Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

03.10.2016

Dunyodagi eng bejirim 10 noutbuk

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 77
Dunyodagi eng bejirim 10 noutbuk

Zamonaviy smartfonlar ko‘rinishidan haqiqiy dizaynerlik san’ati asarlariga o‘xshaydi. Bu portativ kompyuterlar yaqin-yaqindan ana shunday bejirim ko‘rinishga ega bo‘ldi. Ular avval kul rang plastikning qo‘pol bo‘laklaridan iborat bo‘lgan, ushbu texnika yaratuvchilari ilgari ularning tashqi ko‘rinishlari haqida deyarli qayg‘urishmagan. Vaqt o‘tgan sari texnika ham rivojlanib, kundan-kunga yangi texnika qurilmalari taqdim etilmoqda. Quyida dunyoning eng bejirim 10 noutbuki ro‘yxatini diqqatingizga havola qilamiz.

1. Asus ZenBook

Ushbu noutbukning u qadar yorqin bo‘lmagan metall qobig‘i darhol diqqatni tortadi. Ustki qopqoqdagi aylana izlar noutbukka ajoyib ko‘rinish beradi.

2. Dell XPS 13 va XPS 15

Dunyodagi eng bejirim 10 noutbuk

Dell XPS 13 va XPS 15 konservativ jihozlangan bo‘lsa-da, e’tiborni tortmay qo‘ymaydi. Oddiy dizayn Dell XPS 13 va XPS 15 noutbuklariga professional devays ko‘rinishini beradi. Ehtimol, bu ro‘yxatdagi eng ko‘zga tashlanmaydigan noutbuklardir, lekin ularning deyarli chiziqlarsiz o‘ziga xos ekrani Dell XPS 13 va XPS 15'ni haqiqatda istalgan texnikaga aylantiradi.

3. Razer Blade Stealth

Dunyodagi eng bejirim 10 noutbuk

Razer noutbuklari, qoidaga ko‘ra, yuqori qudratga ega "temir" va yorqin neon nurlarini yoqtiruvchi geymerlarga mo‘ljallangan. Biroq Blade Stealth'ni bundan istisno, deyish mumkin.

O‘yin o‘ynashga mo‘ljallangan aksariyat noutbuklaridan farqli o‘laroq, Stealth juda yupqa bo‘lib, qop-qora korpus unga haqiqatda ham qimmatbaho ko‘rinish beradi. Noutbukda o‘yin videokartalari yo‘qligi tufayli uni yupqa qilishga muvaffaq bo‘lindi; u istagan payt qurilmaga ulash mumkin bo‘lgan alohida korpusga ajratilgan.

Dizaynga original ko‘rinish bermoqchi bo‘lsangiz, undagi tugmalarning rangini sozlash mumkin - ularning rangini bir vaqtning o‘zida bir necha xil qilish mumkin.

4. LG Gram

Dunyodagi eng bejirim 10 noutbuk

Bu noutbuk minimalistik dizaynda MacBook Air'ga juda o‘xshash ko‘rinishi mumkin, lekin deyarli romsiz bo‘lgan ekran LG Gram'ga Apple mahsulotidan ko‘ra bejirim va zamonaviy ko‘rinish baxsh etadi.

5. MacBook Pro

Dunyodagi eng bejirim 10 noutbuk

MacBook Pro dizayni 2008 yildan buyon o‘zgarmagan, lekin Apple mahsulotlari vaqt o‘tasa-da, o‘z jozibasini yo‘qotmasligi bilan ajralib turadi. Ingichka metall korpus va qora oyna MacBook Pro'ni ajoyib va zamonaviy noutbuklar safida saqlab qoladi.

6. Ativ Book 9 Pro

Dunyodagi eng bejirim 10 noutbuk

Samsung kompaniyasining hashamatli Ativ seriyasi ultrabuklari juda yupqa: ularning yon tomonlaridagi noodatiy burilishlar qurilmani go‘yoki stol uzra parvoz qilayotgandek ko‘rsatadi.

7. Acer Aspire S7

Dunyodagi eng bejirim 10 noutbuk

Acer Aspire S7 modeli yaratilganiga bir yil bo‘ldi, lekin bunday ko‘rkam shisha ishlanmalarni noutbuklarda har doim ham uchratishning imkoni yo‘q. Noutbukning oq rangi uni toza va zamonaviy ko‘rinish bilan ta’minlaydi.

8. Yoga Pro 900

Dunyodagi eng bejirim 10 noutbuk

Lenovo Yoga Pro 900 noutbukining markaziy qismida maxsus sharnir (oshiq-moshiq) joylashgan, u ko‘proq zaragarlik buyumi yoki soatning qimmatbaho ushlagichlariga o‘xshab ketadi. U displeyni deyarli 360 darajagacha qayirish imkonini beradi. Supernafis korpus va displeyning to‘liq shisha paneli qarshingizda premium-tasnifdagi noutbuk turganligiga shubha uyg‘otmaydi.

Olov rang metallik didingizga "o‘tirmasa", siz boshqacha rangdagi korpusni tanlash imkoniga egasiz, masalan, tilla rang yoki kumush rang.

9. HP Spectre

Dunyodagi eng bejirim 10 noutbuk

HP Spectre — haqiqatdan ham hashamatli noutbuk, u LG Gram minimalizmining butunlay aksi. U bugungi kunda dunyodagi eng yupqa noutbuk hisoblanadi. Noutbukning sharnirlarni mahkamlovchi joyi oltin bo‘laklarini yodga soladi, bu unga qimmatbaho ko‘rinish beradi. Spectre hali sotuvga chiqmagan, uning taqdimoti shu yili bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

10. Microsoft Surface Book

Dunyodagi eng bejirim 10 noutbuk

Surface Book — texnik nuqtai nazardan olib qaraganda to‘liq noutbuk emas. Qurilmaning olinuvchi ekrani tufayli uni gibrid planshetlar qatoriga kiritish mumkin. Biroq ko‘plab analoglardan farqli o‘laroq, Surface Book klaviatura ishga tushganda to‘laqonli noutbukdek ko‘rinadi va ishlaydi.

Och kul rang magniyli korpus Surface Book'ga bejirim va zamonaviy ko‘rinish beradi, g‘ayrioddiy moslashuvchan sharnir esa retroqurilmalarni yodga soladi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar