Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.10.2016

Ishda unumdorlikka erishishda Ayvi Li usuli

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 93
Ishda unumdorlikka erishishda Ayvi Li usuli

1918 yilda Charlz Shvab dunyoning eng badavlat kishilaridan biri bo‘lgan. U Bethlehem Steel Corporation (o‘sha paytlardagi eng yirik kemasozlik va kattaligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turgan po‘lat kompaniyasi) rahbari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Mashhur ixtirochi Tomas Edison uni hurmat bilan tilga olar edi - Shvab doimo raqiblardan ustun bo‘lishga harakat qilardi.

1918 yilda jamoasining samaradorligini oshirish va ishlashning yanada muvaffaqiyatli usullarini topishga uringan Shvab taniqli biznes maslahatchi Ayvi Led­bet­ter Li bilan uchrashuv tashkillashtirgan.

Li omadli ishbilarmon ham bo‘lgan - hozirda uni jamoatchilik bilan aloqa sohasining pioneri sifatida yodga olishadi.

Li tashrif buyurgach, Shvab undan ishlab chiqarish samaradorligini qanday oshirish mumkinligi haqida so‘ragan. Shunda Li kutilmagan javobni bergan: "Menga har bir rahbaringiz bilan suhbatlashish uchun 15 daqiqadan vaqt bersangiz". Shvab bu qancha turishini so‘ragan. "Agar mening yondashuvim ish bersa, hech qancha. Aks holda esa, 3 oydan keyin o‘zingiz adolatli deb bilgan summaga chek yozib jo‘natishingiz mumkin", - deya javob bergan Li.

Ayvi Li rahbarlar bilan o‘tkazgan 15 daqiqali suhbat davomida maksimal darajada smaradorlikka erishishga imkon beruvchi oddiy usulni tushuntirib bergan.

Ayvi Li usuli

1. Har bir ish kuni yakunida ertangi kun bajarishingiz kerak bo‘lgan eng muhim 6 ishdan iborat ro‘yxatni yozib qo‘yishga odatlaning. Bundan ortig‘iga hojat yo‘q.
2. Bu ishlarni muhimlik darajasiga ko‘ra raqamlab chiqing.
3. Ertasiga ertalab ishga kelgach, eng avvalo, birinchi vazifaga diqqatni qarating (istisnosiz). Ikkinchi ishga o‘tishdan oldin birinchisini tamomlagan bo‘lishingiz shart.
4. Ro‘yxatdagi ishlaringizni ana shunday tartibda bajaring. Kun oxirida tugallanmagan elementlarni keyingi kunning 6 vazifasi ro‘yxatiga qo‘shishni unutmang.
5. Har bir ish kunida ana shunday tartibga rioya qiling.

Strategiya oddiy tuyulsa-da, Shvab va uning Bethlehem Steel menejerlar jamoasi unga amal qilib ko‘rishga qaror qilishdi. 3 oydan so‘ng Shvab kompaniya rivojidan shu qadar mamnun bo‘lganki, Lini kompaniyasiga taklif qilib, 25 ming dollarlik chek taqdim qilgan.

1918 yilda 25 ming dollar - 2015 yilning 400 ming dollariga to‘g‘ri keladi.

Ayvi Lining ro‘yxat tuzish usuli haddan ziyod soddadek ko‘rinadi. Qanday qilib mana shunday oddiy maslahat yuksak mukofotlangan? U nimasi bilan shu qadar samarali?

Usul ish berishi uchun yetarlicha sodda. Bunday usullar oddiyligi bilan e’tirozlarga sabab bo‘ladi. Ularda hayotda uchraydigan barcha murakkabliklar inobatga olinmaydi. Kutilmaganda shoshilinch ish chiqib qolsa, nima bo‘ladi? Ehtimol, texnologiyaning eng so‘nggi yutuqlaridan foydalanib, murakkabroq tizimni qo‘llash kerakdir? Murakkablik ko‘pincha zaif nuqtaga aylanadi - u tufayli ishga qo‘l siltab, keyin yana qaytish qiyin. Albatta, favqulodda holatlar yuzaga kelishi tabiiy. Ularni imkon qadar rad etish kerak. Agar shoshilinch ishlarni bajarishga majbur bo‘lsangiz, ularni tezroq tugallab, ro‘yxatga qaytishga harakat qiling.

Ayvi Li usuli sizlarni qat’iy qaror qabul qilishga undaydi. Kuniga 6 vazifa - bu qandaydir mo‘’jizaviy raqam emas, uning o‘rniga 5 bo‘lishi ham mumkin edi. Biroq o‘zingizga chegara belgilash haqiqatda ajoyib natija beradi. Chegara belgilash ishda yaxshi samara berishi mumkin. Li usuli Uorren Baffetning 25-5 usuliga o‘xshab ketadi - u asosiy 5 ishga diqqatni qaratib, qolganini inkor qilishni talab qiladi. Gap shundaki, agar ustuvor vazifalar va chegaralar belgilab olinmasa, siz birin-ketin hamma narsaga chalg‘iyverasiz.

Har qanday vazifani bajarishda eng qiyini nima? Bu unga kirishish (ba’zan o‘rnimizdan turish qiyindek). Li usuli ro‘yxatdagi birinchi vazifaga bir kun avval kechqurun kirishishni taklif qiladi. Bu oddiy, lekin natija beradi. Ishni boshlab olish - muvaffaqiyatning bir qismi.

Zamonaviy jamiyat ko‘p vazifalikni xush ko‘radi. Agar siz bir vaqtning o‘zida bir necha ish bilan shug‘ullansangiz, demak, juda band insonsiz, degan xulosa kelib chiqadi. Bu esa, o‘z navbatida, sizning "zo‘r"ligingizdan dalolat beradi. Aslida-chi? Aslida buning aksi!

Ustuvor vazifalar qancha kam bo‘lsa, ish shuncha unumli kechadi. Dunyo miqyosidagi ekspertlarga qarang - sportchilar, musavvirlar, olimlar, o‘qituvchilar, rahbarlar - yaxshilab diqqat qilsangiz, ularni birlashtiruvchi umumiylikni topasiz: ular diqqatni bir ishda jamlashni bilishadi. Hammasi oddiy: diqqat va imkoniyatlaringizni bir necha ishga taqsimlasangiz, hech bir ishda eng zo‘ri bo‘la olmaysiz. Mahorat ishga diqqat bilan yondashuv va oldinga qarab olg‘a qadam tashlashni talab qiladi.

Xulosa? Kuningizni eng muhim ishlardan boshlang. Bu sizga kerak bo‘lgan yagona "unumdorlik retsepti"dir.

Manba: Kun nashri

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar