Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

26.09.2016

Kunning g‘ayrioddiy voqealari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 90
Kunning g‘ayrioddiy voqealari

Meksikada ikki ayol 30 yillik uy tutqunidan so‘ng ozod etildi

[/b]

Meksikada 30 yildan beri yaqinlarining tazyiqi bilan bir xonada tutqunlikda saqlangan ikki ayol ozod etildi.

Chiuaua shtatining inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi xabar berishicha, ayollarning 30 yildan beri “uy qamog‘i”da saqlanishlariga ularning aqliy rivojlanishidagi chetga og‘ishlar sabab bo‘lgan. Shu bilan birga, qizlar yashagan oilaning hamma a’zolari shizofreniya kasalligi simptomlariga ega. Biroq faqat bu 35 va 38 yoshli ayollar o‘z yaqinlari tomonidan tutqunlikda saqlangan.

Ayollar Bufalo qishlog‘ida joylashgan uylaridan chiqayotgan paytlarida ko‘zlari ko‘r bo‘lib qolmasligi uchun bog‘lab qo‘yildi, chunki ular shuncha paytdan beri biror marta ham quyosh nurini ko‘rishmagan, deb axborot beradi “El Universal” nashri. Hozirda ular tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun tibbiy yordam ko‘rsatish markaziga etkazilganlar.

Bu tutqunlikka sababchi bo‘lgan ularning yaqinlariga qanday jazo qo‘llanishi haqida hozircha hech narsa ma’lum qilinmadi.

Angliyada akvariumda yashovchi baliq operatsiya qilindi

Kunning g‘ayrioddiy voqealari

Sharqiy Angliyadagi Nort-Uolshem shaharchasida 7 santimetr uzunlikdagi akvarim balig‘i operatsiya qilindi. Baliqchaning qizilo‘ngachida paydo bo‘lgan muammo shuni talab etgan. Bu haqida “BBC”ga asoslanib, “lenta.ru” xabar bermoqda.

Bu operatsiya deyarli 1 soat davom etgan va 2 feldsher yordamchiligida veterinar Fey Bettel tomonidan amalga oshirilgan. Operatsiya davomida baliqchaga 2 marta kam miqdorda, narkoz o‘rnini bosuvchi modda yuborishga to‘g‘ri kelgani aytilmoqda.

Bu baliqchaning egasi, operatsiya uchun 380 evro to‘lagan.

“Men odamlarning barchasi o‘z qaramog‘idagi jonivorlar uchun shunday qayg‘urishini istar edim”, – deydi operatsiyani amalga oshirgan Fey Bettel.

Bemor bosh miya operatsiyasi vaqtida shifokorlar bilan gaplashdi

Kunning g‘ayrioddiy voqealari

Bosh miyadagi rak o‘simtasini olib tashlash uchun o‘tkazilgan operatsiya davomida shifokor bilan gaplashgan. Bu Polsha janubi-g‘arbidagi Katovitse shahrida joylashgan Markaziy klinik shifoxonada sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda “The Mirror”.

19 yoshli Iga Yasika operatsiya jarayoni yakunlanishidan oldin hushiga kelgan. Bu vaqtda uning miya qismi ochiq edi. Xirurglarning fikricha, bu holatdagi suhbat bemor uchun hech qanday xavf tug‘dirmagan.

Bemor shifokorlar bilan o‘zining sevimli mushuklari haqida suhbatlashgan.

Kentukki shtatida ro‘y bergan aviahalokatda 7 yoshli qizcha tirik qoldi

[b]

Kunning g‘ayrioddiy voqealari

AQShning janubi-g‘arbida joylashgan Kentukki shtati hududida kichik samolyot halokati ro‘y berdi va bu halokatdan bir nafar yo‘lovchi, 7 yoshli qizcha omon qoldi . Bu haqida mahalliy politsiyaning ma’lumotiga asoslanib, rus nashrlari xabar bermoqda.

Xabarda aytiishicha, bu qizcha halokat ro‘y bergan joydan eng yaqin qishloqqacha yurib kelgan va odamlarni yordamga chaqirgan. Lekin, “Piper PA-34″ rusumli samolyot ishtirokida yuz bergan bu aviahalokatda samolyotda bo‘lgan boshqa 4 nafar kishi, uchuvchi va uch yo‘lovchi halok bo‘lgan. Bu yo‘lovchilar qaerga ketayotgani hamda omon qizchaga qanday qarindosh bo‘lgani hali ma’lum bo‘lmagan.

Ayni paytda qizcha shifoxonaga yotqizilgan va voqea bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Manba: kun.uz


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar