Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.09.2016

Ortiqcha vazn bilan kurashishning samarali usuli aniqlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 100
Ortiqcha vazn bilan kurashishning samarali usuli aniqlandi

Xalqaro olimlar guruhi semizlikka genetik moyillikni parhez yoki jismoniy mashqlar bilan bartaraf etish mumkinligini aniqladi. Parhezshunoslar o‘z xulosalarini British Medical Journal'dagi maqolada bayon qilishdi.

Olimlar 10 ming kishi ishtirok etgan sakkiz tadqiqotni tahlil qilib, ortiqcha vaznning yuqori xavfi FTO genining turlaridan biri bilan bog‘liq ekanligini aniqlashdi.

Mazkur gen turiga ega ozish dasturi ishtirokchilari bunday geni mavjud bo‘lmagan kishilarga qaraganda bir necha kilogramm og‘irroq bo‘lishgan. Shunga qaramay, ular ortiqcha vazndan birdek osonlikcha xalos bo‘lishgan. Metatahlil natijalari jismoniy faollik, parhez yoki dori-darmon genetik shartli va oddiy semizlik bilan kurashishda birdek samarali ekanligini ko‘rsatdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2014 yilda dunyoning 1,9 milliard nafar katta yoshli kishisi ortiqcha vaznga ega bo‘lgan. Ularning orasida 600 milliondan ortiq kishi semizlikdan aziyat chekkan. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, kasallikning bunday keng tarqalishiga genlar emas, atrof-muhitdagi turli omillar sababchi.

Semizlik saraton kasalligi rivojining yuqori xavfi va yurak-qon tomir tizimining buzilishiga olib keladi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar