Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

30.09.2016

Xodimlarga istalgan erda dam olishi uchun 2000 dollardan qo‘shimcha maosh to‘laydigan kompaniya

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 91
Xodimlarga istalgan erda dam olishi uchun 2000 dollardan qo‘shimcha maosh to‘laydigan kompaniya

Shunday atama mavjud — «mehnat qurboni». Bu o‘zining ishda yo‘qligi oqibatidan qo‘rqib, munosib ta’til olishdan qo‘rqadigan inson.

SteelHouse marketing kompaniyasi direktori Mark Duglas (Mark Douglas) mana shunday muammoga duch keldi: u o‘z xodimlariga o‘zlariga qulay vaqt ta’tilga chiqishlarini ma’lum qilganida, ular shunchaki bunga qanday munosabat bildirishni bilmay qolishdi.

Shunda Markning xayoliga zo‘r g‘oya keldi: nima uchun xodimlarga istalgan erda dam olib, ta’til o‘tkazishi uchun haq to‘lamaslik kerak? Hozir gap ta’til puli emas, qo‘shimcha 2000 dollar haqida bormoqda. Ishchilar bu pullarni faqat dam olish uchun sarflashi kerak bo‘ladi.

Qisqa qilib aytganda, siz yilda bir marta kompaniya hisobidan istalgan erga sayohat qilishingiz mumkin.

Albatta, xodimlar orasida qo‘shimcha pulni dam olishga sarflamay o‘ziga olib qolganlar ham topildi. Biroq Mark puldan foydalanish masalasida qaysar. «Men aslida sizlar qaergadir jo‘nab, u erda maroqli dam olishingiz istayman», — deya talab qiladi u.

Natijalar ham o‘z samarasini berdi. So‘nggi uch yil ichida 250 nafar xodimdan faqatgina beshtasi ishdan bo‘shadi. Albatta, ulardan uchtasi ishga bog‘liq bo‘lmagan holda ma’lum bir sababga ko‘ra bo‘shadi. Shuningdek, «bonusli» ta’tildan so‘ng odamlar yangi kuchga to‘lgan holda ishga qaytib, yanada samaraliroq ishlashmoqda.

Xodimlarga istalgan erda dam olishi uchun 2000 dollardan qo‘shimcha maosh to‘laydigan kompaniya

Mark Duglas boshqa tashkilotlar ham mana shunday tajribani qo‘llashiga ishonmoqda.

«Sizda ta’til uchun uch hafta vaqtingiz bor» deyish boshqa masala, —deydi Mark. — Biroq «Sizning etarlicha pulingiz bor, biroq uni dam olishga sarflamasangiz, ular shunchaki "yonib" ketadi» deyish o‘zgacha ta’sir qiladi. Bu ularni ko‘ndirishning ancha ilg‘or usuli va bu orqali biz ularning dam olishi qanchalik muhimligini tushuntiramiz» .


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar