Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

26.09.2016

Munajjimlar ovqatlanish haqida

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 157
Munajjimlar ovqatlanish haqida

QO‘Y (21.03 — 20.04)

Bu burj vakillari juda mehmonnavoz bo‘lib, mehmonlarini antiqa taomlar bilan lol qoldirishni yoqtiradilar. Dasturxonni ham yangicha usullarda bezatishni boplaydilar. Qo‘ylar odatda, chaqqon va intellektual mulk sohiblari bo‘lganlari sababli, baquvvat ovqatlarga muhtojlik sezadilar. Ziravor va achchiqlarni ham xush ko‘radilar.

Buzoq (21.04 — 20.05)

Buzoqlar o‘z tashqi ko‘rinishlari va sog‘lam ovqatlanishlari borasida ko‘p qayg‘uradilar. Shuningdek, ular shirinlikxo‘r bo‘ladilar. Bu burj vakillarining ko‘pchiligi ovqatlanishda me’yorni unutib qo‘yadilar va yaxshi taomlardan o‘zlarini mutlaqo tiya olmaydilar.

Egizaklar (21.05 — 21.06)

Egizaklar juda mehnatkash va chidamli shaxslar bo‘lib, ovqatlanishni doim ikkinchi darajaga qo‘yadilar. Shuning uchun ham, ular ko‘proq jismoniy emas, aqliy mehnatni yaxshi eplaydilar. Aqliy mehnat bilan ishlaydiganlar uchun esa, vitaminlarga boy taomnoma tavsiya etiladi.

Qisqichbaqa (22.06 — 22.07)

Qisqichbaqalar ichki olamida doim to‘qnashuvlar, shubhalar suzib yuradi. Shu bois, ular o‘zlariga o‘zlari stress orttirib yuradilar. Ular hayotdan ko‘proq zavqlanishlari, shirinlik va muzqaymoqlardan tez-tez tanovvul qilishlari lozim. Qisqichbaqalar odatda, yaxshigina oshpaz hamdirlar.

Arslon (23.07 — 23.08)

Arslonlar tabiatan o‘ta ehtirosli shaxslar bo‘lib, shohona dasturxonlarni xush ko‘radilar. Mehmonlar Arslon mezbonning ayamay to‘kib-sochib qilgan dasturxonini uzoq yodda saqlab yuradilar. Shuningdek, Arslonlar parhez taomlarni aslo xushlamaydilar.

Parizod (24.08 — 23.09)

Parizod o‘zga burj vakillariga nisbatan, o‘z sog‘ligi borasida ko‘p qayg‘uradi. Shifokorlarning ko‘rsatmasiga to‘liq amal qilib, parhezni tamomila ado etadi va dorilarni o‘z vaqtida qabul qiladi. Ular ovqatlanish borasida ham o‘ta ehtiyotkor va injiq.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Tarozilar tabiatan baquvvat va chayir shaxslar bo‘lib, shirinlik, go‘sht va xamirli mahsulotlarni yoqtiradilar. Ular ko‘pincha pazanda ham bo‘ladilar va boshqa oshpazlarning taomlaridan doim kamchilik axtarib yuradilar.

Chayon (24.10 — 22.11)

Chayonlar o‘zlarini mazali taom bilan xushnud etishni yoqtiradilar. Taom qanchalik ularning organizmiga zarar yoki foydaliligi borasida esa, o‘ylab ham o‘tirmaydilar. Ular uchun ishtaha bilan tanovvul qilingan har qanday taom organizm uchun foydalidir.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

O‘qotarlar achchiq va yog‘li taomlar oldida nafslarini jilovlay olmaydilar. Ular orasida ichkilikni xush ko‘ruvchilar ham ko‘p bo‘ladi. O‘qotarlar yaxshi taom bilan o‘zlarini xursand qilishni yaxshi ko‘radilar. “O‘xshamagan taom” ular uchun katta fojia bo‘lib, oshxona ularning sevimli maskanidir.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Tog‘ echkisi unchalik baquvvat shaxslardan emas. Shu bois, ular ovqatlanishga jiddiy e’tibor qaratishlari lozim. Tog‘ echkilari orasida oshpazlar kam topiladi. Shuningdek, ular tushkunlikka ham moyildirlar. Ularga baquvvat taom va kulgu hech qachon ortiqchalik qilmaydi.

Qovg‘a (21.01 — 20.02)

Qovg‘alarni tabiat go‘zallik, kuch-quvvat bilan siylagan. Ular hayot qiyinchiliklarini oson yenga oladilar. Ular doim vitaminlarga boy ovqatlarga urg‘u beradilar. Sho‘rva mazali bo‘lmasa-da, unda Qovg‘a uchun kerakli vitaminlar bo‘lsa bas.

Baliq (21.02 — 20.03)

Baliqlarning tashqi ko‘rinishi kishini aldab qo‘yadi, ularning ichlarida g‘alayon kechsa-da yuzlari tabassumdan charchamasligi mumkin. Sog‘liklari haqida ham unchalik qayg‘urmaydilar. Ammo o‘zgalarni mehmon qilishda bor-yo‘qlarini ayamaydilar.

Manba: Diydoraziz.uz

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar