Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

25.09.2016

Futbolchilarni yashin urishiga oid 10 hodisa

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 115
Futbolchilarni yashin urishiga oid 10 hodisa

Shu yilning 21 sentyabrida Rubtsovsk talabalar jamoalari o‘rtasidagi futbol o‘yin vaqtida metall darvozaga yashin kelib urilgani, buning oqibatida darvoza yaqinidagi to‘rt nafar o‘yinchi yashin tokidan zararlangani xabar qilingan edi. Keyinroq, ulardan biri 18 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. E’tiboringizga, kamida 13 kishi halok bo‘lgan futboldagi eng dahshatli 10ta yashin urish holati haqidagi ma’lumotlarni havola qilamiz.

10. 21 sentyabrda Rubtsovsk talabalar jamoalari o‘rtasidagi futbol o‘yini fojia bilan tugadi. Metall darvozaga yashin kelib urilgani oqibatida uning yaqinidagi to‘rt nafar o‘yinchi hushidan ketgan. Ulardan biri 18 yoshli o‘yinchi hayotdan ko‘z yumdi.

9. Boliviya. 2014 yil noyabrida futbol maydoniga tushgan yashin Devid Alvares nomli futbolchining hayotiga zomin bo‘ldi.

Futbolchilarni yashin urishiga oid 10 hodisa

8. Ukraina, 2011 yil iyun. Respublikaning Bryanka shahrida bo‘lib o‘tayotgan o‘yinning eng qizg‘in pallasida yashin 18 yoshli futbolchining bevaqt o‘limiga sabab bo‘ldi.

Futbolchilarni yashin urishiga oid 10 hodisa

7. Salvador, 2009 yil sentyabr. Mamlakat sharqidagi o‘yin chog‘ida yoshgina o‘yinchi David Tovar yashin urishidan vafot etdi.

Futbolchilarni yashin urishiga oid 10 hodisa

6. 2006 yil avgust, Daniya. Mamlakat havaskorlar ligasi o‘yinida kuchli elektr tokiga ega chaqmoq 17 yashar futbolchini nishonga olgan. U, ikki kundan so‘ng, shifoxonada hayot bilan vidolashgan.

Futbolchilarni yashin urishiga oid 10 hodisa

5. 2006 yil iyun, Rossiya. Samara viloyati Suxodol qo‘rg‘onida tashkil etilgan futbol bahsida chaqmoq Evgeniy Kirsanovning o‘smirlar jamoasi o‘yinchisini nobud qildi.

Futbolchilarni yashin urishiga oid 10 hodisa

4. 2003 yil dekabr, JAR. Yohannesburg shahridagi futbol o‘yini vaqtida yashin maydonning qoq markaziga tushgani sababli, bir o‘yinchi shu erning o‘zida halok bo‘lgan, 6 nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Futbolchilarni yashin urishiga oid 10 hodisa

3. Kolumbiya. 2003 yil oktyabr oyida yashin “Deportivo” o‘yinchilariga kelib urilgan edi. Milliy terma jamoaning sobiq o‘yinchisi Erman Gaviya hodisa oqibatida halok bo‘ldi.

Futbolchilarni yashin urishiga oid 10 hodisa

2. Gvatemala. 2002 yil yozida maydonni tribunadan ajratib turuvchi temir to‘singa kelib urilgan yashin ikki futboolchining umriga zomin bo‘ldi.

Futbolchilarni yashin urishiga oid 10 hodisa

1. 2007 yil iyulida Kambojadagi futbol o‘yinida yashin urishi 3 futbolchining hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘lgan edi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar