Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.10.2016

iPhone 7 Plus va Samsung Galaxy S7 kameralari solishtirildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 101
iPhone 7 Plus va Samsung Galaxy S7 kameralari solishtirildi

Tadqiqotchilar iPhone 7 Plus va Samsung Galaxy S7 flagman smartfonlaridan qaysi biri uchta ommaviy syujetni olishni yaxshiroq uddalay olishini tekshirib ko‘rdilar.

Aniqlanishicha, Apple flagmani kunduzi yaxshiroq suratga oladi, biroq tungi vaqt ranglarda qattiq adashadi va portretlarni olishda ham raqibidan anchagina ortda qolar ekan.

iPhone 7 Plus yorug‘likda va havo ochiq bo‘lganda Samsung Galaxy S7’dan yaxshiroq suratga oladi.


Biroq iPhone 7 Plus tungi vaqt murakkab yorug‘lanishga ega ob’ektlarni suratga olishda rangni uzatishda xato qiladi, biroq kadrning eng yorqin va eng qorong‘i joylarini yaxshiroq ishlaydi. Keskinlik va shovqinlar bo‘yicha ikkala smartfonda ham natijalar deyarli bir xil.

Samsung Galaxy S7 xonada kunduzgi portretni suratga olishda barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha so‘zsiz ustunlikka ega.

iPhone 7 Plus va Samsung Galaxy S7 kameralari solishtirildi

Kunduzi hamma smartfonlar birdek suratga oladi, deb hisoblanadi, biroq bunday emas. Misol uchun, Apple smartfoni buni Samsung’dan yaxshiroq uddalay oldi. Bunda na keskinlikni dasturiy oshirish, na tasvir stabilizatori va na tezkor va aniq fokuslash texnologiyasi Dual Pixel "koreys" qurilmasiga yordam bera olmadi.

iPhone 7 Plus bilan kunduzi keskinroq suratga olish va suratda ko‘proq detallarni farqlash mumkin. Biroq tungi suratga olishda smartfon umumiy tonallikni och-pushti tomonga olib ketgan, bu esa xatodir. Galaxy S7 binoning yorug‘lanishini to‘g‘ri uzatgan: to‘yingan sariq va binafsharang.

Keskinlik va shovqinlar bo‘yicha ikkala smartfonda ham natijalar birdek. Biroq ayfon kadrning eng yorqin va eng qorong‘i joylari bilan yaxshiroq ishlaydi: ularda ko‘proq detallarni ko‘rish mumkin. Aynan shu jihat "keng dinamik diapazon" deb ataladi.
Ayfon tungi suratda rangni uzatishda ancha adashgan.

Portretni suratga olishda hammasi ayon: bunda natija ayfon foydasiga emas. Galaxy S7 oynadan tushuvchi yorug‘likni to‘g‘ri uzatgan, bu smartfonda suratga olishda teri teksturasini farqlash mumkin va umuman kadr keskinroq va detallashganroq chiqadi. Portret suratga olishda Galaxy S7 barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha iPhone 7 Plus’dan o‘tib ketdi.

Agar smartfonda kamera siz uchun asosiysi bo‘lsa, unda sizga maslahat shuki, ayfondan ko‘ra "koreys"ni tanlagan ma’qulroq. Ikkala smartfon ham yaxshi suratga oladi, biroq sifat bo‘yicha iPhone 7 Plus Galaxy S7 darajasiga torta olmaydi. Kunduzgi kichik ustunlik ikkala qolgan syujetlar bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni qoplay olmaydi.

Murakkab yorug‘lanishda ayfon oqning balansini o‘rnatishda adashishi mumkin, bundan tashqari bu kamchilik xonadagi kunduzgi portretni oyna oldida suratga olishda ham kuzatiladi. Tungi va kunduzgi peyzajlarda sifat va shovqin bo‘yicha Samsung bilan farq umuman fojiali emas. Biroq odamlarni yaqindan suratga olishda ayfonning keng burchakli ob’ektividagi kamchiliklar yaqqol ko‘rinadi: detallashtirish Galaxy S7’ga nisbatan anchagina past.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar