Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.09.2016

Dunyoning eng go‘zal sohilbo‘yi mehmonxonalari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 277
Dunyoning eng go‘zal sohilbo‘yi mehmonxonalari

Dunyoda biri-biridan chiroyli mehmonxonalar juda ko‘p. Shunday bo‘lsa-da, ularning ba’zilari boshqalariga qaraganda ko‘rkamroqdir. CNN sohil bo‘yidagi dunyoning eng go‘zal 21 mehmonxonasi suratlarini to‘plab, ajoyib fotojamlanma taqdim etdi.

Soneva Kiri (Kox Kud, Tailand). Changalzor va okean o‘rtasida joylashgan 36 villadan iborat mehmonxona Tailandning eng hashamatli va betakror sohilbo‘yi maskanlaridan biridir.

Dunyoning eng go‘zal sohilbo‘yi mehmonxonalari

Le Guanahane (Sen-Bartelemi). Bu hududga xos bo‘lgan klassik dam olish maskani. 2 hovuz, 2 oq qumli sohil va rif mehmonlar xizmatiga shay.

Dunyoning eng go‘zal sohilbo‘yi mehmonxonalari

Hotel-Fasano (Rio-de-Janeyro). Rioning afsonaviy Iponema sohillaridagi eng ajoyib maskanlardan birida joylashgan hashamatli mehmonxona, shuningdek bu erdagi Morro Dois Irmaos hamda Korkovado tog‘lari alohida diqqatga sazovordir.

Dunyoning eng go‘zal sohilbo‘yi mehmonxonalari

Hotel du Palais (Biarrits, Frantsiya). 1855 yilda Napaleon III tomonidan turmush o‘rtog‘i Evgeniya uchun sovg‘a sifatida barpo etilgan, u o‘zining hashamatli dekoratsiyasi - marmar ishlanmalari, billur qandillari, noyob buyumlari va qimmatbaho matolari bilan mashhur.

Dunyoning eng go‘zal sohilbo‘yi mehmonxonalari

Four Seasons Resort The Biltmore (Kaliforniya). 22 akr maydonga ega bog‘da minglab tropik o‘simliklar va palmalar orasida bunyod etilgan mehmonxona.

Dunyoning eng go‘zal sohilbo‘yi mehmonxonalari

Intercontinental Danan Sun Peninsula Resort (Danang, Vetnam). Ushbu betakror mehmonxonada hamma narsa suratga olishga chorlaydi go‘yo - tabiat manzarasi, restoranlar, 197ta nomer va lyukslardan iborat mehmonxona...

Dunyoning eng go‘zal sohilbo‘yi mehmonxonalari

W Barcelona (Barselona, Ispaniya). Elkan shaklidagi mehmonxona dunyoga mashhur me’mor Rikardo Bofill tomonidan ishlab chiqilgan. Barselonaning eng betakror mehmonxonasidagi 437 xonasi bo‘lib, ularga dengiz va qumlarga hamohang tarzda och tilla hamda feruza ranglarida ishlov berilgan.

Dunyoning eng go‘zal sohilbo‘yi mehmonxonalari

Rockhouse Hotel (Negril, Yamayka). Negril sohillari boshqa dam olish maskanlariga o‘xshamaydi - bu erdagi sohillar qumli emas, qoyalidir. Mehmonxonaning ajoyib 20 villasi tosh va taxtadan qurilgan.

Dunyoning eng go‘zal sohilbo‘yi mehmonxonalari

El Nido Pangulasian Island (Palavan, Filippin). Bu xususiy kurort-orol Palavan El Nido Resorts arxipelagining eng hashamatlisi hisoblanadi. Oroldagi villalar zamonaviy filippin usulida bunyod etilgan.

Dunyoning eng go‘zal sohilbo‘yi mehmonxonalari

Belmond Villa Sant'Andrea (Sitsiliya, Italiya). 1830 yilda xususiy villa sifatida qurilgan mehmonxona klassik italyan uslubida bo‘lib, yorqin ranglar, zamonaviy san’at namunalari va o‘ta hashamatli qulayliklari bilan sayyohlarni jalb qiladi.

Dunyoning eng go‘zal sohilbo‘yi mehmonxonalari

Soneva Fushi (Maldiv oroli). 1995 yilda ochilgan dam olish maskani bugungi kundagi eng yaxshi kurortlardan biri hisoblanadi. Villalar qalin barglar orasiga yashiringan va oq qumli sohildan bir necha qadam narida joylashgan.

Dunyoning eng go‘zal sohilbo‘yi mehmonxonalari

The St. Regis Bahia Beach Resort (Rio Grande, Puerto Riko). Bu kurort "El Yunkui" Milliy o‘rmoni yaqinida joylashgan bo‘lib, u shaxsiy sohili, qushlar qo‘riqxonasi va okean qirg‘og‘ida golf maydoniga ega.

Dunyoning eng go‘zal sohilbo‘yi mehmonxonalari

Qualia (Avstraliya). Gamilton orolining shimoliy qismida joylashgan Qualia orzudagi dam olish maskani hisoblanadi. Bu erdagi villalar tropik manzaralar fonida yanada ajoyib ko‘rinadi. Ularning aksariyati o‘zining qulayligi - xususiy hovuzlari va verandalari bilan mehmonlar e’tiborini tortadi. Quyosh botishini tomosha qilish uchun eng zo‘r joy.

Dunyoning eng go‘zal sohilbo‘yi mehmonxonalari

Four Seasons Resort Maui (Veyli, Havayi). Havayida dam olish maskanlari ko‘p bo‘lsa-da, Veylidagi Four Seasons Resort ularning orasida eng ko‘rkamidir. 15 akr hududni band qilgan kurort suvosti musiqa markazi, hovuz chetidagi bar va Veyli sohilining ajoyib manzaralari bilan umrbod xotirangizda qoladi.

Dunyoning eng go‘zal sohilbo‘yi mehmonxonalari

Secret Bay (Dominika, Karib orollari). Dominikaning nisbatan noma’lum orolida yashiringan mehmonxona Karibdagi eng saqlanib qolgan jumboqlardan biri hisoblanadi. U faqatgina 6 villaga ega bo‘lib, ular ekologik tozaligi bilan e’tiborga loyiq.

Dunyoning eng go‘zal sohilbo‘yi mehmonxonalari

Bela Vista Hotel & Spa (Algarve, Portugaliya). U 1934 yilda Algarveda ochilgan ilk mehmonxona bo‘lgan. Otelning original dekoratsiyasi - yog‘och shiftlar va devordagi rang-barang mozaikalar yaqinda o‘tkazilgan ta’mirlash ishlari yordamida saqlab qolingan. 38 xona o‘ziga xos usulda bezatilgan bo‘lib, biri ikkinchisini takrorlamaydi.

Dunyoning eng go‘zal sohilbo‘yi mehmonxonalari

The Mulia (Bali, Indoneziya). Kurort 75 akrni qamrab olgan. Bu dam olish maskani alohida xususiyatga ega bo‘lgan ikki bo‘limdan iborat: An’anaviy Mulia kurorti va Mulia villalari - shaxsiy hovuzlari va yopiq-ochiq vanna xonalari bilan ta’mirlangan 108ta hashamatli avtonom villalar.

Dunyoning eng go‘zal sohilbo‘yi mehmonxonalari

Cap Juluca (Angilya). 179 akr maydonni egallagan qulay mehmonxona Karibdagi eng ko‘rkam maskanlardan biri hisoblanadi. Mavritaniya usulidagi villalar oq qumli sohillar yaqinida joylashgan. Mehmonxonada orom olish uchun barcha qulayliklar yaratilgan - Frette choyshablaridan tortib to Hermès vanna mahsulottlarigacha.

Dunyoning eng go‘zal sohilbo‘yi mehmonxonalari

Four Seasons Resort Bora Bora (Bora-Bora, Frantsuz Polineziyasi). 2008 yilda ochilgan To‘rt mavsum mehmonxonasi Bora-Boradagi eng yangi va eng chiroyli dam olish maskani hisoblanadi. U suv ustida qurilgan 100 xonadan iborat, ularning ba’zilari o‘z hovuziga ham ega.

Dunyoning eng go‘zal sohilbo‘yi mehmonxonalari

The Resort at Pedregal (Kabo San Lukas, Meksika). Tog‘lar va okean o‘rtasidagi yarimorolda joylashgan mehmonxona Kabo San Lukasdagi eng yaxshi dam olish qarorgohidir. Xonalar keng va chiroyli, ular Meksika san’at namunalari usulida bezatilgan va kamin, ayvon hamda hovuzlar bilan boyitilgan. Bu erdagi El Farallon restoranida eng yaxshi dengiz mahsulotlari taomlari tayyorlanadi.

Dunyoning eng go‘zal sohilbo‘yi mehmonxonalari

The Setai (Mayami, AQSh). Bu sohilbo‘yi otelidan ko‘ra zamonaviy shahar mehmonxonalariga o‘xshab ketadi. Setaida xonalar qo‘lda yasalgan shved krovatlari va qora granitdan yasalgan vannalar bilan ta’mirlangan. Tashqarisida uchta ajoyib hovuz bo‘lib, ular Janubiy sohildan bir necha qadamda joylashgan.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar