Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

30.09.2016

Og‘riq qoldiruvchi dorilar qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi aniqlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 78
Og‘riq qoldiruvchi dorilar qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi aniqlandi

Og‘riq qoldiruvchilarning keng qo‘llanilishi yurak etishmovchiligi tufayli shifoxonaga tushuvchi bemorlar sonining ko‘payishiga olib kelmoqda. Gap yallig‘lanishga qarshi nesteroid dori vositalari haqida bormoqda. Milandagi Bikokka universiteti olimlarining shunga doir ilmiy izlanishlari Medicalxpress nashrida chop etildi.

Tadqiqot davomida olimlar Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Italiyada yashovchi, og‘riq qoldiruvchi dori vositalarini qabul qiluvchi 10 million bemorning ma’lumotini tahlil qilib chiqishdi. Tadqiqotchilar bunda 92 mingdan ortiq shifoxonaga tushish holatlarini aniqlashdi, har bir bemorning qaysi dorini qanday dozada qabul qilganligini ham o‘rganib chiqishdi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, diklofenak, ibuprofen, indometatsin, ketorolak, naproksen, nimesulid, piroksikam kabi dori vositalari, shuningdek Sox 2 ingibatorlari - etorikoksib va rofekoksib - katta dozalarda yurak etishmovchiligi xavfini ikki barobar oshirishi ma’lum bo‘ldi.

Bu natijalar kuzatuv tadqiqotidan olingan bo‘lsa-da, ekspertlar og‘riq qoldiruvchi dori vositalarini ehtiyotkorlik bilan qabul qilishni tavsiya qilishmoqda.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar