarga zamonamiz olimlari javob berishdi

Umid qilamanki, yaqin o‘n yillikda biz Altsgeymer kasalligi rivojlanishini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan munosib dori vositasini ixtiro qilamiz. Bugungi kunda bu kasallikning belgilari paydo bo‘lmasidanoq uni davolash imkoniyatiga ulkan resurslar yo‘naltirilgan. Axir deminatsiyani 5-10 yilga to‘xtatib qolishga muvaffaq bo‘linsa, aksariyat keksa kishilar o‘z hayotlarining so‘nggi pallalarida hatto raqs tushishlari mumkin bo‘ladi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar