Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

29.09.2016

Supermarketlardagi navbatda ko‘p qolib ketmay desangiz...

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 81
Supermarketlardagi navbatda ko‘p qolib ketmay desangiz...

Siz tezda zarur narsalarni xarid qilish uchun supermarketga shoshilasiz va bunga taxminan 10 daqiqa ajrataman, deb hisoblaysiz. Biroq kassa tomon yaqinlashgach, rejangiz puchga chiqadi. Bu holat yana takrorlanmasligi uchun to‘g‘ri navbatni tanlash lozim.


Savati to‘la insonning ketidan turib oling

Supermarketlardagi navbatda ko‘p qolib ketmay desangiz...

Bu taajubli ko‘rinishi mumkin, biroq aslida vaqtingiz tejaladi. Tadqiqotchilar har bir xaridorga xizmat ko‘rsatish uchun belgilangan miqdorda vaqt ketishini aniqlashdi: salomlashish, to‘lash, xayrlashish va xaridni olib ketish uchun o‘rtacha hisobda 41 soniya va har bir mahsulotni urish uchun 3 soniyadan vaqt ketadi. Shu sababli, kam buyumli bir necha kishilardan iborat navbat aslida sekin davom etadi.

Hisoblaymiz. Bir xaridorning 100ta mahsulotini hisobga urib chiqish uchun olti daqiqa atrofida vaqt ketadi. Agar siz to‘rtta odam ketidan navbatga tursangiz, har birining xaridini hisoblash uchun qariyb etti daqiqadan ortiq vaqt ketadi.

Massachuset texnologiya instituti professori Richard Larson (Richard Larson) barcha amerikaliklar yiliga 27 milliard soatini navbatda turib o‘tkazishini aniqladi.


Chapga buriling

Ko‘plab insonlar o‘ng tomonga burilishadi, shuning uchun chap tarafda kamroq kishi bo‘lishi mumkin.


Kassirga e’tibor qarating

Supermarketlardagi navbatda ko‘p qolib ketmay desangiz...

Agarda siz kassirning gapga chechanligi, xaridorlar bilan suhbatlashayotgani yoki biror mahsulotga izoh berayotganini sezsangiz, bunday navbatdan qochishga harakat qiling.


Boshqa xaridorlarni o‘rganing

Sizdan oldinda turgan insonlarning nafaqat soni, balki yoshi va olgan narsalari ham muhim.

Masalan, keksa insonlarga xizmat qilish uzoq vaqt talab etadi. ular ko‘pincha kredit kartalarini ishlatishni bilishmaydi va navbat o‘tishi sekinlashadi. Shuningdek, mahsulotlarning soniga ham e’tibor qiling.


Bir necha kassirlardan iborat navbatni toping

Supermarketlardagi navbatda ko‘p qolib ketmay desangiz...

Bunday navbatlar asosan aeroport va banklarda bo‘ladi, biroq ularni supermarkatlarda ham uchratish mumkin. Ular tezroq harakat qiladi va navbat boshida turgan kishi darhol bo‘shagan kassir oldiga boradi.


To‘siqli navbatlardan qoching

Agar kassir navbatning barchasini ko‘ra olmas, ba’zida eshik yoki tokchani yopib qo‘yadi va xaridorlar yana uzoq kutishiga to‘g‘ri keladi.


Xizmat ko‘rsatishni tezlashtiring

Supermarketlardagi navbatda ko‘p qolib ketmay desangiz...

Mahsulotlarni kassir oldiga shtrix kodli tomoni bilan qo‘ying. Shunda kassir tezroq harakatlanishi mumkin.

Qaysidir ma’noda kutish — bu shunchaki psixologik holat. Odatda, ko‘plab insonlar o‘zining navbat kutish vaqtini 36 foizga oshirib yuboradi.

Bundan tashqari, xariborlar navbatning qanday tezlikda harakatlanayotganiga emas, ko‘pligina e’tibor qaratishadi. Ko‘pincha biz sekin harakatlanyotgan soni kam navbatni tanlaymiz.

Shuningdek, kutish vaqti sabr qilib, biron narsaga chalg‘ish, masalan, boshqa xaridorlar bilan suhbatlashish yoki nimadir tomosha qilish navbatni tezroq kelishiga yordam beradi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar