Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

03.10.2016

Uyingizda anor bor – doim sog‘lik sizga yor!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 259
Uyingizda anor bor – doim sog‘lik sizga yor!

Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, doimiy anor iste’mol qilish yurakning soat kabi muntazamlikda ishlashini ta’minlar ekan. Anorni kundalik ratsionga kiriting – keksalik eshigingizga yaqinlashmaydi.

Ozarboyjonda har yili 26 oktyabrni "anor kuni" sifatida o‘tkazish an’ana tusiga kirgan. Barcha bog‘lardagi anor hosillari yig‘ib olinadi va odamlar bu kunni butun mamlakat bo‘ylab katta bayram qilib nishonlashadi. Ko‘chalarda yarmarkalar quriladi, bog‘bonlar o‘z mevalarini ko‘z-ko‘z qilishadi, savdogarlar anordan tayyorlangan mahsulotlarini tokchalarga terib qo‘yishadi.

Anor lotincha "granatus" so‘zidan tarjima qilinganda, "urug‘" ma’nosini anglatadi. Anor mevasi 700 ga yaqin urug‘ shaklidagi donachalardan tarkib topgan. Tabiatda bu mevaning 10 dan ortiq turi uchraydi. Va ular bir-biridan rangi va mazasiga ko‘ra farqlanadi. Anorning har qanday turida sog‘liq uchun foydali vitamin va minerallar mavjud bo‘ladi.

Uyingizda anor bor – doim sog‘lik sizga yor!

Bu maqola orqali anorning 12 foydali xususiyatini bilib olishingiz mumkin.

1) Anor mineralogik meva

Anor tarkibida 15 turdagi aminokislota uchraydi va shundan 5 tasi boshqa joyda uchramaydigan aminokislotalar hisoblanadi. Shuningdek ushbu meva K, C, B9 va B6 vitaminlariga hamda kaliy, asal, marganets va fosfor minerallariga juda boy.

Lekin anorni to‘yimli meva deb bo‘lmaydi, 100 gramm anor donasidagi kaloriya miqdori 72 kkaldan iborat.

2) Anor yurakning ishlashini yaxshilaydi

Anorda punikalagin moddasi ham bor. Bu modda tanadagi oksidlanish hodisasiga faol qarshilik ko‘rsatadi. Bu bilan esa yurakdagi qon aylanish tizimining bir maromda davom etishini ta’minlaydi.

Bundan tashqari punikalagin xolesterin moddasi ishlab chiqarilishi kamayishiga ham xizmat qiladi.

Bu esa yurak-qontomirlarida tugunlar paydo bo‘lish xavfini yo‘qotadi. Bir tajribada, inson tanasiga 3 yil davomida har kuni 30 millilitr anor suvi jo‘natib turilgan va natijada bu tanadagi yurak-qon tomirlarida mavjud bo‘lgan tugunchalar butunlay yo‘q qilingan.

3) Anor – artroz kasalligiga qarshi tabiiy to‘siqdir

Artroz – eng keng tarqalgan tizza bo‘g‘ini xastaligidir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bu dard er yuzi aholisining 10 foizida uchraydi.

Anor tarkibidagi K vitamini esa suyak to‘qimalarini birlashtirishda asosiy rol o‘ynaydigan modda hisoblanadi. Bu vitamin asosan kaltsiy elementidan tarkib topgan. Bundan tashqari anor suvi tashqi yallig‘lanishlarning bitishiga ham yordam berishi mumkin.

4) Anor tishni mustahkamlaydi

Anor sharbati tishdagi muammolarni bartaraf qilishda ham qo‘l keladi. Uning og‘iz bo‘shlig‘idagi bakteriya va viruslarga qarshi kurashish xususiyati mavjud.

5) Anor rak xastaligidan himoya qiladi

Anor tarkibidagi moddalar inson tanasida rakni keltirib chiquvchi estragon va ellagotaninlar rivojlanishining oldini oladi.

Anor suvidagi ekstraktlar o‘pka xastaliklari paydo bo‘lishini imkon qadar ortga surish uchun foydalidir.

6) Anor immunitetni yaxshilaydi

100 grammlik anor donachalarining 21 foizi C vitaminidan tarkib topgan. Bu vitamin antibakterial xususiyati bilan ajralib turadi. Deyish mumkinki, bir anorning choragini iste’mol qilish ham immunitetingizni kuchaytira oladi.

7) Anor ovqat hazm bo‘lishi uchun vosita

Odam har kuni turli mahsulotlar orqali ovqatni parchalovchi moddalarni ham qabul qiladi. Bunday moddalar eng ko‘p miqdorda anor mevasi tarkibida (16 foiz) uchraydi. Bir kunda 100 gramm anor iste’mol qilsangiz kifoya, ovqat hazm qilishdagi muammolar haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Anor shuningdek, chanqoqni qondirish borasida ham tengsiz.

8) Anor jarohatlarni tuzatadi

Anor donalaridan tayyorlangan shifobaxsh moy tananing tashqi tarafidagi jarohatlarga surtilganda, samarali xossasini namoyon etadi. Bunday dorini quyoshdan kuyish hodisasida ishlatish ham o‘rinlidir.

9) Anor gemoglabin miqdorini oshiradi

Gemoglobin qon tarkibini hosil qiluvchi eng muhim qon sharchalari bo‘lib, kislorodni qayta ishlash vazifasini bajaradi. Erkaklar tanasidagi gemoglobin miqdori 130-160 g/l, ayollarda esa 120-150 g/l mavjud bo‘ladi. Agar, surunkali chanqoqlik, bosh aylanishi va lohaslikni sezsangiz, bu gemoglabin miqdori kamayib ketganidan darak. Bu holatda, bir anorni siqib stakanni to‘ldirib ichish yaxshi da’vo bo‘ladi.

10) Anor soch to‘kilishi oldini oladi

Soch to‘kilishining asosiy sabablaridan biri – tanada temir etishmasligi natijasidagi kamqonlikdir. Bu holat ham gemoglabin etishmasligi tufayli paydo bo‘ladi. Gemoglabin kamligi tirnoqlarning tushib ketishiga ham sababdir.

Anorni doimiy ravishda iste’mol qilish – bu ofatlardan saqlabgina qolmasdan, soch tolalari va tirnoqlarning mustahkam bo‘lishini kafolatlaydi.

Uyingizda anor bor – doim sog‘lik sizga yor!

11) Anor sharbati va qandli diabet

Anor sharbati shirin. Ko‘pgina shirin ichimliklar odamda qandli diabet kasalligini keltirib chiqarishi mumkin, lekin anor sharbati emas. Aksincha, u qandli diabetdan saqlovchi hamdir. Qandli diabet xastaligi siydik ajralishida qiyinchiliklar, tanada turli shishlar hosil bo‘lishi va urologik muammolar bilan namoyon bo‘ladi. Anor suvi va asal bunday vaziyatda qutqaruvchi vazifasida keladi.

12) Anor – qarilik damlari kelishini ortga suradi

Xaddersfild Universiteti olimlari anorning Al’tsgeymer xastaligiga eng yaxshi da’vo ekanligini aniqlashgan. Bu xastalik vitaminlar etishmasligi natijasida tez keksayib qolish bilan bog‘liq bo‘lib, anor tarkibidagi punikalagin bosh miyadagi to‘qimalarning emirilishiga yo‘l qo‘ymasligi yosh qolishni ta’minlaydi. Anor tarkibidagi anti-age moddasi esa terining burishishiga qarshilik ko‘rsatib, ajinlardan saqlaydi.

Bu maqola bilan tanishib chiqqan har bir odam bundan keyin supermarketdan xarid qilinuvchi mahsulotlar ro‘yxatining eng tepasiga "anor" so‘zini yozib qo‘yishi tabiiy.

Lekin, yana ba’zi narsalarni bilib oling: anorni qanday tanlash va uni qanday iste’mol qilish jarayonlarini.

Do‘konda ushlab ko‘rgan anoringiz, po‘stlog‘i yupqa ekanligi holida vazni ko‘rinishidan ko‘ra og‘irroq bo‘lsa, uni hech ikkilanmay sotib olaverishingiz mumkin.

Uyingizda anor bor – doim sog‘lik sizga yor!

Shuningdek, sirti zaxa emagan bo‘lishini ham nazardan qochirmang.

Yana shuni bilib olingki, qip-qizil anor ship-shirin anor degani emas. Bu mevaning ranggi turlariga ko‘ra turlicha bo‘ladi.

Ko‘pchilik anorni sotib olavermasligiga yoki umuman yoqtirmasligiga sabab, uni tozalab eyish murakkab tuyilgani uchun bo‘lsa kerak. Chunki uni, olmani tishlagan kabi tishlab, eb ketaverilmaydi-da. Lekin, asl narsaga erishish oson bo‘lmasligi ham o‘z-o‘zidan tushunarli.

Anorni tozalaganda, pichoqni ehtiyotlik bilan ishlatish zarur, yo‘qsa, uning ichidagi donalarning aksari uvol bo‘lib ketishi mumkin. Pichoq bilan anorning uch qismidan, donalari yo‘q joyidan kesib olinadi va pichoqning uchi bilan tepadan pastga qarab bir necha chiziqlar tortiladi (aslo ko‘ndalangiga emas). Keyin esa, o‘sha kesik chiziqlar qo‘l bilan ochiladi.

Endi esa marhamat, undan mevali salatlar tayyorlaysizmi, osh ustidan donalarini sepasizmi yoki piyolada ezib, suvini simirasizmi, ixtiyoringiz, u har qanday shaklda ham faqat va faqat foydalidir!


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar