Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

29.09.2016

Apple xodimi iPhone 8 ustida ishlanayotganidan xabardor qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 100
Apple xodimi iPhone 8 ustida ishlanayotganidan xabardor qildi

Business Insider nashri Apple’ning Isroildagi ofisidagi xodimdan kompaniyaning keyingi flagman smartfoni iPhone 8 nomini olishini bildi. O‘rtada iPhone 7s’ning o‘tkazib yuborilishiga smartfon dizaynining keskin o‘zgarishi sabab bo‘lishi mumkin: kompaniya displey atrofidagi ramkalarni ishlatmoqchi emas.

Kompaniyaning Gertsliyadagi idorasi yonida gaplashishga muvaffaq bo‘lingan xodimning aytishicha, ayfonlarning keyingi avlodi avvalgilaridan tubdan farq qiladi. Xodimning hamkasblari iPhone 8 ustida ishlashmoqda. Xodimning o‘zi nashrning tegishli savolisiz bu nomni o‘zi eslab o‘tgan.

Kompaniyaning bu idorasi nima bilan shug‘ullanishi suhbat chog‘ida aniqlashtirilmadi, idoradagi qo‘riqchi esa jurnalistlarni haydab yuborgan. Yaqin orada joylashgan Cisco kompaniyasida ishlovchi va Apple’ning uch xodimi bilan tanish bo‘lgan kimsaning aytishicha, Gertsliyadagi idora smartfonning butlovchi qismlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

9to5Mac ma’lumotlariga ko‘ra, Isroildagi ofis 2015 yilda ochilgan va u erda 800 kishi ishlaydi. Bu ofisda qandaydir chiplar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishadi. Nashr mualliflari fikricha, Isroildagi ofis xodimlari keyingi ayfon qanday nomlanishini bilishlari mumkin emas.

Ba’zi manbalarga ko‘ra, yangi ayfonning korpusi to‘liq shishadan tayyorlanadi, ekrani esa ramkasiz bo‘ladi. Barmoqlar izi datchigi, dinamik va old kamera qandaydir usul bilan displeyga sezilmaydigan qilib o‘rnatiladi.

Oxirgi yillarda kompaniya har sentyabr oyi yangi avlod ayfonlarini taqdim qilib kelmoqda. An’anaga ko‘ra, «s» qo‘shimchasi bo‘lgan modellar oraliq modellar bo‘lib, ularda keskin tashqi o‘zgarishlar bo‘lmaydi, balki smartfon samaradorligi oshirilgan bo‘ladi.

Joriy sentyabrda kompaniya iPhone 7 va iPhone 7 Plus’ni taqdim qilgandi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar