Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

26.09.2016

Internetdan dam olish kerakligini isbotlovchi 9ta raqam

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 133
Internetdan dam olish kerakligini isbotlovchi 9ta raqam

Ijtimoiy tarmoqning 20 foiz foydalanuvchilari o‘z sahifalarini o‘chirib yuborish haqida o‘ylab ko‘rishadi.

2012 yil internetdan dam olish ommaviylashgan edi. Frantsuz yozuvchisi Terri Kruaze yarim yilga internetdan dam olgan bo‘lsa, “The Verge” jurnalisti Pol Miller bir yil davomida internetdan foydalanmagan.

Internetdan dam olish kerakligini isbotlovchi 9ta raqam

67 foiz insonlar xabar kelmagan bo‘lsa ham, o‘z telefonlarini tekshirishni kanda qilmaydilar. [/b]

Buning asosiy sababi insonlarning biroz muddatga bo‘lsa ham zerikib qolishi hisoblanadi. Har bir inson kun davomida biroz bo‘lsa ham zerikishga ulguradi.

Internetdan dam olish kerakligini isbotlovchi 9ta raqam

65 foiz o‘smirlar boshqalar bilan suhbat vaqtida o‘z telefonlaridan foydalanishadi.

Ko‘plab insonlar suhbatdoshi bilan uning o‘rtasida telefon turgan bo‘lsa, o‘zlarini noqulay his qilishadi. Bunday vaziyatdagi suhbatda uch kishi ishtirok etadi, chunki telefon ham ikki suhbatdoshlardan birining diqqatini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan ishtirokchi hisoblanadi.

Internetdan dam olish kerakligini isbotlovchi 9ta raqam

Buyuk Britaniyaning 54 foiz aholisi telefonsiz qolishdan qo‘rqishadi.

Insonlar yaqin kishilari bilan aloqa qilish imkonidan mahrum bo‘lishni “nomofobiya” (telefonsiz qolishdan qo‘rqish)ning asosiy sababi qilib ko‘rsatishadi. Ko‘plab insonlar telefon quvvati kamaygan, qo‘ng‘iroq qilish uchun hisobda pul qolmagan yoki metroga tushganda aloqa yo‘q vaqtda o‘zlarini yomon his qilishadi.

Internetdan dam olish kerakligini isbotlovchi 9ta raqam

Bir kunda 150 marotaba telefon ekraniga qaraymiz.

Insonlar tunda uyg‘onib ketgan vaqtlaridan ham telefonni tekshirishadi. Insonlarning 79 foizi uyqudan turganidan 15 daqiqa o‘tib telefondan foydalanishni boshlashsa, 62 foiz odamlar darhol ijtimoiy tarmoqlar kirishadi.

Internetdan dam olish kerakligini isbotlovchi 9ta raqam

“Strategik tashabbuslar agentligi” ma’lumotlariga ko‘ra, 2035 yilga kelib implantat orqali neyronetga chiqish imkoni paydo bo‘ladi.

Bugungi kundagi internet foydalanish qulay emas. Telefoningizga xabar kelgudek bo‘lsa, siz uni borib ochib qarashingiz kerak bo‘ladi. Zamonaviy kompaniyalar to‘siqni buzib o‘tishmoqchi. Bularga misol qilib “aqlli” soatlar yoki “Google Glass”ni olish mumkin.

Internetdan dam olish kerakligini isbotlovchi 9ta raqam

35 foiz insonlar o‘zlari uchun ijtimoiy tarmoqsiz kunlarni tashkil etishadi.

Misol uchun, oila a’zolarini ogohlantirib qo‘yib, juma kuni kechki paytdan shanba kuni kechki paytgacha telefondan foydalanmaslik. Shuningdek, gadjetlarsiz ta’til. Bunda o‘z telefonlaringizni mehmonxona xodimlarida qoldirib, “Wi-Fi” bo‘lmagan xonada dam olishingiz mumkin.

Shuningdek...

Internetdan dam olish kerakligini isbotlovchi 9ta raqam

24 foiz odamlar hayotdagi muhim voqealarni o‘z telefonlariga suratga olganligi tufayli ularni to‘liq anglay olishmaydi.

Internetdan dam olish kerakligini isbotlovchi 9ta raqam

“The Center of Internet Addiction” da internetga tobelikdan davolanish 14.000 dollar turadi.


[b]Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar