Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

26.09.2016

Mashhurlarning pul haqidagi dono fikrlari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 340
Mashhurlarning pul haqidagi dono fikrlari

Pul - insonga chiroyli hayot kechirish, qimmatbaho kiyim-kechaklar xarid qilishga imkon beruvchi, ba’zan esa ma’lum bir ma’noda uni baxtli qiluvchi narsa. Muammo shundaki, odatda u doim kamdek ko‘rinadi. Pullar mevalarga o‘xshab daraxtda o‘smaydi va yomg‘ir kabi osmondan tushmaydi, shu bois byudjet yuritishimizga to‘g‘ri keladi. Buning yaxshi tomoni bor, albatta - siz o‘z hayotingizni nazorat ostiga olasiz. Mashhurlarning quyidagi dono so‘zlari pullarni tejab ishlatishingizga turtki bo‘lsa, ajabmas.


Mashhurlarning pul haqidagi dono fikrlari

Mashhurlarning pul haqidagi dono fikrlari

Mashhurlarning pul haqidagi dono fikrlari

Mashhurlarning pul haqidagi dono fikrlari

Mashhurlarning pul haqidagi dono fikrlari

Mashhurlarning pul haqidagi dono fikrlari

Puling bo‘lib, ko‘ngling tusagan narsani sotib olish yaxshi, albatta, lekin vaqti-vaqti bilan tekshirib tur - pulga sotib olib bo‘lmaydigan narsalarni boy bermadingmikan?

Jorj Lorimer


Pulni ishlab topgan kishi va badavlat inson o‘rtasida ulkan farq bor.

Marlen Ditrix


Pulning ketidan quvma - uni qarshi ol.

Jim Ron


Agar o‘z boyligimizni o‘zimiz boshqarsak, unda biz boy va erkinmiz; agar boyligimiz bizni boshqarsa - u holda bizdan nochori yo‘q".

Edmund Byork


Hayotingizdagi ustuvor xislatlar haqida gapirmang. Pulingizni nimaga sarflayotganingizni ko‘rsating va men o‘zim ular haqida so‘zlab beraman.

Jeyms Frik


Agar boy-badavlat bo‘lishni istasangiz, zaxiralar haqida daromaddek o‘ylang.

Benjamin Franklin.


Ko‘pchilik o‘zi haqida pul topishni bilmaydi, deb o‘ylaydi. Aslida esa ularni to‘g‘ri sarflashni bilmaydigan bo‘lishadi.

Frenk Klark


Kimlardir puli tugagandan keyingina u haqida o‘ylay boshlaydi, boshqalar esa vaqt borasida xuddi shunday.

Iogann Volfgang Gyote


Necha pul topishingiz emas, qancha pulingiz qolishi, ularning sizga qanday xizmat qilishi va ular bilan necha avlodingizni ta’minlay olishingiz muhim.

Robert Kiyosaki


Tejamkorlik odati o‘z-o‘zidan ta’lim hisoblanadi; u ezgulikni tarbiyalaydi, fidokorlikka o‘rgatadi, tartib-intizomni shakllantiradi va dunyoqarashni kengaytiradi.

Tornton Manger


Pul qadri hayotingizni nazorat qilishingizga qarab oshaveradi.

Timoti Ferriss


Pullar kelajakda xohlagan narsamizni sotib olishimizni kafolatlaydi. Hatto hozir bizga hech narsa kerak bo‘lmasa-da, ular kelajakdagi yangi istakni amalga oshirish imkoniyati bilan ta’minlaydi.

Arastu


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar