Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

28.09.2016

100 foiz qoidasi har qanday maqsadga erishishga yordam beradi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 66
100 foiz qoidasi har qanday maqsadga erishishga yordam beradi

Zararli odatlardan xalos bo‘lish, boshlangan loyihalarni oxiriga etkazish va ularga erishishni xohlaysizmi? Oddiy 100 foiz qoidasini qo‘llab, bularning uddasidan chiqish mumkin.

Nima uchun qo‘yilgan maqsadga etishish qiyin? Chunki unga erishish yo‘lida ba’zan sabrimiz etmay, boshlangan ishni yarim yo‘lda qoldiramiz yoki uning bajarilishini biroz orqaga suramiz. Bugun rejamiz 100 foiz bo‘lmasa-da, 99 foizga bajariladi, deb o‘zimizni aldaymiz. Bu o‘zimiz yaratgan qopqondir.

Agar siz rejangizni 99 foizga bajarsangiz, u holda doimo omadsizlik va o‘zingizga bo‘lgan ishonchsizlikdan jabr ko‘rasiz. Shu bois hayotda 100 foiz qoidasini qo‘llash lozim.

100 foiz qoidasi nima o‘zi? Ko‘zlagan rejangizni 99 foizga bajarish qiyin (chunki ishingizni oxirigacha bajarmaganlik hissi sizni tark etmaydi), 100 foizga uddalash esa oson.

Masalan, shirinliklar iste’molini olaylik. Agar o‘zingizga bugun bir bo‘lak, ertaga bir bo‘lak shirinlik eyishga yo‘l qo‘ysangiz, bu odat bilan kurashish qiyin kechadi.

100 foiz qoidasi har qanday maqsadga erishishga yordam beradi

Siz 100 foiz qoidasiga rioya qilishni odat qilsangiz, o‘zingiz uchun bunday bahona o‘ylab topishga zarurat qolmaydi. Bugun yo ertaga necha bo‘lak shirinlik eyishni o‘ylash o‘rniga o‘zingizga o‘zingiz "Umuman shirinlik emayman!" deb ayting.

⦁ Kitob yozyapsizmi? Har kuni bir sahifadan matn tayyorlang!

⦁ Shaxsiy YouTube-kanal haqida orzu qilyapsizmi? Har hafta yangi rolik yuklang!

⦁ Qomatingiz mukammal bo‘lishini istaysizmi? Mashqlarni o‘tkazib yuborish uchun bahona izlamang!

Albatta, dastavval bu qiyindek tuyulishi mumkin. Biroq ishingizni har kuni 99 foizga bajarib, o‘zingiz bilan kurashgandan ko‘ra, 100 foiz qoidasiga moslashganingiz afzal. Maqsadga erishishda o‘z kamchiliklari bilan juda uzoq vaqt kurashadiganlar uchun 100 foiz qoidasini hayotga tatbiq qilishda 3 qadam usulidan foydalanish taklif etiladi.


100 foiz qoidasini qanday qo‘llash mumkin?

1. 100 foiz e’tibor talab qiladigan maqsadni aniqlang

100 foiz qoidasi har qanday maqsadga erishishga yordam beradi

Oldingizga qo‘yilgan maqsadlarning aynan qaysi biri 100 foiz qoidasini qo‘llashni talab qilishini anglab etishingiz kerak. Ehtimol, nimanidir nisbatan osonroq uddalarsiz.

Shunday qilib, qaysi maqsadni oldinga surdingiz - suratga olish, til o‘rganish yoki sport bilan shug‘ullanish?

Foydali odatga ega bo‘lish yoki zararli odatdan voz kechish - sizga qaysi biri muhimroq ekanligini aniqlab oling.

Biroq shuni unutmangki, 100 foiz qoidasini qo‘llash, bu atrofdagi qolgan barcha narsalardan voz kechish degani emas. Ish - o‘z o‘rnida, hordiq - o‘z o‘rnida. Qoidani deb hayotdan zavqlanib yashash imkonini qo‘ldan boy bermang.


2. Qoida ish berishiga imkon bering

100 foiz qoidasi har qanday maqsadga erishishga yordam beradi

Shunday qilib, 100 foiz qoidasini qo‘llab, aynan qaysi maqsadga erishish kerakligini aniqlab oldingiz. Endi ko‘zlangan maqsadga etishish uchun qanday harakatlarni amalga oshirish kerakligini belgilash lozim bo‘ladi.

Masalan, sizning maqsadingiz - bir hafta mobaynida un mahsulotlaridan tayyorlangan taomlar va shirinliklarni iste’mol qilmaslik. Bu har kuni o‘zingizni shu narsalardan tiyishingiz shartligini bildiradi.

Agar kitob yozishni tezroq tugatmoqchi bo‘lsangiz, o‘z oldingizga har kuni bir sahifadan matn yozishni maqsad qilib qo‘ying. Shunda hafta oxirida 7 sahifalik matn tayyor bo‘ladi.

Ko‘p yoki kam yozish kerakligi haqida o‘ylash emas, umuman bu haqida o‘ylamaslik zarur. Shunchaki, ishga kirishing va rejaga muvofiq belgilangan sahifani yozing, undan kam ham emas, ko‘p ham emas - rejaga ko‘ra 100 foiz!

O‘zingiz bilan savdolashmang. 100 foiz qoidasi sizni bu ikmondan mahrum qiladi. Ichki "men"ingiz bilan kelishishga urinmang, ortiqcha xayollarga ham berilmang. Vaqtingizni bekor o‘tkazmang. Qancha kerak bo‘lsa, shuncha ishlang. Ana shundagina 100 foiz qoidasi ish beradi.


3. Takrorlang

100 foiz qoidasi har qanday maqsadga erishishga yordam beradi

O‘z taxminlar va imkoniyatlarni ortda qoldirib, kutilganidan-da yaxshi natijaga erishish insonga baxtiyorlik hissini ulashadi. Haftaning har kunida ishlash odatga aylamaguncha qiyin kechadi. Bir harakatni takrorlayversangiz, u odat va hayot tarzingizga aylanadi. aynan mana shundagina oldingizga qo‘yilgan maqsadga erishasiz.

Endi eng asosiysi - to‘xtamaslik. Biror bir sohada muvaffaqiyatga erishgan omadli kishilar ishga o‘zlarini to‘liq bag‘ishlaganliklari uchun ham bugungi natijalarni qo‘lga kiritishgan. Shu bois 100 foiz qoidasi natija berayotganini seza boshlasangiz, uni yo‘qotmaslikka harakat qiling va qoidani qo‘llashda davom eting.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar