Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.09.2016

Kleopatra go‘zalligining sirlari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 140
Kleopatra go‘zalligining sirlari

Misr malikasi Kleopatra go‘zal bo‘lish borasida o‘zidan yaxshigina meros qoldirgan. Uning sohibjamolligidan ko‘plab amaldorlar o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishgan.

Kleopatra ettita tilni bilishdan tashqari, siyosatni ham yaxshi tushungan, bir nechta kitoblar ham yozgan. Bu kitoblar orasida kosmetikaga bag‘ishlangan risolalar ham talaygina.

Quyida Kleopatra yozib qoldirgan kosmetik retseptlar bilan tanishasiz.

Asal va sutli vanna

Issiq iqlim ayollar go‘zalligining asosiy dushmanidir. Shuning uchun Kleopatra terini yumshatish uchun ozgina bodom moyi qo‘shilgan sut-asalli vannadan foydalangan. Hozirda bu retseptdan SPA-salonlarda foydalanishadi.

Kleopatra go‘zalligining sirlari

Tayyorlanish usuli: issiq suvli vannaga 3 stakan sut, 150 gr asal va bir necha qoshiq bodom moyi qo‘shiladi (zaytun moyi ishlatish ham mumkin). Bu vanna 15 daqiqa qabul qilinadi.

Dengiz tuzi va qaymoqli skrab

Dengiz tuzi va qaymoq teri uchun ajoyib skrabdir. Misr malikasi bu skrabdan sutli vanna qabul qilganidan so‘ng foydalangan.

Kleopatra go‘zalligining sirlari

Tayyorlanish usuli: 200 gr dengiz tuzi yarim stakan qaymoq bilan aralashtiriladi va badanga surtiladi. Shirin ifor taralishi uchun bir necha tomchi atirgul yoki apelsin moyi qo‘shiladi. 5 daqiqadan so‘ng skrab iliq suv bilan yuvib tashlanadi.

Oq loyli niqob

Olimlarning aytishlaricha, Kleopatra terisining mayinligiga oq loydan qilingan niqob ham sabab bo‘lgan. Oq loy tarkibidagi kaolinit minerali terining elastikligi va yangilanishiga yordam beradi.

Kleopatra go‘zalligining sirlari

Tayyorlanish usuli: 2 osh qoshiq oq loy va sut, 1 osh qoshiq asal va 1 choy qoshiq limon sharbati aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan aralashma teriga surtiladi va 10-15 daqiqadan keyin iliq suv bilan yuvib tashlanadi.

Aloeli suv

Asal va aloe sharbati qo‘shilgan suv insonni yoshartiradi.

Kleopatra go‘zalligining sirlari

Tayyorlanish usuli: 1 stakan suv kumush idishga quyiladi, unga 2 osh qoshiq yangi aloe sharbati va 1 choy qoshiq asal qo‘shilib, usti yopiladi va 10-12 soat qo‘yib qo‘yiladi. Ertalab va kechqurun foydalaniladi. Aralashma muzlatgichda bir haftagacha saqlanishi mumkin.

Atirgul suvi

Atirgul gulbarglaridan kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarishda hozirda ham foydalaniladi. Kleopatra yuzini atirgul suvidan tayyorlangan qaynatmada yuvishni yoqtirgan.

Kleopatra go‘zalligining sirlari

Tayyorlanish usuli: atirgul gulbarglari suvda qaynatiladi, idish og‘zi yopilib, bir necha soat olib qo‘yiladi. Ertalab va kechqurun foydalaniladi.

Tuxum sarig‘i

Malikaning sochlari silliq bo‘lishi va tovlanib turishiga tuxum sarig‘i yordam bergan.

Tayyorlanish usuli: Tuxum sarig‘i ajratib olinib, idishda ko‘pik holatiga kelgunicha aralashtiriladi. Sochga surtilib, bir ozdan so‘ng sochlar yaxshilab yuviladi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar